К содержанию
РецензированоRU2025

ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ И ЦИФРОВАЯ ЭТИКА: НОВАЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНАЯ МОДЕЛЬ ДЛЯ СОВРЕМЕННЫХ СТУДЕНТОВ

YANGI TARBIYA MODELI · Axmadaliyeva Dilrabo Xabibullayevna

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

This article analyzes the importance of the concept of digital ethics in the moral education of modern students using artificial intelligence technologies. It highlights new models for developing ethical behavior in the digital environment and personalized education approaches through AI. The paper also explores the prospects of implementing AI tools in higher education institutions. Keywords: artificial intelligence, digital ethics, student education, higher education, digital culture XXI asrda axborot texnologiyalari, xususan, sun’iy intellekt (SI) jadal rivojlanib, inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, ta’lim tizimiga keng kirib kelmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida SI faqat o‘quv jarayonini avtomatlashtirish vositasi emas, balki talabaning axloqiy, ijtimoiy va madaniy tarbiyasini shakllantirishda samarali vosita sifatida ko‘rilmoqda. Ayniqsa, raqamli muhitda faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun raqamli axloq tushunchasi muhim tarbiyaviy mezonga aylanmoqda. 1. Sun’iy intellektning tarbiyadagi imkoniyatlari Bugungi kunda SI texnologiyalari yordamida: -talabaning shaxsiy ehtiyojlari va xulq-atvoriga mos tarbiya yo‘nalishini aniqlash; -axloqiy dilemmalar asosida tanlov qilish qobiliyatini rivojlantirish; -virtual murabbiylar va chat-botlar orqali tarbiyaviy muloqotlar tashkil etish; -simulyatsiya asosida ijtimoiy vaziyatlarni modellashtirish mumkin[6]. Misol tariqasida, IBM Watson yoki Replika kabi tizimlar talabaning psixologik holatini aniqlash, tavsiyalar berish orqali tarbiyaviy jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi. Sun’iy intellekt tizimlari orqali har bir talabaning individual psixologik xususiyatlari, bilim darajasi, ijtimoiy muhitdagi xulq-atvori va qiziqishlari asosida unga mos tarbiya strategiyasini ishlab chiqish mumkin[1]. Masalan,ma’lumotlar tahlili va mashinaviy o‘rganishvositalari yordamida SI har bir talabaga tegishli pedagogik va tarbiyaviy yondashuvni aniqlaydi. Bu esa tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilgan (personallashtirilgan) modelini shakllantirish imkonini beradi. Zamonaviy raqamli muhitda talabalar turli murakkab axloqiy vaziyatlar — ya’ni axloqiy dilemmalar bilan duch keladilar. Sun’iy intellekt yordamida bu kabi vaziyatlarni interaktiv simulyatsiyalar yoki virtual ssenariylar orqali modellashtirish mumkin. Misol uchun, talabaga ikki adpi.uz universaljurnal.uz 183 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil qarama-qarshi qaror yo‘li taklif etiladi: biri axloqiy jihatdan to‘g‘ri, lekin qiyin; ikkinchisi esa oson, ammo axloqiy jihatdan shubhali. Sun’iy intellekt bu holatda: 1. Tanlovlar natijasini tahlil qiladi, 2. Talabaning asoslantirish darajasini baholaydi, 3. Axloqiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha individual tavsiyalar beradi[2]. Sun’iy intellekt asosidagi virtual murabbiylar (AI mentorlar) va chat-botlar — bu talabalar bilan doimiy, interaktiv va shaxsga yo‘naltirilgan muloqot olib boruvchi raqamli yordamchilardir. Ular orqali tarbiyaviy suhbatlar, maslahatlar, dilemmalarga javoblar va emotsional ko‘mak (emotional support) ko‘rsatish imkoniyati mavjud[3]. Bu texnologiyalar talabaning savollariga real vaqt rejimida javob beradi, axloqiy muammolarni muhokama qilish uchun ochiq muloqot maydonini yaratadi, empatiya va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi, tarbiyaviy topshiriqlar, o‘z-o‘zini baholash testlari yoki axloqiy stsenariylarni taklif etadi. Masalan, Replika yoki Woebot kabi sun’iy intellektli chat-botlar emotsional intellekt va ijtimoiy-axloqiy tarbiya jarayonida samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu vositalar do‘stona, ijobiy va muntazam muloqot orqali talabada axloqiy barqarorlik, fikr mustaqilligi va mas’uliyat hissini kuchaytiradi. O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida AI-chatbotlar va virtual murabbiylar asosida tarbiyaviy muloqotni tashkil etish modeli Maqsad: a) talabalarni raqamli axloq, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ruhda tarbiyalash; b) sun’iy intellekt asosida shaxsiy yondashuvni rivojlantirish; c) tarbiyaviy jarayonni doimiy, ochiq va texnologik vositalar orqali amalga oshirish[5]. Modelning asosiy komponentlari: Komponent Tavsif AI-chatbot Maxsus ishlab chiqilgan chatbot (masalan: “Tarbiyachi-bot”) talabalar bilan 24/7 muloqotda bo‘ladi. Ular tarbiyaviy savollar, psixologik maslahatlar, axloqiy stsenariylar asosida suhbat olib boradi. Virtual mentor Har bir talaba uchun AI tomonidan moslashtirilgan tarbiyaviy (murabbiy) yo‘nalish: motivatsiya, o‘zini tahlil qilish, axloqiy qarorlar, ijtimoiy xatti-harakatlar tahlili. Tarbiyaviy testlar Talaba AI platformada “Axloqiy tanlov”, “Raqamli etiket testi”, va simulyatsiyalar “Tanqidiy vaziyatlardan chiqish” kabi mashqlarni bajarsa, AI natijani tahlil qiladi va tavsiya beradi. Integratsiya LMS Moodle, Google Classroom kabi platformalarga bilan integratsiyalashgan holda, AI tarbiyaviy modullarni ham nazorat qiladi. Amalga oshirish bosqichlari: 1. Texnologik infra

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the importance of the concept of digital ethics in the moral education of modern students using artificial intelligence technologies.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the importance of the concept of digital ethics in the moral education of modern students using artificial intelligence technologies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artificial intelligence, digital ethics, student education, higher education, digital, цифровая этика, цифровая культура, raqamli madaniyat, искусственный интеллект, oliy ta’lim, digital culture, sun’iy intellekt, talaba tarbiyasi, высшее образование, raqamli axloq, студенческое образование
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники