Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALAR VA O’SMOIRLARGA KUTUBXONA – AXBOROT XIZMATINI KO’RSATISH TAMOYILLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · KO’RSATISH TAMOYILLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · ДЕТЯМ И ПОДРОСТКАМ (in-academy.uz/index.php/yo) · CHILDREN AND ADOLESCENTS (in-academy.uz/index.php/yo) · Izzatillo Olimov Saidmurod o‘gli (in-academy.uz/index.php/yo) · Electron pochta: Izzatilloolimov@gmail.com (O‘zbekiston davlat san’an va madaniyat instituti) · Mirsoat Is’hoqov (O‘zbekiston davlat san’an va madaniyat instituti)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article outlines guidelines for serving children and adolescents in the library and information system, the relevance of pedagogical skills among librarians, problems in the field, shortcomings, and measures to eliminate them. Keywords: Reading, need, resource, spirituality, methodology, independent learning. Аннотация: В статье изложены основные принципы обслуживания детей и подростков в библиотечной и информационной системе, актуальность педагогических навыков библиотекарей, проблемы в этой области, недостатки и меры по их устранению. Ключевые слова: Чтение, потребность, ресурс, духовность, методология, самостоятельное обучение. Bilim, ta’lim, mutolaa va kitoblar bilangina mukammal bo‘luvchi intellektual kapitalni takomillashtirish davlat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Bugungi kunda axborot- kommunikasiya texnologiyalarining jadal o‘sishiga qaramay, aynan kitob va mutolaa – jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiga aylanmoqda. Global axborot jamiyatining shakllanishi va jadal ijtimoiy o‘zgarishlar davrida kitob – bilim va mutolaa manbai sifatida har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Kitobni uqqan holda mutolaa qilish axborot va bilimlarni, ta’limni o‘zlashtirish, shuningdek, madaniy ko‘nikmalarni oshirishning asosiy vositalaridan biriga aylanmoqda va shu sabab kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadga muvofiqdir. Afsuski, so’nggi yillarda yoshlar kutubxonalardagi ma'lumot va axborot xizmatlaridan asosan uy vazifalarini bajarishda foydalanishmoqda. Shuning uchun ham kutubxonachilar 98 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo o'ziga nima kerakligini unchalik bilmagan va bilishga unchalik ham intilmagan foydalanuvchi bilan ma'lumot berish oldidan savol-javob o'tkazish ancha qiyin kechmoqda. Bunday savol- javoblar odatda foydalanuvchining mavzuga qiziqishi, xabardorlik darajasi, izlanayotgan ma'lumot qanday maqsadlarda ishlatilishiga oid tasavvuriga bog'liq bo'ladi. Bunda vaziyatni chigallashtiruvchi ba'zi omillar mavjud bo'lib, ular quyidagi holatlarda namoyon bo'ladi: Birinchidan, kutubxona xodimi o'quvchi maktab kutubxonasida manbalarni izlash malakasini shakllantirib ulgurgan deb hisoblashi natijasida o'quvchiga yetarli e'tibor bermasligi; Ikkinchidan, o'qituvchilar o'quvchilarga uy vazifasini berish chog'ida ularning o'zlari uchun oson koʻringan vazifani bajarish keng ko'lamli izlanishlarni talab qilishi va qancha manbadan foydalanish kerakligı haqida yetarli tasavvurga ega bo'lmasligidir. Bundan tashqari ularning o'quvchilarga internetdan foydalanishni ma'n qilishi, o'quvchilarning ba'zi kerakli ma'lumotlarni topishi va samarali foydalanishiga imkon bermaydi. [6] Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish, «Kitobsevar millat» umummilliy g‘oyasini amalga oshirish bo‘yicha 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish ishlari davom etmoqda So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati yoshlar bilan ishlashni ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilagan. Xususan, 2020 yilda qabul qilingan “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qarorlar asosida kutubxonalar faoliyati ham yangilanmoqda. Shunga binoan bosma nashr manbalari va kataloglardan foydalanish ancha urinishlar va vaqtni talab qilganligi va elektron manbalardan foydalanish ancha oson bo'lganligi bois o'quvchilar va talabalar bosma nashrlardan foydalanishni unchalik yoqtirmayotgani bor gap. Shu boisdan yoshlar bilan ishlovchi kutuxonachi ushbu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni oldindan ko'ra bilishi, ko'rilishi mumkin bo'lgan choralar strategiyasini ishlab chiqishi lozim.[3] Vaholangki, kutubxonada muammolar va to‘siqlar ham mavjud bo’lib buni bartaraf etish choralari ko’rilishi zarur. 1. Kutubxona infratuzilmasining eskirganligi: Ko‘plab mahalliy kutubxonalar zamonaviy texnika, mebel va sharoitlar bilan jihozlanmagan. Chekka xududlarda haligacha bolalar va o‘smirlar uchun alohida o‘quv xonalari, kompyuter jihozlari mavjud emas. 2. Kadrlar yetishmovchiligi: Kutubxonachilar orasida bolalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar soni kam. Pedagogika va axborot texnologiyalarini yaxshi biladigan kutubxonachilar kamdan-kam uchraydi. 3. O‘zbek tilidagi bolalar adabiyotining yetishmasligi: Xalqaro miqyosdagi bolalar kitoblarining o‘zbek tilidagi tarjimalari kam.[1] Bugungi kunda axborot savodxonligi axborotni topish, baholash, undan mas'uliyat bilan foydalanishdangina iborat bo'lib qolmasdan, yangi texnologiyalardan samarali foydalana bilish ham zarur. Aksariyat kutubxonachilar o'z vazifasini foydalanuvchiga kerakli ma'lumotni topib berish yoki kerakli ma'lumotni topishida yordamlashishdan iborat deb tushunishi xatodir. Lekin ular shuni unutmasliklari zarurki, yoshlar o'zlari topgan axborotlarni o'rganish va baholash uchun yetarli ma'lumotga ega emasliklari tufayli axborotni tartiblashtiri
Доказательный фрагмент
«This article outlines guidelines for serving children and adolescents in the library and information system, the relevance of pedagogical skills among librarians, problems in the field, shortcomings, and measures to e…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article outlines guidelines for serving children and adolescents in the library and information system, the relevance of pedagogical skills among librarians, problems in the field, shortcomings, and measures to e… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Reading, need, resource, spirituality, methodology, independent learning, ehtiyoj, metodika, mustaqil bilim olish., ma’naviyat, Mutolaa, resurs
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014