Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI TA’LIMIDA FE’L ZAMONLARINI O‘QITISH XUSUSIDA
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Bo‘riyeva Muattar (in-academy.uz/index.php/si) · Alisher Navoiy nomidagi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Maqolada fe’l zamonlarini o‘qitishning ahamyati, fe’l zamonlarini darsliklarda aks etishi va ularni o‘qitish yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berib o‘tildi. Maqola maktab o‘qituvchilari, metodistlar va talabalar uchun mo‘ljallangan hamda darslarni tashkil qilishga metodik yordam berishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: morfologiya, harakat fe’llari, holat fe’llari, fe’l zamonlari, innovatsion texnologiyalar. Barcha davrlarda bo‘lgani kabi bugun ham tilni o‘qitishga bo‘lgan ehtiyoj ortsa ortmoqdaki, susaygani yo‘q. Yosh avlodni savodli, yetuk kadrlar qilib tayyorlash maqsadida o‘zbek tilini o‘qitishga, darslarda yangi innovatsion texnologiyalar va metodlarni qo‘llashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ko‘plab ilmiy izlanishlar, ijodiy, zamonaviy yondashuvlar asosida yangi darsliklar yaratilmoqda. Yaratilayotgan darsliklar nafaqat lingvistik bilimni, qolaversa, nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga ham xizmat qilmoqda. O‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish darsliklarning bosh maqsadiga aylanib ulgurdi. Dars jarayonida turli didaktik vositalar va multimedia vositalaridan foydalanish esa bugungi maktab tizimida yangi – yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ona tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan faol foydalanish o‘quvchining lingvistik bilimlarini rivojlantirish bilan birgalikda, nutqiy ko‘nikmalarin rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda. Negaki texnologiyalar ishni bir muncha soddalashtirib, qulaylashtirib bermoqda. Fonetika, leksikologiya, morfologiya kabi til bo‘limlarini o‘zlashtirsh jarayonida yuzaga keladigan muammolar ham yaratilayotgan imkoniyatlar asosida bartaraf etilmoqda. Maktab darslarida tilni o‘qitish masalasi dolzarb masalalardan biri ekan ona tili fani o‘qituvchilar o‘z ustida tinmay mehnat qilishlari, yangi texnologiyalardan o‘z darslarida o‘rinli ravishda foydalanmog‘i darkor. Tilning barcha bo‘limlarini o‘qitish kabi morfologiya bo‘limini o‘qitish ham muhim ahamiyatga ega. Maktabda morfologiya o‘qitishning amaliy ahamiyati shundaki, lеksikologiyadan egallangan zaruriy bilimlar mazkur sathni o‘rganishda o‘z amaliy ifodasini topadi. O‘quvchi mustaqil va yordamchi so‘z turkumlarini o‘rganishda so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlarga yana murojaat qiladi va so‘z boyligini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri ham o‘rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. [1:278] Morfologiyani o‘rganish davomida o‘quvchi so‘z turkumlarini bir – biridan farqlashni, so‘zlarning atash ma’nolarini o‘zlashtirib oladilar. Kelajalda erkin fikr bayon eta olish uchun tamal toshlaridan birini poydevor sifatida qurish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu o‘zlashtirgan bilimlari butun hayoti davomida ularga yo‘ldosh hamroh bo‘ladi. Morfologiya bo‘limi turli guruhlarga bo‘linadi. So‘zlarni atash ma’nosiga ko‘ra farqlay olgan o‘quvchi ushbu bo‘limni qiyinchiliksiz o‘zlashtirib oladi. Jumladan fe’l so‘z turkumini o‘zlashtirish ham bundan mustasno emas. Ma’lumki harakat va holatni bildirgan so‘zlar fe’l hioblanadi. Shunga ko‘ra fe’llar harakat va holat fe’llariga bo‘linadi.Ushbu fe’llar shaxs va sonda tuslanadi va ma’lum bir zamonni ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Harakat holatning qaysi zamondan birida sodir 85 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si bo‘lganligini fe’lning munosabat shakllari ifodalab beradi. Odatda harakat va holat uch zamondan birida sodir bo‘ladi. hozirgi zamon kelasi o'tgan zamon zamon 1- rasm. Fe’l zamonlari Tasvirda aks etganidek harakat va holat uch zamondan birida sodir bo‘ladi yoki sodir bo‘lmaydi. Fe’l zamonlar o‘z xarakter xususiyatiga ko‘ra farqlansada mazmun mohiyatiga ko‘ra biri ikkinchisini taqozo etadi. Fe’l zamonlarini o‘qitish biroz murakkab biroq o‘qitishda yetarli metodlar va topshiriqlardan faol foydlanilsa muammolarni bartaraf etish mumkin. Fe’l zamonlarini o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchining o‘z nutqini har qanday sharoitda ham erkin bayon qila olishi, jumlalarni makon va zamonga mos ravishda tuza olishi, og‘zaki va yozma nutqida zamon qo‘shimchalaridan to‘g‘ri foydalana olishidir. Barcha lingvistik bilimlarni o‘zlashtirgani kabi fe’l zamonlarini o‘zlashtirgan o‘quvchi o‘zi nutq yaratish bilan birgalikda o‘zgalar nutqini ham anglay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Agar o‘quvchi nutqida zamonlardan o‘z o‘rnida foydalana olmasa jumlaning ma’nosida xatoga sabab bo‘ladi. Darslarda fe’l zamonlarini o‘qitishda turli xil didaktik o‘yinlardan, innovatsion texnologiyardan foydalanish o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmasi bilan birgalikda ijodiy tafakkurini ham rivojlantiradi. Chunki lingvistik ko‘nikmalar ijodiy va tanqidiy fikrlashga yo‘l ochishda muhim omil vazifasini o‘tab beradi. Shuni inobatga olgan holda barcha lingvistik bilimlarni o‘z o‘rnida o‘quvchi ongiga singdirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. 7- sinf ona tili darsligida fe’l zamonlarini o‘qitish batafsil yoritilgan va quyidagicha aks etgan: Feʼl ifodalagan harakat-holatning uch zamondan biriga tegishli bo‘lis
Доказательный фрагмент
«Maqolada fe’l zamonlarini o‘qitishning ahamyati, fe’l zamonlarini darsliklarda aks etishi va ularni o‘qitish yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berib o‘tildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada fe’l zamonlarini o‘qitishning ahamyati, fe’l zamonlarini darsliklarda aks etishi va ularni o‘qitish yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berib o‘tildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- holat fe’llari, innovatsion texnologiyalar., fe’l zamonlari, harakat fe’llari, morfologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014