К содержанию
РецензированоUZ2026

“HIBATUL-HAQOYIQ” DOSTONINING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI

Maftuna Masharipova

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq” dostonining badiiy- g‘oyaviy mazmuni, adabiy tilning go ‘zal namunasi hisoblanmish pand-nasihatlar,shuningdek asarning hozirgi davrdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Dod Spohsolor, o‘git, ma’naviyat, Tangri, ilm, islom dini, e’tiqod. “Hibatul-haqoyiq” asari pand-nasihatga yo‘g‘rilgan. Uni o‘qish orqali inson hayotidagi barcha jabhalarda faoliyat yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Unda nafaqat insonning o‘z ichki olamini isloh qilish uchun o‘gitlar, balki jamiyatda qanday yashash kerakligi kabi savollarga javob beruvchi nasihatlarni uchratamiz. Asar olamni bor qilgan Tangri yodi bilan boshlanadi: Yo‘q edim, yaratding, yana yo‘q qilib,qayta (ikkinchi) vujudga keltirasan,bunga iqrorman[3:415 ]. Demak anglanadiki, asar muallifi islom diniga e’tiqod qiladi. Bu ham asarni yanada chuqurroq o‘rganishimizda va tahlilni aniqroq olib borishimizga xizmat qiladi. Islom dinida har bir xayrli ish Tangri nomi bilan boshlanadi. Inson umr yo‘lining mash’ali, zulmatda, qorong‘ulikda nurli yo‘ldosh bo‘ladigan bitiklarni muallif Boqiy Zot yodi bilan boshlab, avlodlarning ma’rifatli hayoti uchun o‘zida hayot haqiqatlarini namoyon qiluvchi xazinani meros qildi. Shuningdek, muallif asarning yozilish maqsadidan biri o‘sha davr Farg‘ona begi Dod Spohsolorga bag‘ishlaganini, asarni o‘qiganlar shunday go‘zal fazilatlarga ega davlat boshlig‘i haqida bilishlari lozimligini ham ta’kidlab o‘tadi. Bek kitobning to‘rtinchi bobida madh etiladi. Nasimxon Rahmonov ta’kidlashicha, bu bobni Dod Spohsolor bekka qasida deb ham atash mumkin. Zotan, bu bobning hajmi 14 bayttan iborat bo ‘lib, qasidaning talablariga javob beradi[30:204 ]. Bundan ko‘rinadiki, muallifning siyosiy mavqega egaligini, o‘z tajribalarini badiiy yo‘sinda podshohga tortiq qilish jur’atini ham ko‘ramiz. Madh yakunlanganidan keyin birinchi bo‘limda ilm manfaati haqida so‘z boradi. Zero, har bir ish boshida yechim talabi bo‘ladi. Yechim esa ilmdir, anglashdir. Ishning boshi ilm bilan boshlansa, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Asardagi haqiqatlar xazinasida yuksaklik yo‘li ilm bilan boshlanishi, uning o‘nggi ham so‘li ham manzili ham bilim ekanligi go‘zal jumlalar bilan bayon qilinadi: Bilim haqda so‘zlay,ey do‘st,quloq sol, Ilmliga yaqin yur, undan ibrat ol. Bilim bilan ochilur saodatga yo‘l, Baxt yo‘lini izla,do‘stim, baxtli bo‘l[3:5 ] E’tibor berilsa, har bir bo‘lim ,go‘yoki, komillikning bir bekati vazifasini bajargan. Asarning ahamiyati, mohiyati keng. O‘sha paytdagi muammolar, ilimsizlikning oqibati, xasislik,kibr va shunga o‘xshash yomon illatlarning da’vosi go‘zal fikrlar bilan beriladi. Asarni o‘rganib,uning ma’nosini anglagan har bir inson uni boshqalarga ham yetkazish lozimligini 44 anglaydi.Chunki,ayni zamonda insonda ma’naviy tomondan oqsash oqibatida yo‘lini yo‘qotib qo‘yish, hayotdagi yashash ma’nosini topolmaslik kabi muammolar uchramoqda.Allomalarimiz esa bu muammolar yechimi sifatida o‘z asarlarini meros qoldirishdi. Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlik deganlaridek, inson faqat yaxshilik va xayrni ushbu asardan topadi.G‘arb hozirda o‘zidagi ma’naviy tanazzul yechimini Sharq allomalarining asarlarini tahlil qilib topishyapti va o‘rganishyapti.Shunday vaziyatda biz o‘zimizda mavjud badiiy meroslarni o‘rganmasligimiz- yo‘qotish,boy berish hisoblanadi deb o‘ylayman. Xulosa qilib aytamanki, asarni o‘rganish jarayonida qanday ajdodlar avlodi ekanligimizni, badiiy adabiyotning o‘zgacha sayqallangan namunasini ko‘rdim. “Hibatul-haqoyiq” ning g‘oyaviy mazmuni inson umrining barcha davri ehtiyoji bo‘lgan ma’naviyatni o‘zida mujassam qiladi.Asarda jamiyat va insonning ham moddiy ham ma’naviy taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan haqiqatlar xazinasi mavjud.

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq” dostonining badiiy- g‘oyaviy mazmuni, adabiy tilning go ‘zal namunasi hisoblanmish pand-nasihatlar,shuningdek asarning hozirgi davrdagi ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq” dostonining badiiy- g‘oyaviy mazmuni, adabiy tilning go ‘zal namunasi hisoblanmish pand-nasihatlar,shuningdek asarning hozirgi davrdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tangri, e’tiqod., ma’naviyat, Dod Spohsolor, islom dini, ilm, o‘git
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники