К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI GEOMETRIK SHAKLLAR BILAN TANISHTIRISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Kakabayeva Gurbanjemal (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada “Boshlang’ich sinflarda geometriya o’qitishga ijodiy yondashuv” to’g’risida so’z boradi. Boshlang’ich matematika dasturida geometrik material katta o’rinni oladi. Geometrik materialni o’rganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar (nuqta, to’g’ri va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko’pburchak, aylana va doira) haqida ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la tizimini tarkib toptirishdan iborat. Kalit so’zlar: Geometrik elementlar, ijodiy yondashuv, figura, axborot-kommunikatsiya, geometrik mazmundagi masalalar. Boshlangʻich sinflar matematika kursida geometrik materiallar alohida oʻrin egallaydi. Geometrik materiallar koʻpchilik hollarda arifmetik va algebraik materiallar bilan uzviy bogʻlilikda oʻrganiladi. Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlarida geometrik materialni oʻrganishga yetarlicha e’tibor qaratilgan. Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlerini oʻrganishning asosiy maqsadi geometrik shakllar, ularning elementlari orasidagi munosabatlarini xossalari haqidagi tasavvurlar tizimini tarkib toptirish hamda shakllarini chizmachilik, o’lchash asboblari yordamida yoki ularsiz yasash, chizish va oʻlchash amaliy malakalarini shakllantirilishiga e’tibor qaratishdan iboratdir. Matematika mashgʻulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning baʻzi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarning) shaklini tahlil qilish va baholashni oʻrganadilar. Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni oʻzlashtirish uchun asos boʻladi. Geometriya elementleri bilan tanishtirishda kuzatish, taqqoslash, induktiv va deduktiv xulosa chiqarish, seminar va amaliy metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda oʻqitishning turli vositalaridan keng foydalaniladi. Masalan, geometrik shakllar modellari, plakatlar, kartochkalar, predmetlar, choʻplar bilan birga chizmalarni bajarish uchun chizmachilik - oʻlchash asoboblari toʻplami: Chizgʻich, sirkul, paletka va boshqalar albatta sinfda mavjud boʻlishi muhimdir. Matematikani oʻrganish jarayonida eng avvalo oʻquvchilar nazariy bilimlar sistemasini, shuningdek, programma belgilab bergan bir qator oʻquv va malakalarni egallashlari kerak. Oʻqitish oʻquvchilar bilimlarini ongli ravishda egallashlari va yetarlicha yuqori darajada umumlashtirishlarini ta’minlash zarur. Bu yutuqlarga oʻqishning rivojlantiruvchi boʻlganda yoki oʻquvchilarning aqliy rivojlanishlarini uning bilim qobiliyatlari va qiziqishlarini yuqori saviyada ta’minlagan holdagina erishish lozim. Maktabda son, arifmetik amallar, sanoq sistemasi, geometrik figura va boshqa matematik tushunchalar tilga olingan maktab oʻquvchilari quydagilarga ishonch hosil qilishlari kerak. 63 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Xoh son tushinchasi boʻlsin, xoh figura tushinchasi boʻlsin miyada sof tafakkurdan hosil boʻlgan emas, balki tashqi olamdan olingandir. Sof matematikaning obekti, boqiy dunyoning fazo formalari va miqdoriy munosabatlaridir. Demak, tamomila real materialdir. Shuning uchun barcha oʻquvchilarni barcha hodisalarni matematik tushinchalarni tushinib olishlarida ularni mantiqiy fikrlashga o`rgatib borish kerak. Mantiqiy fikrlash haqida gapirishdan oldin mantiq tushinchasi haqida fikr yuritish kerak. Mantiq- Filasofiyaning bir boʻlimi boʻlib, buyumlarni, shakllarni intelektual koʻrinishlari haqida mantiqiy sozlash, fikrlash orqali anglatadi. Koʻpgina olimlar (Y.K.Babanskiy, V.V.Davidova, V.A.Kulko, A.V.Usova va boshqa) Boshlangʻich sinflarda geometrik materiallarni oʻqitish jarayonida, oʻquvchilarni mantiqiy fikrlashga koʻpgina ilmiy izlanish va natijalarni bayon etishgan. Bolalarni mantiqiy fikrlashga oʻrgatish jarayonida oʻquvchilarni atrof muhitni, buyumlarni ular haqida fikrlarni umumlashtira olishni, borliqni tasavvur eta olishga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirib berish kerak. Buning uchun yaxshi natijalarga erishish maqsadida oʻquvchilarga ularning psixologik hususiyatlarini chuqur oʻrganib pedagogik nuqtai narzardan toʻgʻri yondashish lozim. Chunki yuqori sinflarda psixologik, jismoniy, fizik va matematik va boshqa fanlardan yaxshi natijalarga erisha olishi uchun boshlangʻich ta’lim tarbiya, dunyoviy, ilmiy bilimlarni toʻgʻri yoʻnaltirgan holda oʻquvchilarga yetkazib berishda muvoffaqiyatli usullardan foydalana olish mahoratiga ega bolish shart va zarur. Oʻquvchi oʻzining sferadagi borliqda oʻz oʻrnini toʻgʻri anglay olishi, borliqdagi hodisa va voqealarga toʻgʻri yondasha olishi, predmetlar haqida bilimlar berib borilayotganda ularni toʻgʻri mulohaza yuritishga, toʻgʻri tasavvur hosil qila olishga va toʻgʻri mantiqiy fikrlashga oʻrgatib borishni amalga oshirishni uddalay olish uchun oʻqituvchi pedagog oʻqit

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada “Boshlang’ich sinflarda geometriya o’qitishga ijodiy yondashuv” to’g’risida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada “Boshlang’ich sinflarda geometriya o’qitishga ijodiy yondashuv” to’g’risida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
figura, axborot-kommunikatsiya, Geometrik elementlar, ijodiy yondashuv, geometrik mazmundagi masalalar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники