К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY IQTISODIY ISLOHOTLAR SHAROITIDA DAVLAT MOLIYAVIY SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Xamrayev Begali Shirinovich · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan zamonaviy iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat moliyaviy siyosatini takomillashtirishning dolzarb yo‘nalishlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Jumladan, byudjet siyosatining strategik rejalashtirilishi, xarajatlar samaradorligini oshirish, soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish, davlat qarzini boshqarish va mahalliy moliyaviy mustaqillikni kuchaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlar chuqur o‘rganilgan. Tezisda xalqaro tajribalar asosida fiskal islohotlarni milliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari davlat moliyaviy siyosatini isloh qilishda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin. Kalit soʻzlar: davlat moliyaviy siyosati, iqtisodiy islohotlar, byudjet siyosati, soliq ma’muriyatchiligi, mahalliy moliyaviy boshqaruv, raqamli fiskal tizim, davlat qarzi, xarajatlar samaradorligi, moliyaviy barqarorlik, fiskal islohotlar. Kirish. Bugungi kunda dunyo mamlakatlari chuqur iqtisodiy o‘zgarishlar va globallashuv jarayonlari bilan yuzlashmoqda. Bu holat har bir davlatdan o‘z moliyaviy siyosatini qayta ko‘rib chiqishni, strategik yo‘nalishlarini zamon talablari asosida takomillashtirishni talab qiladi. Xususan, O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida turibdi va bu jarayonda davlat moliyaviy siyosatining samaradorligi muhim rol o‘ynamoqda. Moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, byudjet intizomini mustahkamlash, fiskal muvozanatni ta’minlash va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat moliyasini boshqarish tizimini zamonaviylashtirishning ajralmas tarkibiy qismlaridir. Davlat moliyaviy siyosati — bu davlatning byudjet, soliq, qarz, subsidiyalar va xarajatlar orqali iqtisodiyotni tartibga soluvchi vositalar tizimidir. U milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini, ijtimoiy farovonlikni, bandlikni oshirishni va infratuzilmaviy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan. Bugungi zamonaviy talablarga ko‘ra, ushbu siyosat quyidagi yo‘nalishlarda ishlashi zarur:  Byudjet siyosatining natijadorlik va shaffoflikka asoslanganligi;  Soliq yengilliklari va baza kengaytirish orqali investitsion muhitni yaxshilash;  Ijtimoiy xarajatlarning natijadorligi va tahliliy monitoringi;  Mahalliy moliyaviy boshqaruvni mustaqil va raqobatbardosh holatga keltirish. 2017-yildan boshlab O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar davlat moliyaviy boshqaruvining tubdan isloh qilinishini taqozo etdi. Xususan, “Ochiq byudjet” portali orqali moliyaviy shaffoflik oshdi, mahalliy hokimiyatlar o‘z moliyaviy qarorlarini mustaqil qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi, davlat qarzini boshqarish bo‘yicha qonunchilik takomillashtirildi. Soliq islohotlari orqali korxonalarga yengilliklar yaratilib, yagona stavkali soliq tizimi joriy etildi. Bu o‘zgarishlar natijasida rasmiy sektorda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar soni ortdi, budjetga tushumlar barqarorlashdi, investitsion muhit yaxshilandi. 67 Fiskal siyosatni o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirishga o‘tkazish zarur. Har yillik byudjetdan farqli ravishda o‘rtacha 3–5 yillik strategik byudjetlar ishlab chiqilishi iqtisodiy barqarorlikka zamin yaratadi. Davlat xarajatlarining natijadorligini oshirish tizimini joriy etish lozim. Har bir xarajatning ijtimoiy va iqtisodiy samarasi baholanishi va bu baholash tizimida sun’iy intellekt, raqamli monitoring vositalaridan foydalanish afzal hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning mustaqilligini kengaytirish orqali har bir viloyat, tuman va shahar moliyaviy strategiyalarni o‘z hududining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuzish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Davlat qarzini boshqarishdagi tartib va chegaralarni aniq belgilash zarur. Qarzni faqat ishlab chiqarishga yo‘naltirish, ijtimoiy sarflar uchun esa grantlar va DXSh (davlat-xususiy sheriklik) vositalarini jalb qilish kerak. Zamonaviy iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat moliyaviy siyosatini takomillashtirish zarurati iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni ta’minlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ushbu siyosat samarali amalga oshirilsa, davlat resurslaridan oqilona foydalanish, iqtisodiyotni innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish va xalq farovonligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratiladi. Bu yo‘lda muhim vazifa – fiskal tizimning zamonaviy talablar asosida moslashuvi va xalqaro tajribalarni milliy modelga integratsiya qilishdan iboratdir. Xulosa. Tezisda zamonaviy iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat moliyaviy siyosatining roli, ahamiyati va rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilindi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan fiskal islohotlar byudjet siyosatini ochiqlashtirish, soliq- baza samaradorligini oshirish, davlat xarajatlarini natijadorlik asosida rejalashtirish kabi ustuvor vazifalarni ilgari surmoqda. Raqamli texnologiyalarning joriy etilishi, moliyaviy nazorat mexanizmlarining mustahkamlanishi va mahalliy byudjet mustaqilligining kengaytirilishi bu siyosatning strategik barqarorligini ta’minlamoqda. Shuningdek,

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan zamonaviy iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat moliyaviy siyosatini takomillashtirishning dolzarb yo‘nalishlari ilmiy asosda tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan zamonaviy iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat moliyaviy siyosatini takomillashtirishning dolzarb yo‘nalishlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fiskal islohotlar., xarajatlar samaradorligi, moliyaviy barqarorlik, byudjet siyosati, soliq ma’muriyatchiligi, davlat qarzi, mahalliy moliyaviy boshqaruv, raqamli fiskal tizim, davlat moliyaviy siyosati, iqtisodiy islohotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники