К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK OMMAVIY RAQSLARIDA LIBOS VA BEZAKLARNING BADIY AHAMIYATI

Zoirov Ropijon Erkin o'g'li · Ilmiy rahbar: Kasimov.N.K.

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek ommaviy raqslari uchun yaratiladigan liboslar va bezaklarning badiiy, estetik hamda funksional jihatlari o‘rganiladi. Milliy liboslarning tarixiy ildizlari, ularning zamonaviy sahna talablari asosida moslashtirilishi va raqs mazmuniga ko‘ra bezaklar tanlanishining ahamiyati tahlil qilinadi. Liboslar raqsning umumiy obraziga qanday ta’sir ko‘rsatishi va tomoshabinning estetik qabulida qanday rol o‘ynashi yoritilgan. O‘zbek raqsi nafaqat harakatlar, balki rang-barang liboslar va bezaklar orqali ham o‘ziga xos obraz yaratadi. Ayniqsa, ommaviy raqslarda ishtirokchilarning ko‘pligi sahnaviy ko‘rinishni yanada jozibador qilishni talab etadi. Shu bois libos va bezaklar raqsning mazmuni, mintaqaviy xususiyatlari hamda estetik uyg‘unlikka mos bo‘lishi kerak. Ommaviy raqslarda libos ikki asosiy vazifani bajaradi: Obraz yaratish – raqqos va raqqosalar orqali milliylik, urf-odatlar, bayramona kayfiyat namoyon bo‘ladi. Sinxronlik va estetik uyg‘unlikni ta’minlash – ko‘p sonli ijrochilarning liboslari bir-biriga uyg‘un bo‘lishi sahnaviy yaxlitlikni ta’minlaydi. Liboslar turlari va ularning ramziy ma’nosi-Ommaviy raqs liboslari odatda milliy an’anaviy kiyimlar asosida tikiladi. Ular mintaqaviy farqlarga ega: Farg‘ona uslubi – ipak atlas yoki shoyi ko‘ylak, uzun yengli va keng belbog‘ bilan ajralib turadi. Buxoro uslubi – zarbof, kashtali to‘nlar, xonatlas va ko‘proq hashamatli bezaklar bilan tanilganXorazm uslubi – yorqin ranglar, shalvarli ko‘ylaklar va ko‘plab jiringlovchi taqinchoqlar bilan ajraladi. Ommaviy raqslarda ishlatiladigan bezaklar quyidagi vazifalarni bajaradi: Tovush efekti – masalan, ziraklar, bilaguzuklar yoki belbog‘lar raqs paytida jiringlab, musiqiy ifodaga qo‘shimcha tovush bag‘ishlaydi. Ko‘zni qamashtirish – sahnada yorug‘lik ostida yaltirab turuvchi bezaklar tomoshabin e’tiborini tortadi. Milliy ramz – do‘ppi, turmaklangan sochlar, zanjirli taqinchoqlar o‘zbeklikni aks ettiradi. Zamonaviy dizayn va milliylik uyg‘unligi- xoreograflar milliy liboslarga zamonaviy estetika qo‘shib, yangicha yondashuvlar yaratmoqda. Bu – bir tomondan urf-odatni saqlash, ikkinchi tomondan esa zamonga moslashishni ifodalaydi. Sintetik matolar, yangi uslubdagi kashtalar va sahna effektlariga moslashtirilgan liboslar keng qo‘llanmoqda. Ommaviy raqslarda libos va bezaklar nafaqat tashqi ko‘rinish balki raqsning mazmuniy ifodasi, estetik jozibasi va milliy g‘ururini namoyon etuvchi asosiy omillardandir. Ular orqali 29 harakatlarning badiiyligi kuchayadi, tomoshabinning diqqat-e’tibori jalb qilinadi. Shu sababli libos va bezaklarni tanlashda xoreograf va rassomlar o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘zbek ommaviy raqslari uchun yaratiladigan liboslar va bezaklarning badiiy, estetik hamda funksional jihatlari o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘zbek ommaviy raqslari uchun yaratiladigan liboslar va bezaklarning badiiy, estetik hamda funksional jihatlari o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
libos, ommaviy raqs, xoreografiya., milliy kiyim, o‘zbek raqsi, sahna estetikası, bezak
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники