К содержанию
РецензированоUZ2026

"TIJORAT BANKLARIDA KORPORATIV BOSHQARUVNI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH"

TENDENSIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH" · Nurmatov Ulug‘bek Qambaraliyevich · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya · ON MODERN TRENDS" · Nurmatov Ulugbek Kambaralievich · ASOSIY QISM (boshqaruv samaradorligi, strategik qaror qabul qilish, institutsional rivojlanish, moliyaviy)

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026

Аннотация

Mazkur ilmiy tezisda tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini zamonaviy global tendensiyalar asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklarida boshqaruvning amaldagi holati tahlil qilinib, raqamli texnologiyalar, ESG tamoyillari, xalqaro boshqaruv standartlari (OECD, Basel, IFC) va strategik monitoring vositalari asosida boshqaruvni modernizatsiya qilish yo‘llari asoslab berilgan. Shuningdek, komplayens, ichki audit va kuzatuv kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, raqamli KPI va risk indikatorlarini joriy etish orqali banklarda qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish muhimligi ta’kidlangan. Tadqiqot natijasida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha konseptual model ishlab chiqilgan va “O‘zmilliybank” AJ misolida amaliy tavsiyalar berilgan. Ushbu ish tijorat banklarida boshqaruv sifatini oshirish, investorlarga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. Kalit so‘zlar: korporativ boshqaruv, tijorat banklari, raqamli texnologiyalar, KPI tizimi, ichki audit, komplayens nazorati, kuzatuv kengashi, ESG indikatorlari, bank menejmenti, boshqaruv samaradorligi, strategik qaror qabul qilish, institutsional rivojlanish, moliyaviy barqarorlik, xalqaro boshqaruv standartlari. ASOSIY QISM Tijorat banklarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va barqaror rivojlanishini ta’minlashda korporativ boshqaruv tizimining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Boshqaruv tizimi bankda strategik qarorlar qabul qilish, risklarni boshqarish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va tashqi ishonchni oshirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Shu sababli, korporativ boshqaruvni xalqaro tendensiyalar asosida takomillashtirish zarurati dolzarb hisoblanadi. Birinchidan, xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, ilg‘or banklar faoliyatida korporativ boshqaruvning asosiy elementi sifatida mustaqil kuzatuv kengashi, ichki audit tizimi, komplayens nazorati, risk menejmenti va shaffoflik asosiy tamoyillar sifatida qaralmoqda. OECD (2023), Basel Committee va IFC (International Finance Corporation) tavsiyalarida bu tizimlar alohida urg‘u bilan ko‘rsatib o‘tilgan. Ikkinchidan, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi bank boshqaruvini butunlay yangi bosqichga olib chiqmoqda. Xususan, KPI (Key Performance Indicator) tizimi, sun’iy intellekt asosida qaror qabul qilish algoritmlari, Big Data va real vaqtli monitoring tizimlari rahbariyatning samaradorligini aniq o‘lchash va tezkor javob berish imkonini bermoqda. Ayni vaqtda bu texnologiyalar O‘zbekiston bank sektorida turlicha sur’atlarda joriy etilmoqda. 59 Uchinchidan, ESG indikatorlari (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv ko‘rsatkichlari)ni korporativ boshqaruvga integratsiyalash orqali banklar nafaqat moliyaviy jihatdan, balki ijtimoiy mas’uliyat darajasida ham yuqori natijalarga erisha oladi. Investorlar va xalqaro moliyaviy institutlar aynan ESG ko‘rsatkichlariga asoslanib qaror qabul qilmoqda. To‘rtinchidan, O‘zbekiston tijorat banklarida, xususan, “O‘zmilliybank” AJ misolida o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, garchi boshqaruv strukturalari mavjud bo‘lsa-da, ularning institutsional mustahkamligi yetarli emas. Ichki audit bo‘limlari amalda ijroiya rahbariyatga bo‘ysunadi, bu esa ularning nazorat salohiyatini susaytiradi. Kuzatuv kengashlari faoliyati ko‘pincha shakliy bo‘lib, ularning qaror qabul qilishdagi real ta’siri past darajada qolmoqda. Bugungi kunda bank sektorining muvaffaqiyatli rivojlanishi va moliyaviy tizimning barqarorligini ta’minlashda korporativ boshqaruv tizimi alohida strategik ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, raqamli transformatsiya, xalqaro standartlar va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish zarurati tobora dolzarb bo‘lmoqda. O‘zbekiston bank sektorida olib borilgan amaliy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, korporativ boshqaruv tizimi shakllangan bo‘lsa-da, uning samaradorligi ayrim muammolar sababli to‘laqonli ta’minlanmayapti. Jumladan, birinchi muammo — strategik boshqaruvda raqamli KPI tizimlarining cheklangan darajada qo‘llanilishi. Bu holat banklarda qaror qabul qilishda subyektiv yondashuvlarga asoslanishga olib keladi, bu esa boshqaruv jarayonining aniqligi va hisobdorligini pasaytiradi. Ikkinchi muammo — komplayens tizimining mustaqil faoliyat yurita olmasligi va uning funksional samaradorligining pastligi. Amaliyotda komplayens bo‘limlari ko‘pincha ijroiya rahbariyatga bevosita bo‘ysunadi, bu esa ularning nazorat qilish vakolatlarini cheklaydi. Uchinchi muammo — ESG (Ekologik, Ijtimoiy, Boshqaruv) indikatorlari asosida tashqi baholash tizimlarining yetishmasligi. Holbuki, bugungi global moliya tizimida aynan ESG ko‘rsatkichlari investorlar tomonidan asosiy baholovchi mezon sifatida qabul qilinmoqda. To‘rtinchi muammo esa — bank xodimlarining zamonaviy boshqaruv kompetensiyalariga ega emasligi. Bu esa yangi texnologiyalarni joriy etishda, korporativ madaniyatni shaklla

Доказательный фрагмент

«Mazkur ilmiy tezisda tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini zamonaviy global tendensiyalar asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ilmiy tezisda tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini zamonaviy global tendensiyalar asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xalqaro boshqaruv standartlari., strategik qaror qabul qilish, KPI tizimi, raqamli texnologiyalar, moliyaviy barqarorlik, bank menejmenti, kuzatuv kengashi, ESG indikatorlari, korporativ boshqaruv, boshqaruv samaradorligi, tijorat banklari, ichki audit, komplayens nazorati, institutsional rivojlanish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники