The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
HOZIRGI KUNDA ALLANING HAYOTIMIZDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Ravshanova Malika · Qurbonova Shaxina
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Maqolada hozirgi kunda allaning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati, bolaning rivojlanishida allaning ta’siri, onalarning farzand tarbiyasidagi burchlari tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Abu Ali ibn Sino,” Tib qonunlari”, oila, alla, bola, ona. Alla –umuminsoniy qo’shiqdir.U turli tillarda turlicha aytilishi mumkin,ammo uning zamirida bir nara onaning farzandiga cheksiz mehr-u muhabbati yotadi. Alla o’z davrininglirik kayfiyatdagi ruhiy ko’zgusidir. Onaning yoqimli ohanglari ichida davr muhabbati, kishilar tirikchiligi, ijtimoiy-maishiy hayot, kishilar o’rtasidagi munosabatlar, qarama-qarshiliklar oddiy so’zlarning go’zal va badiiy, ruhiy qudrati o’z ifodasini topgan. Ma’lumki,alla kuylari o’zbek xalq ijodida o’ziga xos o’rin egallaydi. ”Alla xalq og’zaki ijodining bola shaxsida ota-onaga, vatanga,millatga muhabbat tuyg’usining dastlabki kurtaklarini shakllantiruvchi vositasi sifatida maydonga kelgan.Alla vositasida bola milliy til ohanglariga, badiiy idrokka o’rgatib boriladi”,–deb yozadi professor O.Musurmonov. Demak, alla qo’shiqlari bolalarga o’z ona tilini tanitadi, uning imkoniyatlarini, yorqin va jozibadorligini anglatadi. Qolaversa, bola alla orqali xalqning kechagi kuni va buguni haqida ham ma’lumot ham oladi. Allalarda tinchlik bevosita va bilvosita ulug’lanadi. Bolaning ma’rifatli allalar tinglab voyaga yetishi kelgusida uning ma’naviy- axloqiy yetuk shaxs bo’lib kamol topishiga yordam beradi.Oila muhitida bolalarga singdiriladigan axloq tamoyillarining asosiylari-odamlarga yaxshilik qilish, ezgu ishlar bilan nom chiqarish, dilozorlikdan yiroq bo’lishdir. Demak, ona farzandida ana shunday insoniy xislatlarni shakllantirishda pedagog vazifasini ham bajaradi. Ona tinchlikning qadrini, qimmatini, uning inson hayotidagi ahamiyatini oddiy so’z bilan emas, balki alla qo’shiqlarida ham ifodalaydi. Xalqimiz tinchlikni, millatlar, elatlar o’rtasida o’zaro totuvlik, do’stlikni qadrlaydi. Binobarin, onalar alla qo’shiqlari orqali bolaning komil inson bo’lib shakllanishi yo’lida ma’naviy xizmat qiladi. Oilada bolalarga alla qo’shiqlari vositasida tarbiya berilar ekan, bu uning yuksak ma’naviyatli, axloqli shaxs bo’lib shakllanishida omil bo’ladi. Demak, alla qo’shiqlari tarbiya jarayonida zaruratga aylanishi kerak. Bunda xalqning asriy qadriyatlari va hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda yondashiladi.Chunki bola ertaklar, maqollar, matallarning mag’zini intellektual darajada tushunadigan bo’lgunicha, uning ongida bo’shliq bo’lmasligi, bu ruhi alla qo’shiqlari bilan to’yintirilishi kerak. Sababi, allalarda xalq hayotining eng kichik qirralarigacha aks etadi. Ona alla kuylash chog’ida o’z orzu-umidlarini, armonlarini, dard-hasratlari, farzandiga bo’lgan mehrini namoyon etadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, alla o’z tabiiy musiqasi, ohangi,sodda tizilgan so’zlar orqali bolaga ona nafasini yetkazib turadi.Ta’kidlash o’rinliki, har bir onaning o’z allasi bo’ladi. Bu alla onaning hayot tarzi, ko’rgan- kechirganlari, hayotdan chiqargan sabog’i asosida paydo bo’ladi. Lekin allalarda bir butun yaxlitlik, umumiylik borki, bu–mehr-muhabbatning aks etishidir. Ta’kidlash joizki, alla bolaning 73 tarbiyasida tamal toshini qo’yuvchi kuch ekan, u, albatta, bolada ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishga xizmat qilishi kerak. Unda vatanga muhabbat, milliy g’urur , mehnatsevarlik, insonparvarlik, tinchlikni asrash, ota-onaning qadrini baland tutish kabi insoniy tamoyillar aks etishi zarur. Onasi o’z allasi orqali bolani yaxshiliklarga yo’llay olishi darkor. Ana shundagina, oila va jamiyat o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erisha oladi, alla o’z tarbiyaviy ta’sir kuchini ko’rsatadi. Bunday alla aytgan ona chinakam xalq pedagogi hisoblanadi.Ona kuylaydigan alla qo’shiqlarining o’z oldiga qo’ygan maqsadi, faqat bolani uxlatish emas, balki uning ruhini, qalbini, ichki dunyosini uyg’otish hamdir. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, alla bola ruhiyati, salomatligiga va bardam-baquvvat o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatarkan.Ona va bolani ko’rinmas rishta bilan bog’lab, ona organizmi tiklanishiga ham katta yordam berar ekan. Psixologlarning tasdiqlashicha, ona va bola o’rtasida o’ziga xos aloqa o’rnatilishi lozim. Negaki, ona alla ayta turib,kun davomida o’zida yig’ilib qolganhadik, hayajonlashish va turli salbiy hissiyotlarni chetga surib, butun diqqat-e’tiborini go’dakka qaratadi.Unga ijobiy iliqlik, mehr berib, silab-siypalaydi.Go’dak ham uning ovozi ohangini, erkalashlarini tez va oson qabul qiladi, o’zini himoyalangan hisoblaydi. Bu esa unga seskanib uyg’onib ketavermasdan, tiniqib uxlashiga yordam beradi. Alla nafaqat go’dakning atrofidagi olam bilan tanishishga yordam beradi, balki psixologik jarayonlarning yaxshilanishi va me’yoriga tushishiga ko’maklashadi ALLANI KIMDAN, QAYERDAN O’RGANSA BO’LADI? Aslida allaning aniq bir matni yo’q. Unihar bir ona yurak tubidan chiqarib aytadi.O’zining hayoti, farzandidan kutayotgan orzu-niyatlarini alla ohangiga moslab aytaveradi. *** Alla aytay,jonim bolam, Quloq solgin, alla Shirin al
Доказательный фрагмент
«Maqolada hozirgi kunda allaning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati, bolaning rivojlanishida allaning ta’siri, onalarning farzand tarbiyasidagi burchlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada hozirgi kunda allaning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati, bolaning rivojlanishida allaning ta’siri, onalarning farzand tarbiyasidagi burchlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Abu Ali ibn Sino, oila, ona., ” Tib qonunlari”, alla, bola
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsThe Saudi Scholarly Arrangement, Greenbaum G. +12021