К содержанию
РецензированоUZ2026

MAQSUD SHAYXZODA IJODIDA SINONIMIK QATORNING BADIIY-USLUBIY FUNKSIYALARI

Abduraximova Sofiya

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri – Maqsud Shayxzoda ijodida sinonimik qatorlardan foydalanishning imkoniyatlari, ularning morfologik xususiyatlari, semantik va stilistik jihatlari yoritiladi. Sinonimik birliklarning poetik matndagi ekspressivlik, emotsional ta’sirchanlik, uslubiy boylik kabi jihatlarni kuchaytirishdagi roli tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Sinonimik qator, sinonimlar, badiiy uslub, semantika. Maqsud Shayxzoda ijodida sinonimik qatorlardan foydalanish, uning badiiy uslubining muhim jihatlarini tashkil etadi. Shayxzoda she’riyatida sinonimlar nafaqat ma’no jihatidan, balki stilistik funksiyalar nuqtai nazaridan ham muhim rol oynaydi. Ularning individual xususiyatlari quyidagi jihatlardan iborat: 1. Sinonimlarning ma’no va stilistik funksiyalarining rang-barangligi. 2. She’riy obrazlar yaratish mexanizmlarining ustunligi 3. Zamonaviy lingvopoetika nazariyalariga asoslangan tahlillarning mavjudligi. 4. Stilistika va semantikaning uyg‘unligi. Sinonimlarning ma’no va stilistik funksiyalari quyidagi o‘rinlarda namoyon bo‘ladi. Shayxzoda sinonimlarni tanlab olishda ularning ma’nosini chuqur anglab, har bir so‘zning o‘ziga xos rang-barangligini aks ettiradi. Bu esa uning she’rlariga o‘ziga xos hissiyot va tasviriylik qo‘shadi. Sinonimlar orqali u bir xil ma’noni ifodalash bilan birga, turli xil emotsional va stilistik rang-baranglikni yaratadi. Maqsud Shayxzodaning “Tashlangan” she’rida quyidagi quyidagi parchani tahlil qilamiz. Sen tashlanding .... Sen unutilding.... Sen xor bo‘lding....(Maqsud Shaxzoda “Tashlangan” 12- bet) Bu yerda “tashlanding”, “unutilding”, “ xor bo‘lding” so‘zlari sinonimik qatorni tashkil etadi. Har bir so‘z sinonimligi bilan birga o‘ziga xos emotsional ta’sirni ham ifodalaydi. “Tashlanding” – bepisandlik, “Unutilding” – yoddan chiqqanlik, “Xor bo‘lding” – kamsitilganlik holatini ifodalaydi.Bu qatorlar ketma-ketligi orqali shoir she’rga chuqur psixologik ruh bag‘ishlaydi. Maqsud Shayxzoda G‘afur G‘umlarga bag‘ishlab yozgan “Yaxshilik” she’rida ham sinonimlardan unumli foydalanadi. Shashmaqom, qo‘shiq, o‘yin, ashula – Radio karnayidan oqar baralla ....(Maqsud Shayxzoda “Yaxshilik” 8-bet) “Shashmaqom, qo‘shiq, ashula” – bular musiqiy atamalar bo‘lib, har biri alohida uslub va janrni bildiradi, ammo birgalikda ular sinonimik yaqinlikni – paradigmani hosil qiladi: barchasi ohang, musiqiy ifoda tushunchasini anglatadi. “O‘yin” esa bu parchada san’at turining bir bo‘lagi bo‘lib ifodalangan. She’rning keyingi parchasi ham shoir o‘zgacha sinonimlardan foydalanadi. Unlar. Nafis ovozlar. Tezob tovushlar... 71 Pianino. Rubob. Nay. Gʻijjak va tambur.(Maqsud Shayxzoda “Yaxshilik” 8-bet) “Nafis ovozlar, tezob tovushlar” – bu yerda “nafis” va “tezob” so‘zlari qarama-qarshi ma‘nodagi sifatlardir, ammo bu yerda tovush haqida gap ketayotgani uchun biri yumshoqlikni, boshqasi keskinlikni bildiradi. Sinonimik qator hosil bo‘lmagan bo‘lsa-da, bu o‘rinda stilistik kontrast yaratilgan. “Pianino. Rubob. Nay. G‘ijjak va tambur”, – bularning barchasi musiqa asboblari. Ular turli asrlar, madaniyat va janrlarga oid bo‘lsa-da, birgalikda sinonimik qator sifatida xizmat qilmoqda – ya’ni: musiqiy vositalarning xilma-xilligi. Keyingi parchada ham shoir stilistik funksiyani ifodalaydi. So‘z bilan soz va ovoz bo‘lishib hamroz, Vaqt torida yurarlar misoli dorboz.(Maqsud Shayxzoda “Yaxshilik” 8-bet) “So‘z bilan soz va ovoz bo‘lishib hamroz”, – “So‘z” – she’riyat, “soz” – musiqa, “ovoz” – umumiy ifoda shakli sifatida ishlatilgan. Ular bir-biriga yaqin tushunchalar bo‘lib, ijodiy ifoda, estetik ta’sir, ohangdorlilik kabi umumiy ma’noga ega. Stilistik funksiya o‘z va ohang uyg‘unligining san’atdagi ahamiyatini ifodalaydi. Maqsud Shayxzoda ijodida sinonimlar quyidagi stilistik funksiyalarni bajaradi:  Emotsional-ekspressivlikni oshirish: sinonimlar orqali shoir bir his tuyg‘uning turli ko‘rinishlarini ifodalab berib, ta’sirchanlikni kuchaytiradi.  Uslubiy xilma-xillik yaratish: Sinonimik qatorlar poetik matnni uslubiy jihatdan boyitadi.  Ritm va musiqiylikni ta’minlash: ayrim hollarda sinonimlar she’r ritmiga qarab tanlanadi va ohangdorlikni kuchaytiradi.  Tafsilot berish va tasvir chuqurligini oshirish: sinonimlar orqali bir holatning turli holatlari, qirralari ochiladi. Maqsud Shayxzoda sinonim so‘zlarni shunchaki ma’nodosh so‘zlar sifatida emas, balki poetik vosita sifatida qo‘llab, ularga badiiy-falsafiy ma’nolarni aks ettirishga hissa qo‘shadi. Uning she’rlarida sinonimlar obrazli fikrlash mahsuli bo‘lib, badiiy tafakkurning ifodasi sifatida xizmat qiladi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri – Maqsud Shayxzoda ijodida sinonimik qatorlardan foydalanishning imkoniyatlari, ularning morfologik xususiyatlari, semantik va stilistik jihatlari yorit…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri – Maqsud Shayxzoda ijodida sinonimik qatorlardan foydalanishning imkoniyatlari, ularning morfologik xususiyatlari, semantik va stilistik jihatlari yorit… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sinonimlar, Sinonimik qator, badiiy uslub, semantika.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники