Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
О ПОНЯТИЯХ, СВЯЗАННЫХ С ИСКУССТВЕННЫМ ИНТЕЛЛЕКТОМ В УЗБЕКИСТАНЕ
Djurabayeva Zamira Axmedovna
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
The article talks about artificial intelligence, the history of its emergence, the terminological field associated with it, the state of artificial intelligence terms in the Uzbek language and factors of their development. Keywords: science, Uzbek language, world languages, English language, artificial intelligence, term, terminology, concept, word, development. Keyingi vaqtda dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish va jamiyatning barcha sohalarida sun’iy intellektga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani kuzatilmoqda. Dunyoning axborot kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan ilg‘or mamlakatlarida sun’iy intellektga asoslangan zamonaviy yo‘nalishlar shakllandi. Bu jarayon sun’iy intellektlar yaratilayotgan ingliz, nemis, fransuz, rus, yapon, xitoy kabi tillarda u bilan bog‘liq yangi terminologik maydonlarning shakllanishi va taraqqiy etishiga sababchi bo‘lmoqda. Masalan, ingliz tilida hozirda mavjud sun’iy intellekt texnologiyalari AI (“Artificial intelligence”) “veak” (kuchsiz) hisoblanib, faqat ma’lum bir sohaga oid vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan. Kelajakda uning AGI (“Artificial general intelligence”) – umumiy sun’iy intellekt, ASI (“Artificial super intelligence”) – super sun’iy idrok kabi yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lishi kutilmoqda. [YElmsov: 2016, 486] Sun’iy intellekt (SI; inglizcha: artificial intelligence, AI) – inson intellektiga taqlid qilishga qodir bo‘lgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi. O‘zbek tili dunyo tillarining biri sifatida bu jarayondan chetda qolayotgani yo‘q. Garchi o‘zbek tilida sun’iy intellektni ifodalovchi aniq termin bo‘lmasa-da, uni kalkalab olish mumkin. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da sun’iy va intellekt leksemalariga quyidagi izohlar berilgan SUN’IY [arabcha: yasama, ishlangaan, tabiiy emas]. 1. Biror usul bilan tabiiyga o‘xshatib yasalgan, tayyorlangan, yuzaga keltirilgan. 2. Tabiiy bo‘lmagan yo‘l bilan amalga oshiriladigan, notabiiy. 3. Ko‘chma. yasama, soxta, yolg‘ondakam, nosamimiy. INTELLEKT [lotincha: intellektus – aql, idrok, tasavur 1. Kishining fikrlash qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, zehn. 2. Shunday aql-idrok, zehn -farosat egasi. [O‘TIL: 2007, 216] Shu o‘rinda sun’iy intellekt bilan bog‘liq tushunchalarning fanga kirib kelishi haqida ham to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Mazkur termin ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954) nomi bilan bog‘liq. U 1950-yili texnologiya imkoniyatlari aql jihatdan insonlarni ortda qoldirishi haqida maqola chop ettirdi. Shu asosda “Tyuring testi tartibi”ni ishlab chiqdi. A.Tyuring fikrlashda insondan farq qilmaydigan mashinalar haqida fikrlar bildira boshlagan edi. Maqola chop etilganidan so‘ng sun’iy intellekt sohasida yangidan-yangi tadqiqotlar amalga oshirila boshlandi. “Sun’iy intelekt” atamasi 1956-yilga kelib paydo bo‘ldi. Shu yilning yozida AQShning Dartmut universitetida sun’iy tafakkur masalalari bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Klod adpi.uz universaljurnal.uz 40 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Shyennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert Saymon (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston universiteti), Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti) kabi mashhur olimlar ishtirok etdi. Anjumanda ma’ruza qilgan amerikalik informatika sohasi mutaxassisi Jon Makkarti (1927– 2011) “Artificial Intelligence” (“Sun’iy tafakkur”) atamasi muallifi sifatida tarixda nom qoldirdi. XX asrning 80-yillari sun’iy intellyekt – kashfiyot deya e’tirof etilib, olimlar ushbu yo‘nalishda darsliklar ishlab chiqa boshladilar. 1997-yilda shaxmat bo‘yicha Jahon chempioni Garri Kasparovni mag‘lubiyatga uchratgan mashhur shaxmat dasturi – “Deep Blue” yaratildi. Shu yillarda Yaponiyada neyron tarmoqlari asosida 6-avlod kompyuter loyihasi ishlab yaratildi. Sun’iy intelekt mahsulining aniq prognozlarni amalga oshirishi uchun u katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash kerak. Ushbu omil sabab turli vositalar, xususan, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashning oddiy hamda arzon vositalari, turli xil algoritmlar yaratildi. Ilm-fan, texnika yutuqlaridan samarali foydalanish yildan yilga kuchayib bormoqda. Bundan mamlakatimiz ham chetda emas. Garchi sun’iy intellekt sohasida jahonshumul yutuqlarni qo‘lga kiritmagan bo‘lsak-da, bu soha terminologiyasining o‘zbek tilida shakllanish bosqichidan rivojlanish bosqichiga o‘tganligini mumnuniyat bilan eslab o‘tishimiz joiz. Tilimizda axborot kommunikatsion texnologiyalari bilan bog‘liq terminlarning ulkan zaxirasi paydo bo‘ldi. Ularni haqli ravishda ikki katta guruhga bo‘lshimiz mumkin. 1. Chyetdan kirib kelgan so‘zlar: admin, akkuant, bat, bit, brazuer, vinchester, vord, kompyuter, login, parol, modem, kesh, monitor, domen, chat, sayt, telegramm va h.k. Mazkur terminlarning har biri asos tilda o‘z ma’nosiga ega va o‘zbek tiliga o‘girilganda, o‘z ma’nosini saqlab qoladi. O‘zbeki
Доказательный фрагмент
«The article talks about artificial intelligence, the history of its emergence, the terminological field associated with it, the state of artificial intelligence terms in the Uzbek language and factors of their develop…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article talks about artificial intelligence, the history of its emergence, the terminological field associated with it, the state of artificial intelligence terms in the Uzbek language and factors of their develop… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- science, Uzbek language, world languages, English language, artificial, слово, развитие., английский язык, dunyo tillari, tushuncha, Узбекский язык, понятие, ishlab chiqarish, o‘zbek tili, so‘z, terminologiya, rivojlanish., мировые языки, искусственный интеллект, терминология, производство, ingliz tili, термин, sun’iy intellekt, termin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025