Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XAYRIDDIN SULTON ASARLARIDA QO‘LLANGAN KASB-HUNARGA OID ATAMALARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · ATAMALARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Gazibekova Sohiba Yusupovna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Maqolada kasb-hunarga oid atamalarning lingvopoetik xususiyatlari, ijodkorning poetik maqsadini amalga oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: lingvopoetik tahlil, badiiy matn, poetik maqsad, kasb-hunar atamasi, so‘z qo‘llash mahorati, ifodalilik, tasviriylik, erkinlik. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida muayyan bir ijodkorning tildan foydalanish mahorati, yozuvchining u yoki bu til sathi birliklarini qo‘llashdagi o‘ziga xosliklarini o‘rganishga bag‘ishlangan juda ko‘plab tadqiqotlar yuzaga kelganligi quvonarlidir. Ma’lumiki, badiiy matnda ijodkor asarning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, turli leksik birliklar qatorida muayyan bir sohaga oid atamalarni ham qo‘llaydi. Tabiiyki, kasb-hunar atamalari qahramonlarning kundalik yumushlarini, hayot tarzini aks ettiradi. Muayyan kasb yoki hunar egalari nutqiga xos so‘z va tushunchalar kasb-hunar leksikasini tashkil etadi. Kasb-hunarga oid atamalar asosan shu kasb yoki hunar egasigagina tusnunarli bo‘lganligi bois chegaralangan leksik birliklar tarkibiga kiradi. Bu kabi chegaralangan leksik birliklar esa badiiy matnda muayyan qahramon xususiyati, tabiatini chuqurroq yoritishda badiiy tasvir vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda aytish joizki, bugungi kunda biror soha yoki kasb- hunarga oid lingvistik birliklarning nomlanishida ham har xillik mavjud: atama, termin, istiloh kabi. Ushbu terminlarni qayerda qanday qo‘llash haqidagi fikrlar ham mutanosib emas. Shunday ekan, bu borada milliy qadriyatlarga, tayangan holda terminshunoslik masalalarida keng ko‘lamli tadqiqot ishlari bajarilishi zarur. Masalaning yechimi bir tomondan tarixiylik bilan ham aloqadordir. Ikkinchi tomondan esa madaniy boyliklar va qadriyatlarga bog‘liq. Millatni millat qiladigan moddiy va ma’naviy unsurlar shu xalqning madaniy qadriyatini bildiradi. Boy tarixga ega ekanligimizni va qanday qadriyatlarga sohib ekanligimizni bilib, milliy ong va tafakkur bilan yashash, xalqlar, jamiyat va millatlar masalasidir[2.45]. Xayriddin Sultonning ham tarixiy, ham zamonaviy mavzuda yozilgan asarlarida kasb- hunarga oid turli leksik birliklar qo‘llanganini kuzatish mumkin. Ijodkor asosan tilning ichki imkoniyatlari asosida yasalgan kasb-hunarga oid atamalarni qo‘llashga harakat qilgani seziladi. Masalan: Baxtimizga insofli bir qo‘shnim bor, Haybatulla aka, “Korzinka”da haydovchi bo‘lib ishlaydi. Azbaroyi bizga achinganidan har kuni besh kilo sarimsoq opkelib beradi. Bola- chaqam bilan shuni suvda ivitib, archib-tozalab, salafan xaltalarga joylab beramiz. Keyin Haybatulla aka uni “Korzinka”ga opketadi. Har kilosiga o‘n ming so‘mdan pul beradi, baraka topsin. Shu ellik ming non-choyga zo‘rg‘a yetadi, oy sayin bir million ijara haqiyam to‘lashim kerak. Turar joyimiz bir xonali katalak, oshxona ham, zal ham, yotoqxonamiz ham shu. Hamma joyga sarimsoq hidi o‘tirib qolgan, qirtishlab tozalasam ham, ketmaydi. (“Ishonch telefoni”, 6- bet). 43 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Quyidagi badiiy matn parchasida esa ustachilik hunariga oid bo‘lgan bir uya atrofida birlashgan leksik birliklar – eshik, deraza, bo‘yamoq, oqlamoq, devor, shift, pol kabilar sanalib, ta’mirlamoq leksemasi o‘rnida “odambashara” qilmoq so‘zi ishlatiladi. Bu so‘z orqali anchadan beri inson yashamay, xaroba, qarovsiz qolib ketgan joyni biroz ishlov berib bo‘lsa ham ko‘rk kiritilganiga poetik ishora qilinyapti: Qiyshayib-mayishib ketgan eshik- derazalarning shikast-rextini tuzatib, bo‘yadik, devorlarini oqlab-ko‘kladik. Xonalarining shifti- yu polini yaxshilab ta’mirdan chiqardik. Yana bir savobtalab xeshimiz ozgina sement, g‘isht keltirib, zina-yu yo‘laklarni “odambashara” qilishga yordam berdi. (“Ishonch telefoni”, 12- bet). Quyidadagi tahlilda esa kasb-hunarga oid leksik birliklarning badiiy matnga oddiy so‘zlashuv nutqidagi shaklini olib kirish orqali qahramon nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirish, tabiiyligini ta’minlash maqsad qilinganini ko‘rish mumkin. Ijodkor mazkur badiiy matn parchasida do‘xtirlik chegaralangan leksemasi o‘rnida doktorlik yoki shifokorlik kabi adabiy tildagi muqobillarini ham qo‘llashi mumkin edi, ammo yuqorida sanab o‘tilgan poetik maqsadlar bu darajada mukammal amalga oshmasdi: Esimda, ikki-uch yil avval televideniyadan bir guruh kelib, kasalxonamiz to‘g‘risida reportaj tayyorlaydigan bo‘ldi. Operatsiya xonasida ham syomka qilishi kerak ekan. Men vazni salkam yuz kilolik, qirq yetti yashar bir erkak bemorning oshqozonini operatsiya qilayotgan edim. Ko‘krak qafasini yorganimni bilaman, bir narsa gurs etdi – bundoq qarasam, oldin mikrofon ushlab gapirib turgan jurnalist ayol, orqasidan yoshgina operator yigit hushidan ketib qulab tushibdi... Mana shunaqa og‘ir soha bu do‘xtirlik. (“Ishonch telefoni”, 104-bet). Ijodkor asarlaridagi tarixiy asarlarida qo‘llangan kasb-hunarga oid leksik birliklar ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi Ayniqsa, -chi shaxs oti yasovchi affiks orqali tilning o‘z ichki imkoniyatlari asosida yasalgan bir qancha so‘zlarni tahlil mobaynida uchr
Доказательный фрагмент
«Maqolada kasb-hunarga oid atamalarning lingvopoetik xususiyatlari, ijodkorning poetik maqsadini amalga oshirishdagi ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada kasb-hunarga oid atamalarning lingvopoetik xususiyatlari, ijodkorning poetik maqsadini amalga oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tasviriylik, kasb-hunar atamasi, poetik maqsad, erkinlik., so‘z qo‘llash mahorati, badiiy matn, lingvopoetik tahlil, ifodalilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024