К содержанию
РецензированоUZ2026

YOZUVCHI GʻOYASI VA FOLKLORIZM

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Botirova Feruza (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada folklor va folklorizmning badiiy asarlardagi o‘rni va folklor janrining Erkin A’zam qissalari bilan o‘zaro uyg‘unligiga urg‘u berildi. Erkin A’zam asarlarida folklorizm tushunchasining mutanosibligi,yozuvchi folklor namunalarini qo‘llashdagi hayotiylik uslubi, ortiqcha soxtalik va jimjimadorlikdan holi holda xalqimiz merosini badiiy sindirish mahorati bilan zamonaviy o‘zbek adabiyotiga katta hissa qo‘shdi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari asrlar davomida bizga yetib kelgan milliy qadriyatlarimiz timsoli bo‘lib, ularning jozibadorligi, bebaho tasviri adib asarlarida alohida yoritib berilgan. Kalit soʻzlar va soʻz birikmalari: folklorizm, folklor, sintezlashgan, badiiy-tasvir vositalari, obrazlar, sujet, personaj, sarkazm, kinoya, maqol, matal; Kirish. Folklor sanʼati voqelikni mukammal aks ettirish xususiyati bilan chinakam ijodkorga katta imkoniyatlar yaratib beradi.Shu sababli oʻzbek adabiyotining barcha taraqqiyot bosqichlarida folklorizmdan keng foydalanilgan. Xalq ogʻzaki ijod-sanʼati makon va zamon tanlamaydi,u xalqimizning tomirlarida ildiz otgan madaniyati, urf-odatlarini oʻzida mujassamlashtiradi.Bu janrda yaratilgan asarlar oʻqimishli va xalqona ruhga ega boʻlganligi sababli kitobxon ong osti( shuur) ga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Asosiy qism. Erkin Aʼzam sarkazm ustasi hisoblanadi,u oʻz asarlarida alohida soʻz oʻyinlariga toʻxtalib, kinoya uslubidan foydalangan.Bu oʻrinda yozuvchiga maqol,matal va turli aforizmlardan foydalanish mahorati katta ustunlik bergan.Erkin Aʼzam asarlaridagi folklor naʼmunalari shunchallik asar tarkibiga singib birlik hosil qilganki,natijada adib kitoblarida sunʼiylik va yasamalik taʼsiri umuman sezilmaydi.Bunga misol qilib “Guli-Guli” qissasini olishimiz mumkin.Asar boshdan oyoq sodda va tushunarli tilda yozilgan,Asarda boʻlgan voqealar ancha oldin sodir boʻlgan boʻlsada,undagi illatlar hali hanuz jamiyatda oʻz yechimini toʻliq topmagan insoniyat muammosidir.Yozuvchi asarda har bir qahramonga alohida taʼrif bilan toʻxatilib oddiy va murakkab folklorizmlardan foydalangan.Qissada sujetlar markazida salbiy qahramon “Maymun” obrazi turgan.Aynan uning tilidan aytilgan “guli-guli” hayvonga xos gʻuldirash asar sarlavhasi sifatida tanlangan.Maymunga xos taʼrif berilganda uni yozuvchi axloqan buzuq ekanligini “suyagi buzuq” iborasi bilan beradi.Yana bu asrda bu iboraga sinonim ibora sifatida “suvda yotgan” aforizmi qoʻllangan.”Damigayoq uchib ketadi”,”Birovning olmasiga shox tashlamoq” kabi sifatlashlar bilan yozuvchi maymunni kitobxonga jonli tarzda tanishtirgan.Bu uslub sintezlashgan folklorizmlarning salbiy turiga misol boʻlaoladi.Qissada Jiydali istiqbolsiz,davlat hisobiga kun koʻruvchi tuman deb topilib,Qoʻshdaryo tumaniga qoʻshib yuboriladi.Bu holatni yozuvchi shunday tasvirlaydi:- Magʻlub kelgan tarafning tarixiyu tabiati,unda tirikchilik qiladigan odamlar kim- istiqbollimi,istiqbolsizmi,ularning fel-atvori qanday-bunisi bilan birovning ishi yoʻq edi.”Taka boʻlsin sut bersin”-bizga suti kerak,suti,vassalom.Asar qahramonlariga ularning tashqi sifatlariga qarab toʻqilgan nomlar ham yozuvchi tomonidan yuksak mahorat bilan tanlangan.Masalan,”Soli baqiroq”,”Ismoil telpakdoʻz”, ”Rajab qora”,”Oʻrmon kalta”,”Qodir kalamush”,”Momin kal”,”Olma kelin”.Asirlar davomida ota bobolarimiz odamlarning kasbi yoki ularning yaxshi-yu yomon sifatiga qarab laqab toʻqishlari odat tusiga kirgan va yozuvchi yana bir oʻrinda bizga adabiy merosimizni eslatgan. Qissada kinoyaviy badiiy shartlilik 46 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo vostasi- sarkazmdan ham keng foydalanilgan.Bunga misol asar personaji Soli baqiroq -”Biz ham siz kiygan etikni kiyganmiz” iborasi orqali oʻzini hamma narsani bilishiga ishora qiladi. ”Uzumning yaxshisi itning nasibasi”,”Erkakka oʻxshab” iboralari esa asardagi qahramonlarning teskari hislatlarini sifatlash uchun keltirilgan.Asarda insonlarning beparvoligi,savodining yoʻqligi,soddaligi,ulardagi buzuq illatlar,maxtanchoqlik kabi xususiyatlari tufayli oʻz hayotlarini gʻaflatda oʻtkazganligi tasvirlangan.Masalan “maymun” personaji umuman inson qiyofasiga ega emasligi,ham tashqi koʻrinish jihatdan ham ichki dunyosi orqali,bunga sabab qilib uning otasining qotil ekanligi koʻrsatilgan.Shu oʻrinda ham adib kitobxonni yana bir mulohazaga chorlagan-”Qush uyasida korganini qiladi”-xalqimiz maʼqoli birdan har bir asar oʻquvchisining yodiga tushadi,haqiqiy folklor ustasi shunday boʻlmaydimi aslida. Lekin sodda qishloq odamlari maymunning shuncha qilgan yomonliklariga parvo ham qilmaydi,oʻgʻrini topish oʻrniga bir-birlariga boʻlgan shaxsiy adovati sababli xursand boʻlishadi.Ularning or-nomusi bolgan qizlari,kelinlarining shani toptalgan vaqtida ularga parvo qilmay kimning loteriyaga yutganiyu,kimning boyligini muhokama qilib oʻtiraverishadi.Hattoki oʻgʻrining odamlarning uyiga kirishi ular uchun obru,maqtanish uchun vosita boʻladi.Ibo hayosi yoʻq juvonlar esa oʻsha “oʻgʻri” bilan bemaolol koʻngil xushlashib bu voqeani bir umr hech kimga aytmay

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada folklor va folklorizmning badiiy asarlardagi o‘rni va folklor janrining Erkin A’zam qissalari bilan o‘zaro uyg‘unligiga urg‘u berildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada folklor va folklorizmning badiiy asarlardagi o‘rni va folklor janrining Erkin A’zam qissalari bilan o‘zaro uyg‘unligiga urg‘u berildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
personaj, maqol, folklor, matal, folklorizm, obrazlar, sintezlashgan, sujet, kinoya, badiiy-tasvir vositalari, sarkazm
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники