К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA RAMZLAR

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mo‘minova Gavharoy (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ramz tushunchasi va uni Shavkat Rahmon she’riyatidagi tadrijiga urg‘u berildi. Shavkat Rahmon she’riyatida ramzlarning obrazliligi va ma’noviy yangilanish hodisasi, uning ijodiyotidagi muhit va davr munosabatlariga bog‘liq holda amalga oshadi. Ramzlarning tag ma’nosi shoirning g‘oya va istaklarini bayon qilibgina qolmay, she’r badiiy ta’sirchanligi, jozibadorligini oshiradi. Kalit so‘zlar va so‘z birikmalari: badiiy-tasvir vositalari, simvol, an’anaviy obrazlar, obraz-ramz, ramz, ijtimoiy mavzu, bulbul, avtobus. Kirish. She’riyat – shoir qalbining aks-sadosi. Unda shoirning tuyg‘u va tafakkur uyg‘unligining jilosi akslanadi. Bu ikkisining to‘qnashuvidan yaralgan asar badiiy tasvir vositalari bilan o‘zining mukammal shakliga ega bo‘ladi. She’riyat rang-baranglikni yaxshi ko‘radi, she’r tilining o‘quvchini rom qilishi, jozibador va bo‘yoqdor bo‘lishi uning badiiy tasvir vositalarining mahorat bilan qo‘llanilishiga bog‘liqdir. Shunday vositalardan ya’ni poetik ko‘chimlardan biri ramz (simvol) hisoblanadi. Uning Shavkat Rahmon she’riyatida qo‘llanilshi, ma’noviy tadriji o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi. Asosiy qism. O‘zbek adabiyotshunosligida ramzlar muayyan davr she’riyati va muayyan ijodkor she’rlari tahlili jarayonida o‘rganilgan. Ramzlarning ma’noviy qirralari ham davr, muhit va shoir fitratidan, badiiy mahoratidan kelib chiqib ochiladi. Lug‘atlarda ramzga shunday ta’rif beriladi: “...ko‘chim turlaridan biri, faqat shartli ravishda va shu matn doirasida ko‘chma ma’no kasb etuvchi so‘z yoki so ‘z birikmasi; obrazlilik turi”[1,245]. Ramzni simvol deb ham yuritamiz: “Demak, simvol obrazli ifodaning bir ko‘rinishi bo‘lib, badiiy nutqda hayotiy voqea, tushuncha va narsalarning ifodalash uchun shartli ravishda ko‘chma ma’noda ishlatiladigan so‘z yoki so‘zlar birikmasidir. Shubhasiz, ko‘chma ma’noda ishlatiladigan bunday so‘z yoki birikmalar o‘zlarining qandaydir xususiyatlari bilan tasvirlanayotgan hayotiy voqea va tushunchalarni eslatib turishi, biri ikkinchisiga ma’lum darajada o‘xshab turishi lozim”[2,279]. Shunday ramziy ma’noga ega obrazlarni obraz-ramz deb qo ‘llashga qaror qildik. Shavkat Rahmon she’rlarida obraz-ramz asosiy obrazlar sifatida ko‘p qo‘llanilgan. Ijodkorning ramzlardan keng foydalanishiga asosiy omillardan biri davrning ijodkorga hamisha ham o‘z g‘oya va istaklarini ochiq bayon qilishga imkon bermasligi bo‘lsa, boshqa bir omil mavhum tushinchani konkret yoki osonroq bayon qilishdir. Ramzlardan ijodkor o‘zining ma’lum bir g‘oyasi, qarashlarini ifodalashida foydalanishi mumkin. Shavkat Rahmon she’riyatining g‘oyaviy tomonlari ham ramzlar vositasida aniqroq tushiniladi. 70-80-yillarda she’riyati bosh g‘oyasi, tabiiyki, ozodlik va erk edi, ammo buni sovet ittifoqining ayni kuchga to‘lgan yillarida baralla aytishning imkoni yo‘q edi. Ramzlar yashirin mazmunlarni ifodalabgina qolmaydi, u she’r badiiylik darajasini yuksaltiradi. Zero, g‘oyani och-yalang‘och ifodalash she’rning badiiylik darajasini pasaytiradi. Kelajak avlod o‘quvchisi uchun she’rning g ‘oyasidan ko‘ra, badiiyati muhimroq. Shavkat Rahmon har ikkisini uyg‘un qo‘llashi, so‘zga bo‘lgan ehtiromi, bugungi kun adabiyotidagi yuksak o‘rinini belgilab beraolgan desak yangilishmaymiz. Shoirning so‘zga bo‘lgan munosabati “Qasam” she’rida o‘z ifodasini topadi. Shavkat Rahmon degan bir o ‘jar shoir, 39 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo bir kuni qaytadan yaraladimi? Hayotim ma’nisin juda ko ‘p o ‘ylab, sayladim so ‘zlarning saralarini. Har bir so ‘z yuz so ‘zning o ‘rnini bosar – Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik[3]. Obraz va simvolning adabiyotdagi ahamiyati haqida rus olimi V.Potebnya fikrlarida, ularni ilm-fan yo‘nalishlaridagi yaratuvchilikning negizi sifatida ta’riflash asnosida haqiqatni izlash zavqi faqat individual ijodkor uchungina emas, kishilik madaniyatining shakllanishi va jamiyat taraqqiyoti uchun ham harakatlantiruvchi kuch vazifasini o‘tay olishini, bu esa o‘z navbatida adabiy-madaniy yodgorlik yoki yuksak darajada badiiy kristallangan ma’naviyat odamlarni va umuman jamiyatni kamolotga etaklashini qayta-qayta ta’kidlagan[4,42]. Obrazlarning mazmuni ramzlar orqali namoyon bo‘ladi, bir obrazning o‘z ma’nosidan tashqari yashirin, ma’lum asar doirasidan kelib chiqqan ma’noga ega bo‘lishi obraz-ramzni yuzaga keltiradi. Shavkat Rahmon ijodida ko‘plab obraz-ramzlarni uchratish mumkin. Bunday obrazlardan biri bulbul obrazidir. Bulbul an’anaviy obraz bo‘lib, har bir davr she’riyatida o‘ziga xos ma’no-mazmun qirralariga ega. Mumtoz adabiyotda yor ishqida yonayotgan oshiq timsoli sifatida gavdalangan bulbul, shoir ruhiy kechinmalarini aks ettirib, g‘azalga o‘zgacha ruh, ramziy ma’no yuklaydi. Hazrat Navoiy she’riyatida bulbul tasviri turli ma’nolarni ifodalaydi. Quyida bulbul va gul yonma-yon tasvirlangan: Bu chamanda tortibon bulbul tong otguncha fig‘on, Ishq darsin go‘yiyo gul daftaridan o‘rganur.[5,76] Navoiy g‘azallarida gul va bulbulning birgalikda qo‘llanishi ko‘pincha Olloh go‘z

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ramz tushunchasi va uni Shavkat Rahmon she’riyatidagi tadrijiga urg‘u berildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ramz tushunchasi va uni Shavkat Rahmon she’riyatidagi tadrijiga urg‘u berildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy mavzu, bulbul, ramz, avtobus., badiiy-tasvir vositalari, an’anaviy obrazlar, simvol, obraz-ramz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники