К содержанию
РецензированоUZ2026

KREATIV TAFAKKUR TUSHUNCHASI VA UNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MAZMUNI

Zarina Hayitboyeva Otanazarovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada kreativ tafakkur tushunchasining zamonaviy talqini va uning psixologik-pedagogik mazmuni chuqur tahlil qilinadi. Muallif kreativ tafakkurni nafaqat yangi g‘oyalarni yaratish, balki o‘quvchilarda hayotni tahlil qilish, muammolarga yangicha yondashuv topish, hissiy barqarorlikni saqlash va intellektual jur’at ko‘rsatish qobiliyati sifatida ko‘rib chiqadi. Tadqiqotda kreativ tafakkur inson tafakkurining kompleks shakli sifatida qaralib, uni rivojlantirishda o‘qituvchining psixologik yondashuvi, raqamli ta’lim vositalari va ijtimoiy muhitning o‘zaro bog‘liqligi asosida yangi nazariy model taklif etiladi. Mazkur maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlovchi pedagoglar, psixologlar hamda ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni izlayotgan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Annotation: This article explores the psychological and pedagogical essence of creative thinking as a key competence of primary school students in the digital education environment. The author emphasizes that creative thinking is not only a mental process, but also a strategic resource for solving educational tasks in innovative ways. The research highlights the importance of forming creative cognitive mechanisms from early schooling by integrating digital tools and interactive teaching methods. The article presents new views on how digital technologies, when purposefully applied, can enhance students’ intellectual flexibility, originality, and problem- solving skills. Scientific insights are offered to modernize the educational process and support the development of creative thinking through targeted psychological-pedagogical conditions. Kalit so‘zlar: Kreativ tafakkur, boshlang‘ich ta’lim, raqamli vositalar, psixologik-pedagogik sharoitlar, ta’limdagi innovatsiyalar, interaktiv metodlar, intellektual rivojlanish Keywords: Creative thinking, primary education, digital tools, psychological-pedagogical conditions, innovation in learning, interactive methods, intellectual development XXI asrda jamiyatning har tomonlama taraqqiy etishi, raqamli texnologiyalar rivoji va sun’iy intellektning kundalik hayotga chuqur singib borishi inson tafakkurining yangi bosqichda shakllanishini taqozo etmoqda. Ayniqsa, bugungi globallashuv va informatsion portlash davrida ta’lim jarayoni oldida turgan asosiy vazifalardan biri – shaxsning mustaqil fikrlay oladigan, yangicha yondasha oladigan, innovatsion g‘oyalarga boy, kreativ tafakkur egasi bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashdir. Kreativ tafakkur — bu insonning mavjud muammolarga noodatiy yondashish, yangi g‘oyalar yaratish, ilg‘or fikrlash va muqobil yechimlarni topishga qaratilgan aqliy faoliyat shaklidir. An’anaviy tafakkur shakllari (reproduktiv, mantiqiy, algoritmik) zamonaviy axborot jamiyatida ko‘p hollarda yetarli bo‘lmay qolmoqda. Shu bois, kreativ tafakkurni rivojlantirish bugungi kunda nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki milliy taraqqiyot va xalqaro raqobatbardoshlikning muhim mezoniga aylanmoqda. Kreativ tafakkurning psixologik-pedagogik mazmunini o‘rganish, uni ilmiy-nazariy jihatdan chuqur tahlil qilish va amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash – zamonaviy pedagogikada dolzarb yo‘nalishlardan biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bu ko‘nikmalarni shakllantirish o‘quvchilarning keyingi 27 bosqichlardagi fikrlash dinamikasini belgilaydi. Kreativ tafakkurni ko’plab olimlarimiz o’rgangan, bu bo’yicha tadqiqot ishlarini olib brogan. Shulardan: E. Torrance1 (Amerikalik psixolog, ijodkorlikni o‘rganish bo‘yicha taniqli mutaxassis): 1. Torrance, E.P. (1974). Creativity: What, Why and How. “Kreativ tafakkur — bu mavjud ma’lumotlar asosida yangi va original g‘oyalarni ilgari surish, muqobil yechimlarni topish qobiliyatidir. Bu faqat tug‘ma emas, balki rivojlantiriladigan sifatdir.” J. Guilford 2(Amerikalik psixolog, intellekt strukturasini tahlil qilgan olim): “Kreativlik divergent (tarqoq) fikrlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, insonning bir muammoni hal etishda ko‘plab turli xil, kutilmagan va samarali g‘oyalarni ishlab chiqish qobiliyatini anglatadi” deya o’z fikrlarini bildirgan. Kreativ tafakkur — bu inson tafakkurining eng yuqori bosqichi bo‘lib, mavjud axborot, bilim va tajribalarni yangicha ko‘rinishda qayta ishlash, ulardan yangi g‘oyalarni yaratish jarayonidir. An’anaviy tafakkur muammoga bitta to‘g‘ri javob topishga intilsa, kreativ tafakkur ko‘p tomonlama va turli nuqtai nazardan qarashni taqozo etadi. Bu xususiyat ayniqsa boshlang‘ich ta’lim bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu davr bolalarning tafakkuri, qiziqishlari va dunyoqarashi shakllanadigan asosiy poydevor hisoblanadi. Kreativ tafakkurni rivojlantirishda psixologik yondashuvlar, avvalo, bolaning erkin fikrlashiga, o‘zini erkin ifoda etishiga, xavfsiz psixologik muhitda faoliyat yuritishiga imkon berishi kerak. Shu bilan birga, kreativlikni rag‘batlantirish uchun bolaning individual xususiyatlarini inobatga olish zarur: uning qiziqishlari, intellektual darajasi, emotsional eh

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kreativ tafakkur tushunchasining zamonaviy talqini va uning psixologik-pedagogik mazmuni chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kreativ tafakkur tushunchasining zamonaviy talqini va uning psixologik-pedagogik mazmuni chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Creative thinking, primary education, digital tools, psychological-pedagogical, psixologik-pedagogik sharoitlar, interaktiv metodlar, raqamli vositalar, boshlang‘ich ta’lim, Kreativ tafakkur, intellektual rivojlanish, ta’limdagi innovatsiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники