К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANGʻICH SINF FANLARINING TABIIY FANLAR BILAN OʻZARO INTEGRATSIYASI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mamatova Kamola Fayziyevna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Maqolada boshlangʻich sinf dasturidagi fanlarni oʻzaro integratsiya qilib oʻrgatish, fanlarni oson va qiziqarli tarzda oʻtish, rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda taʼlim jarayonini tashkillashtirish boʻyicha tushunchalar berilgan. Kalit soʻzlar: STEAM, integratsiya, multimedia, texnologiya, dars loyihasi. Barchamizga maʼlumki, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining xorijiy tajribalarga moslashtirilib tuzilayotgan darsliklari bir qadar qiyinlik qilyapti. Muammo nimada? Oʻqituvchi va oʻquvchilar saviyasida yoki tarbiyasidami? Moddiy- texnik baza va yo oʻqitish uslubidami? Bugungi kunda "integrallashgan dars", "integratsiyaviy yondashuv" tushunchalari faol. Integratsiya lotincha " toʻldirish", " yaxlit", " bir butun" degan maʼnoni bildirib, ta'lim jarayonida u bir darsning oʻzida bir nechta fanga murojaat qilishdir. Oʻqituvchi dars loyihasini tuzayotganda ataylab, Dars vositalarini, texnologiyalarni va usullarni boshqa fanlar bilan bogʻliqlikda amalga oshirishi nazarda tutiladi. Boshlangʻich sinf dasturidagi tabiiy fan bu toʻliq integratsiya hisoblanadi . Bu fandan oʻquvchilar 4 ta fanni oʻzlashtiradi. Labaratoriya mashgʻulotlari, amaliy va multimediali dars mashgʻulotlari koʻp oʻrin egallagan. STEAM texnologiyasi asosida taʼlim beruvchi bu fanni texnologiya, muhandislik, sanʼat, matematika fanlari bilan bogʻliqlikda oʻrgatishi kerak. Oʻsimliklar haqidagi mavzuni boshqa fanlar bilan integratsiyasini koʻrib chiqamiz. Texnologiya va muhandislik fanlariga bogʻlash: bunda oʻquvchi oʻzi uyida tuvak yoki yerga gul ekadi, uni parvarishlaydi va bir daftarga gul oʻstirish jarayonidagi amaliy ishlarini bosqichma bosqich qayd qilib boradi. Adabiyot bilan bogʻlash: gul oʻstirish jarayonidagi ichki kechinmalarini qogʻozga yozadi. Bu she' r, hikoya, ertak yohud masal janrida boʻlishi mumkin. Biz bolaning ixtirochilikka, tadqiqotchilikka ragʻbatini, qiziqishini oshirib borishimiz kerak. Ular koʻproq nazariy bilimlarni amaliyotda sinab koʻrsa, oʻz tasavvuriga, umumiy tushunchalardan oʻzining fikriga, bilimiga ega boʻladi. Bilimlari bilimligicha qolib ketmaydi. Hayoti davomida foydalanishni oʻrganadi. Biz bolaga oʻrgatishimiz kerak, bugun qanday yangi bilimga ega boʻlsa, u bu bilimni qoʻllab koʻrsin. Uni analiz va sintez qilsin. Tabiiy fanlarning ko‘pgina masalalari matematik modellashtirishni talab qiladi. Matematika tabiiy fanlar uchun universal til hisoblanadi. Fizika qonunlari, kimyoviy reaktsiyalar va biologik jarayonlar matematik usullar yordamida aniqlanadi. Matematika o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarinirivojlantiradi.Matematika va tabiiy fanlarning uyg‘unligi zamonaviy ilm-fan rivojlanishiningasosiy poydevorlaridan biridir. Tabiiy fanlar adabiyot bilan uygʻundir. Badiiy asarlardagi tabiat tasviri, tabiatni asrash tushunchasi va insoniyatning tabiatga keltirayotgan ayanchli zararlarini adabiyot qalamga olib, badiiy soʻz bilan ifoda etmoqda. "Oq kema", "Qiyomat", "Boqiy darbadar" Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida beriladigan bilimlar bolaning kelajakdagi shaxsiy vaakademik yutuqlariga asos bo‘lib xizmat qiladi. Tabiiy fanlar esa bu jarayonda o‘zining realhayotga yaqinligi, kuzatuvchanlikni rivojlantiruvchi xususiyati bilan ajralib turadi. Tabiiy fanlarorqali 34 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo o‘quvchilarda tabiatga nisbatan ongli munosabat, ilmiy tafakkur va eksperimentalfaoliyatga bo‘lgan qiziqish shakllanadi. 1. Tabiiy fanlarning boshlangʻich taʼlimdagi oʻrni: Bu fanlar o‘quvchilarda atrof-muhitni anglash, kuzatuvchanlik, sabab-oqibatni tushunish, tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Fanlar o‘rtasida integratsiya hosil bo‘lishi orqali boladayaxlit tasavvur shakllanadi. Dunyoqarashni shakllantirish – Bolalar tabiat, hayvonot, o‘simliklar, ob-havo va boshqa tabiiy hodisalarni o‘rganish orqali atrof-muhitni anglay boshlaydilar.Kuzatuvchanlik va tafakkurni rivojlantirish – Tabiiy fanlar o‘quvchilarni hodisalarni kuzatish,solishtirish va xulosa chiqarishga undaydi.

Доказательный фрагмент

«Maqolada boshlangʻich sinf dasturidagi fanlarni oʻzaro integratsiya qilib oʻrgatish, fanlarni oson va qiziqarli tarzda oʻtish, rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda taʼlim jarayonini tashkillashtirish b…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada boshlangʻich sinf dasturidagi fanlarni oʻzaro integratsiya qilib oʻrgatish, fanlarni oson va qiziqarli tarzda oʻtish, rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda taʼlim jarayonini tashkillashtirish b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dars loyihasi., texnologiya, multimedia, STEAM, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники