К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA INVESTITSION LOYIHALARNING MOLIYAVIY TAHLILINI MODERNIZATSIYA QILISH ZARURATI

Aliqulov Shohruh Furqat o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada investitsion loyihalarning moliyaviy tahlilini raqamli transformatsiya sharoitida takomillashtirish zarurati yoritiladi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida an’anaviy tahlil uslublari zamonaviy talablarga javob bermay qolmoqda, bu esa texnologik yangiliklarni moliyaviy tahlilga integratsiya qilishni taqozo etadi. Maqolada sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, bulutli texnologiyalar va biznes-analitika vositalari asosida moliyaviy tahlilni avtomatlashtirish va ssenariyli prognozlash usullarining afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekistondagi amaliy tajribalar va xalqaro yondashuvlar asosida investitsion loyihalarni baholash mexanizmlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot natijalari investitsiya qarorlarini qabul qilishda ishonchlilik, tezkorlik va shaffoflikni ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Kalit soʻzlar: Investitsion loyiha, moliyaviy tahlil, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), tahliliy platformalar, avtomatlashtirish, ssenariyli baholash, investitsiya qarori, texnologik integratsiya. Kirish. So‘nggi yillarda global miqyosda iqtisodiy jarayonlarning raqamli transformatsiyaga uchrashi moliyaviy boshqaruv tizimiga ham tub ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, investitsion loyihalarning samaradorligini aniqlash va moliyaviy holatini baholash an’anaviy uslublar bilan emas, balki ilg‘or texnologiyalarga asoslangan yangi yondashuvlar orqali amalga oshirilishi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Raqamli texnologiyalarning, xususan, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), bulutli servislar va analitik platformalarning moliyaviy tahlilga integratsiyalashuvi investitsion qarorlarni qabul qilishda aniqlik, tezkorlik va shaffoflik darajasini oshirish imkonini bermoqda. O‘zbekiston sharoitida ham investitsion loyihalarni moliyaviy baholash bo‘yicha raqamli texnologiyalarga asoslangan innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish zarurati ortib bormoqda. Bu nafaqat loyihalarning rentabelligini ishonchli aniqlash, balki ularning uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini tahlil qilishda ham muhim omil hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar jadal sur’atlarda barcha iqtisodiy jarayonlarga, jumladan, investitsion faoliyatni rejalashtirish va moliyaviy tahlil qilish sohasiga ham kirib bormoqda. An’anaviy tahlil metodikasi statik, qo‘lda hisob-kitoblarga asoslangan bo‘lib, zamonaviy raqamli muhitda tezkor, aniqligi yuqori va real vaqt rejimida qaror qabul qilish imkonini bermaydi. Ayniqsa, investitsion loyihalarning rentabelligi, risk darajasi, naqd pul oqimlari kabi omillarni baholashda raqamli texnologiyalar yordamida ishlov berilgan ma’lumotlar asosida kompleks yondashuv zarurati tobora ortmoqda. Investitsion loyihalarni moliyaviy tahlil qilishda sun’iy intellekt (AI), katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), mashinali o‘rganish (Machine Learning) va bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) kabi ilg‘or yechimlardan foydalanish jarayonning aniqligi va ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Sun’iy intellekt asosida loyihalar uchun ssenariyli tahlillar tuzish, xarajatlar va daromadlar kutilmalarini avtomatik modellashtirish, noaniqlik 73 sharoitida risklarni prognozlash imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Shu bilan birga, real vaqt monitoring tizimlari orqali loyihaning moliyaviy holatini bosqichma-bosqich nazorat qilish imkoniyati ham yaratiladi. Bu esa investitsiya qarorlarini qabul qilishda xatolik ehtimolini kamaytiradi va loyihani optimal moliyalashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, investitsion tahlilni modernizatsiya qilish faqat texnologik vositalarni joriy etish emas, balki butun moliyaviy tahlil jarayonining falsafasini o‘zgartirishni ham taqozo etadi. Tahlilchilar o‘z malakalarini yangilashi, raqamli kompetensiyalarni egallashi zarur. Bundan tashqari, korxonalarda ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlari, biznes analitika platformalari va KPI monitoring dasturlarining keng joriy qilinishi moliyaviy axborot oqimini soddalashtiradi. Ushbu omillar O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Raqamli transformatsiya sharoitida investitsion loyihalarning moliyaviy tahlilini takomillashtirish muqarrar va zarur bosqichdir. Bu yo‘lda texnologik va intellektual resurslarni uyg‘unlashtirish orqali zamonaviy, moslashuvchan va aniq tahlil mexanizmlarini shakllantirish imkoniyati mavjud. Bunday yondashuv nafaqat loyihalarning samaradorligini oshiradi, balki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa. Bugungi tez o‘zgaruvchan va raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan iqtisodiy muhitda investitsion loyihalarni moliyaviy tahlil qilish jarayonini modernizatsiya qilish zarurati tobora oshib bormoqda. An’anaviy usullar ma’lumotlar hajmining ortishi, real vaqt tahlilga ehtiyojning kuchayishi hamda investitsion risklarning murakkablashuvi sharoitida yetarli darajada samarali emasligi ko‘zga tashlanmoqda. Shu bois, sun’iy intellekt, katta

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada investitsion loyihalarning moliyaviy tahlilini raqamli transformatsiya sharoitida takomillashtirish zarurati yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada investitsion loyihalarning moliyaviy tahlilini raqamli transformatsiya sharoitida takomillashtirish zarurati yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
texnologik integratsiya., katta ma’lumotlar (Big Data), raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish, investitsiya qarori, sun’iy intellekt, Investitsion loyiha, ssenariyli baholash, tahliliy platformalar, moliyaviy tahlil
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти