Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
INTERNET YОZISHMАLАRINING SАVОDXОNLIKKА TА’SIRI
Madaminova Muhabbat Sotvoldiyevna · Abduxamidova Diyora G‘ulomjon qizi · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat · Madaminova Muhabbat Sotvoldiyevna · Abdukhamidova Diyora Gulomjon qizi (Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature)
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada internet yozishmalarining zamonaviy o‘zbek tilida savodxonlik darajasiga ko‘rsatayotgan ta’siri lingvistik va psixolingvistik yondashuvlar asosida tahlil qilingan. Virtual muloqotdagi fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar, ayniqsa, yoshlar jargonlari, slenglar, abbreviatsiyalar, emotikonlar orqali tilda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, so‘zlarning konnotativ ma’nosi, talaffuzdagi o‘zgarishlar hamda ularning emotsional-ekspressiv funksiyasi savodxonlikka qanday ta’sir etayotgani tadqiq etilgan. Maqolada tilning ijtimoiy tarmoqlardagi noan’anaviy ishlatilish holatlari tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar berilgan. Kirish so‘zlar: Internet yozishmalari, savodxonlik, fonetik o‘zgarishlar, sleng, jargon, til madaniyati, leksik sistema, ijtimoiy tarmoq muloqoti. THE IMPACT OF INTERNET CORRESPONDENCE ON LITERACY Madaminova Muhabbat Sotvoldiyevna Doctor of Philosophy (PhD) in Philological Sciences, Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature Abdukhamidova Diyora Gulomjon qizi 4th-year student of Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature Annotation: This article analyzes the impact of Internet correspondence on the level of literacy in modern Uzbek based on linguistic and psycholinguistic approaches. The changes in the language through phonetic, lexical and grammatical features of virtual communication, especially youth jargon, slang, abbreviations, emoticons, are considered. Also, the connotative meaning of words, changes in pronunciation, and their emotional-expressive function are studied. The article analyzes cases of unconventional use of language in social networks and gives practical recommendations. Keywords: Internet correspondence, literacy, phonetic changes, slang, jargon, language culture, lexical system, social network communication. O‘zbek tiliga xos tovushlar nutqiy jarayonda o‘z imkoniyatlarini namoyon etadi. Xususan, virtual muloqot jarayonida, ya’ni internet yozishmalarida ham o‘ziga xos lisoniy qonuniyatlarning nutqda qay tarzda reallashishini ko‘rsatuvchi maydon sanaladi. Ayni jarayonda tovushlarning internet tarmoqlarida qo‘llanishi ham individual va qaysidir ma’noda umumiy uslubiy me’yorlarning shakllanishidan darak beradi. Bu esa, albatta, internet tarmoqlaridagi savodxonlikka ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, so‘zdagi ma’no tovushlar vositasida voqe bo‘ladi, tinglovchi ham ma’noni tovushlar vositasida qabul qiladi. Shuning uchun so‘zdagi biror tovushning talaffuzdagi 66 o‘zgarishi, ya’ni cho‘zilishi, almashtirilishi, tushirib qoldirilishi, albatta, ma’noga ta’sir qiladi. Bunday hollarda so‘zning denotativ ma’nosi emas, konnotativ ma’nosi o‘zgaradi1. Konnotativ ma’no, ayniqsa, so‘z tarkibidagi ayrim unli va undosh fonemalarni cho‘zib yoki o‘rnini almashtirib talaffuz qilishda yaqqol namoyon bo‘ladi. So‘zdagi unlining cho‘zilishi emotsionallikni kuchaytiradi. Nutq organlariga bog‘liq ravishda nutq tovushlari ham turlicha talaffuz etiladi va eshitiladi. Fonostilistik jihatdan nutq tovushlarining talaffuzidagi emotsional-ekspressivlik va akustik (eshitib) ta’sirlanish tomonlarini o‘rganish muhimdir. Tovushlarga biror ma’no yuklash jiddiy ilmiy asosga ega bo‘lmasa-da, bunday shartlilik zamirida emotsional-ekspressiv funksiya turadi2. Bu holatda quyidagi ma’nolar yuzaga chiqadi: 1) shodlanish, xursandlik, kayfiyatning yaxshiligini; 2) hayratlanish; 3) taajjub; 4) iztirob, o‘kinish; 5) g‘azablanish, kuchli to‘lqinlanish; 6) ma’yuslik; 7) ikkilanish va.h.k. “Internet tili”, “internet-til” va “internet-uslubi” butunjahon o‘rgimchak to‘ri tarmog‘idagi barcha matnli axborotlarni bildiradi; “runet tili” esa internetdagi barcha rus tilidagi axborotlarni jamlaydi; “Kompyuter argosi”, “Kompyuter slengi”, “Kompyuter jargoni”larda amaliy va texnik mavzular asosiy hisoblanadi”3. Leksik tizim asosida leksik qatlamga xos birliklar asrlar osha til zaxirasi sifatida avloddan avlodga o‘tib keladi. Chunki leksika ochiq sistema bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas tarzda taraqqiy etib boradi. Ya’ni ma’lum vaqtda so‘zlar faol qo‘llansa, ma’lum vaqtdan keyin iste’moldan chiqishi mumkin. Deylik, sobiq tuzumda viloyat, tuman, bekat kabi leksik birliklar eskirgan so‘zlar sifatida qaralsa, bugun ular til sandig‘idan chiqib faol qo‘llanuvchi birlikka aylandi. Aksincha, u davrda faol qo‘llangan rayon, oblast, ostanovka kabi so‘zlar bugun eskirgan qatlamga o‘tdi. Shunday bo‘lishiga qaramay, bekat so‘zi o‘rnida hali ham ostanovka so‘zi xalq jonli so‘zlashuv nutqida faol qo‘llanib kelinmoqda. 1. Slenglar; 2. Evfemizmlar; 3. Abbreviatsiya; 4. Grammatika; 5. Emotikonlar. 6. Jargonlar (yoki internet – jargoni). Lingvist N.B.Mechkovskiy internet kommunikatsiyaning quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatadi: - umumiy iste’moldagi tilning me’yorlashmagan (substandart) varianti; - ingliz terminologiyasi va yoshlar slengining eksopansiya xususiyatlari; 1Kabuljonova G.K. Nazariy va amaliy stilistika. O‘quv qo‘llanma. – Andijon, 2022. – B
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada internet yozishmalarining zamonaviy o‘zbek tilida savodxonlik darajasiga ko‘rsatayotgan ta’siri lingvistik va psixolingvistik yondashuvlar asosida tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada internet yozishmalarining zamonaviy o‘zbek tilida savodxonlik darajasiga ko‘rsatayotgan ta’siri lingvistik va psixolingvistik yondashuvlar asosida tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Internet correspondence, literacy, phonetic changes, slang, jargon, language, savodxonlik, fonetik o‘zgarishlar, Internet yozishmalari, ijtimoiy tarmoq muloqoti., til madaniyati, sleng, leksik sistema
Смежные источники
Общество и управлениеСадык Сафаев2013
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025