К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHI IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA “PARLAMENT DEBATLARI” METODIDAN FOYDALANISH

DEBATLARI” METODIDAN FOYDALANISH · Jumamuratova Ruxshona Saparbayevna · Ilmiy rahbar: H.Allambergenov (Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarda mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishning dolzarb masalalari yoritilgan. Matn yaratishga tayyorlashda imloviy-uslubiy savodxonlikni rivojlantirish, mantiqiy fikrlashni shakllantirish va til sathlari o‘zaro bog‘liqlikda o‘rgatilishining ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, interfaol usullar, xususan, parlament debatlari asosidagi seminar-treninglar orqali o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish, ularni og‘zaki va yozma nutqda erkin ifoda qilishga o‘rgatish tajribalari bayon etiladi. Maqolada o‘quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirish, fikrlarni ilmiy asoslangan tarzda ifodalash hamda muloqotga kirishish malakalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Zamonaviy ona tili ta’limi, matn yaratish ko‘nikmasi, mustaqil fikrlash, tanqidiy fikrlash, imloviy-uslubiy savodxonlik, interfaol metodlar, debat darslari, kommunikativ savodxonlik, ijodiy tafakkur. Zamonaviy ona tili ta’limida o‘quvchilarning mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish, til sathlarini o‘zaro bog‘liqlikda, uzviylik va uzluksizlik tamoyillari asosida o‘rganish, o‘quvchida mantiqiy fikrlash va birlamchi uslubiy savodxonlikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Matn yaratishga tayyorlash ishlarining asosiy maqsadi o‘quvchida imloviy-uslubiy savodxonlikni ta’minlash, unda muayyan darajada shakllangan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, mustaqil fikr mahsulini to‘g’ri, ravon, o‘rinli ifodalashga yo‘naltirishdan iborat. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchini asar tahliliga tayyorlov jarayonida bolani matn va uning qurilishi, grammatik xususiyatlari bilan birma-bir tanishtiradi. Belgilangan maqsadni amalga oshirish uchun berilgan matnlar ustida ishlanadi, xatboshi, kirish va xulosa qismlari ajratiladi,imloviy- uslubiy nuqsonlar topilib, tahlil va tahrirlash ko‘nikmalari oshiriladi.[G‘ulomov A.: 2001, 45] Matn ustida ishlash jarayonida esa zaruriy til vositalari faollashtirilib, so‘zlar, so‘z birikmalari, gaplar leksik-semantik guruhlarga ajratiladi, lug‘at daftarchasiga yozdiriladi. Ijodiy fikrlash va ilmiy muloqot jarayonida, ijobiy yoki tanqidiy nuqtayi nazarni ifodalashda, dialogik matn tarkibida qo‘llaniladigan kirish so‘z va so‘z birikmalarining, bog‘lamalarning tuzilishio‘rganiladi. Zotan, bugungi adabiy ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, dunyoqarashini rivojlantirishga, tafakkurida kechayotgan o‘y-mushohadalarini, maqsadlarini og‘zaki va yozma shakllarda erkin ifoda etishga yo‘naltirilishi lozim. [G‘ulomov A. Shukurov A.: 1989, 32] G‘arb davlatlar ta’lim tizimida pedagogik texnologiya markazlari ko‘pdan buyon ilmiy- amaliy faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ular ta’lim tizimida axborot texnologiyasi va boshqa didaktik vositalardan samarali foydalanishning ilg‘or usul va vositalarini ishlab chiqmoqdalar.Ta’limda “portlash effekti” beradigan, o‘quvchini mustaqil va ijodiy faoliyatga yo‘naltiradigan zamonaviy “dars-munozara”, “dars-sud”, “dars-nuqtai nazar”, “dars-muloqot”, “dars-axborot”, “aqliy hujum”, “debat dars”, “tanqidiy fikrlash”, “trening”, “auksion”, “lingvistik 35 kashfiyot” darslari kabi ilg’or texnologik metodlarni to‘plash va ommalashtirishgaastoydil harakat qilinmoqda. Respublikamizda mustaqil fikrlash darajasini o‘stirishga doir bir qancha jarayonlar, ayniqsa, 4K modeli barcha darslarga tatbiq qilingach, shaxs (o‘quvchi)ning mustaqil fikrlash, fikrini ifodalash va himoyalash huquqlari tan olindi, o‘quvchi tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini egallashga, nutqiy mahoratini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga yo‘naltirildi. [Mahmudov N., Nurmonov A.,Sobirov A. va boshqalar: 2004, 87] Yuqorida eslatib o‘tilgan interfaol metodlarga asoslangan seminar-treninglar kommunikativ savodxonlik darajasiga ega bo‘lgan mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlovchi “ijodiy tafakkur sohibi”ni tarbiyalab yetishtirishning modernizatsiyalashgan usullariga misol bo‘la oladi. Yuqorida tavsiflangan seminar-treninglarning eng ko‘p tarqalgan turi debatlarga asoslangan darslardir. Zotan “Parlament debatlari” insondagi tug’ma qobiliyat va qiziqishlarga tayanib ish ko‘radi. Biz doim haqiqatning ro‘yobga chiqishi uchun kurashamiz, doim uni axtaramiz.Debat tushunchasi qadimgi yunonda paydo bo‘lgan. U “argumentlarga asoslangan bahs”, ma’nosida ishlatiladi. [K.Qosimova S.Matchonov va boshqalar: 2009, 305] Mashg‘ulotlarda faol qo‘llash mumkin bo‘lgan Parlament debatlari(PD)da uchta prinsipga asoslanadi: 1.Nutqiy vaziyatga qarab, tez, to‘g’ri va ishonarli so‘zlash; 2.O‘zgalarni o‘z nuqtai nazarining to‘g’riligiga ishontirish; 3.Ilmiy-muloqot me’yorlariga amal qilish, o‘zida nutqiy madaniyat kurtaklarini shakllantirish; Bunday mashg‘ulotlarning rivojlantiruvchi xususiyatlari:1.Argumentlashtirilgan tanqidiy fikrlash va uni qisqa ifodalanishi; 2.Notiqlik san’atini; 3.Ilmiy tanqidiy malakalarni; 4.Tashkiliy malakalarni; 5.Anglab tinglash va yozma qayd qilish malakasini shakllantirish bo‘lsa, ijtimoi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarda mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishning dolzarb masalalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarda mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishning dolzarb masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
imloviy-uslubiy savodxonlik, ijodiy tafakkur., debat darslari, mustaqil fikrlash, matn yaratish ko‘nikmasi, Zamonaviy ona tili ta’limi, interfaol metodlar, kommunikativ savodxonlik, tanqidiy fikrlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники