К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILIDA ANTROPONIMLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Tilevberdiyeva Aydana · Mamadjanova M.N.

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqola o’zbek xalqining qadriyatlaridan biri bo’lgan ism, ism tanlash, ismlarning ma’nolar, qo’yilish o’rinlari hamda sabablarini sharhlashga bag’ishlangan. Ismlarning turli irimlar, marosimlar, makon, zamon bilan bog’liq jihatlari misollar orqali izohlangan. Kalit so’zlar: Ism, onomastika, etnografiya, urf-odat, milliy an’ana. Ismlarning etnografik ma’nosi muayyan ismning paydo bo‘lishi, tanlanishi va chaqaloqqa berilishiga asos, sabab bo‘lgan tushunchalarning ifodalanishidan iboratdir. Etnofafik ma’no aslida biror bir ismning yuzaga kelishi uchun asos bo‘lgan ehtiyojni anglatadigan sabab-voqea va rasm-rusmlar, udumlar, kishilarning nom orqali izhor qiladigan istak va orzulari, tilak va xohishlari haqidagi etnografik ma’lumotlar mazmunidan iboratdir. Ismlarning yuzaga kelishi va berilishi faqatgina ma’naviy emas, balki bir qator moddiy, amaliy tadbirlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Ular chaqaloqqa ism berish paytida amalga oshiriladi. Masalan, o‘zbeklarda Sotiboldi, Sottiboy, Sotqinoy ismlari bor. Bu ismlarning paydo bo‘lishi chaqaloqni "sotib olish" udumini ado etish bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘tmishda farzandlari turmasdan nobud bo‘lavergan o‘zbek oilalarida "sotib olish" odatiga katta umid bog‘lashgan. Bu odatga ko‘ra, bola tug‘ilgach, xoh o‘g‘il, xoh u qiz bo‘lsin, tarozining bir pallasiga go‘dak ikkinchi pallasiga ozuqa solinardi (badavlat oilalarda ozuqa o‘rniga qimmatbaho narsalar ham qo‘yilgan). O‘tmish ajdodlarimiz bolaning turli kasalliklarga chalinishi, nogiron bo‘lib qolishi, nosog‘lom tug‘ilishi, chaqaloqlarning turmasdan bevaqt o‘laverishi yoki kelajakda baxtsiz, omadsiz bo‘lishi ma’lum yovuz kuchlarning, chaqaloq dushmanlarining ishi deb hisoblashgan. Go‘dakning dushmani deb hisoblangan bunday yovuz kuchlar xayoliy, afsonaviy, ba’zi hollarda esa moddiy (real) tushunchalar, narsa va ob’ektlardan iborat bo‘lib, O‘zbekistonning turli hududlarida har xil tasavvur qilingan va nomlangan. Ularning eng asosiylari quyidagilar: shayton, dev, alvasti, ajdaho, pari, azroil, yalmog‘iz kampir, jin, insu jins, ajina, maston, tulpor, arvohlar, o‘tgan ajdodlar ruhi, shaytonlash, yel qoqishi, xosiyatsiz shabada tegishi, jin urishi, pari qoqishi, yong‘oq tagida yotib qolish, xosiyatsiz yerda bemahalda uxlab qolish, farzandsiz ayolning nazari (suqi), yomon xulqli kishilarning nazari (suqi), ko‘zi tegishi, kinna kirishi, ko‘zikish, ichikish, shaytonlash, xosiyatsiz kiyimlar, ota yoki onaning qandaydir noo‘rin harakatlari (gunohi), chaqaloq tug‘ilgan uy (joy)ning, qolaversa bolaga qo‘yilgan ismning xosiyatsizligi yoki og‘irlik qilishi va boshqalar. Kishilar qadim-qadimlardan chaqaloqni bunday yovuz kuchlardan himoya qilish choralarini axtarishgan. SHu sababli ota-onalar chaqaloqni uning dushmanlaridan yashirish, yovuz kuchlarni aldash, adashtirish, chalg‘itish, iloji bo‘lsa ularni tamoman bartaraf qilishning turli usul va choralari o‘ylab topishgan. O‘zbek tilidagi ko‘pgina ismlarning yuzaga kelishi yuqorida keltirilgan rasm-rusmlar, udumlar, e’tiqod va tasavvurlar bilan uzviy bog‘liqdir. Shu bilan birga, juda qadim-qadimlardan 128 ` bolaning sog‘ bo‘lishi, yashab ketishi, kelgusi baxti unga qo‘yiladigan ism bilan bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblashgan. Binobarin, chaqaloqqa muvaffaqiyatli tanlangan va berilgan nom uning taqdiri, hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi, ism odamning ruhiyati, taqdirini o‘zida mujassam qiladi, kishi o‘z ismiga o‘xshaydi, deb ishonishgan. Natijada odamlar "xosiyatli" ("qutli") va "xosi- yatsiz", yaxshi va yomon ismlar bor deb hisoblashgan. Shu sababli chaqaloqning turli kasallarga chalinaverishi yoki oilada bolalarning turmasdan nobud bo‘laverishi, bola badanida turli nuqsonlarning mavjud bo‘lishi, qolaversa farzandning kelgusi baxti uning ismiga bog‘liq deb bilganlar. Mana shunday tasavvurlar tufayli zamonlar o‘tishi bilan chaqaloqka beriluvchi ism odamni o‘zaro farqlash, atashgina emas, balki uni turli balo-qazolardan asraydigan, muhofaza qiladigan, qutqaradigan, insonga baxtli taqdir, nurli iqbol baxsh etadigan vositaga aylana borgan. Shu tufayli kishilar qadim davrlardan bolaga ism berish ishiga nihoyatda mas’uliyat bilan yondoshishgan. Shunga ko‘ra ham tildagi barcha ismlarning ma’lum sababi, asosi hamda o‘ziga xos etnografik ma’nosi mavjuddir. Ota-ona o‘z farzandiga ism berishda chaqaloqda uzoq umr tilash, bolaning yetuk komil inson bo‘lib yetishishi va uning kelgusida baxtli bo‘lishini orzu qiladi. Mana shu istak va orzular bolaga ism tanlash va qo‘yishning, bunga oid udumlarni ado etishning negizini tashkil qiladi. "Asrovchi ismlar" mazmunan ijobiy, chiroyli nomlardan va ko‘p holda qo‘pol, xunuk ma’noli nomlardan tashkil topgan. Bolaga xunuk ma’noli so‘zlardan yasalgan ismlarning berilishi chaqaloqni yomon ko‘zlardan, ko‘z tegishdan asrash, go‘dakning dushmani bo‘lmish yovuz kuchlarni chalg‘itish, aldash maqsadi bilan bog‘liqdir. O‘zbek ismlari orasida anchagina "asrovchi ismlar" mavjud bo‘lib, ularning asosiy guruhlari quyidagilardir: 1. Ota-onalarning o‘z farzandiga sog‘

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola o’zbek xalqining qadriyatlaridan biri bo’lgan ism, ism tanlash, ismlarning ma’nolar, qo’yilish o’rinlari hamda sabablarini sharhlashga bag’ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola o’zbek xalqining qadriyatlaridan biri bo’lgan ism, ism tanlash, ismlarning ma’nolar, qo’yilish o’rinlari hamda sabablarini sharhlashga bag’ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
onomastika, urf-odat, etnografiya, Ism, milliy an’ana.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5