Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI TA’LIMIDA TASVIRIY IFODALARNI O‘QITISH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Nasimova Odina (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada tasviriy ifodalarning o‘quvchi nutqidagi ahamiyati, ularni o‘qitish metodikasi bo‘yicha darsliklarda aks etishi va qo‘shimcha tavsiyalar berilgan. Annotation: This article presents the importance of pictorial expressions in the student's speech, their reflection in textbooks on the methodology of teaching, and further recommendations. Kalit so‘zlar: Tasviriy ifodalar, multimedia, sun’iy intellekt, interfaol dasturlar, emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlik. Keywords: Pictorial expressions, multimedia, artificial intelligence, interactive applications, emotional-expressive coloring. Til – ijtimoiy hodisa, jamiyat rivojlansa rivojlanadi, jamiyat bo‘lmasa til ham rivojlanishdan to‘xtab yo‘qolib boradi. Tilning boyishi, yashashi jamiyatga bevosita bog‘liq ekan, texnologiyalar asrida o‘zbek tilining boyishi ham ortib bormoqda. Chunki yaratilayotgan yangi texnologiyalar yangi so‘zlarni ham olib kirib kelmoqda. Taraqqiyot natijasida o‘zbek tilining samaradorligi ham ortib bormoqda, shu bois bgungi kunda yurtimizda tilni o‘qitish masalasi dolzarb masalalardan biri sifatida siyosat darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tilini o‘qitish masalasi nafaqat maktablarda va oily ta’limda, balki davlat tashkilotlarda ham qo‘yilgan talabladan biri sifatida qo‘yilgan. Davlat tashkilotlari ham o‘zbek tilida yetarli darajada savodxonlikka erishishi oldinga maqsad qilib qo‘yilgan. Tabiiyki, o‘zbek tilini o‘qitish bolalikdan: maktabgacha ta’lim muassasalari, so‘ng boshlang‘ich maktablardan boshlanishi lozim. Chunki tamal poydevorni maktablar bera qo‘ya oladi. Aynan shu holatni anglagan holda bugungi kunda barcha sinf darsliklari yangilanmoqda. O‘quvchilarning nutqiy-kompetensiyaviy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ushbu darsliklar boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan holda yaratilmoqda. Boshlang‘ich sinf darsliklariyi-yu yuqori sinf darsliklarigacha zamon talabi, raqamli texnologiyalar rivojidan kelib chiqib o‘quvchilarga havola etildi. Darsliklarda aks etgan topshiriqlar lingvistik ko‘nikmalarni shakllantirish bilan biga o‘quvchining hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishga ham qaratilgan. Hayotiy ko‘nikmaga o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda keng qo‘llay olishini, hayotning har bir jabhasida o‘zbek tilining bor imkoniyatlaridan, struktur qurilishi-yu, mazmun-mohiyatidan erkin foydalana olishini nazarda tutadi. Bugungi yosh avlodni to‘xtatib bo‘lmaydi. Ularga zamonaviy va sifatli ta’lim-tarbiya beribgina yurt uchun kerakli yosh kadr qilib yetishtirish mumkin. Ta’lim tizimida olib borilayotgan darslar o‘quvchilarning nutqiy ko‘nimalarini rivojlantirish bilan birgalikda, ularning lug‘at boyligini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Negaki, o‘quvchi lug‘at boyligini oshirmasdan turib, ularda nutqiy ko‘nikmamalarni shakllantirib bo‘lmaydi. Har bir o‘quvchi leksikonining boyligi evaziga nutqiy kompetensiyalarining rivojlanish samaradorligi yuqori bo‘ladi. O‘quvchi leksikonining boyishi nafaqat ko‘p kitob o‘qish bilan, balki tilda aks etgan sinonim, omonim, ibora va tasviriy 112 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo vositalardan foydalana bilishi bilan ham belgilanadi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib ularning nutqida ushbu birlkilardan o‘z o‘rnida foydalana bilishiga erishmoq lozim. Buning uchun turli mashq va topshirqlardan foydalanilmoqda. Ushbu maqolada ham o‘quvchilar nutqining boy bo‘lishi uchun tasviriy ifodalardan foydalanish, ularni o‘qitish metodikasi haqida bahs boradi. Ma‘lumki hayotimiz davomida tasviriy ifodalarni ko‘plab uchratishimiz mumkin.Bular asosan tinglovchiga o‘z fikrimizni ifodalashda uzun jumlalar tuzishdan qochib,sodda va ixcham tarzda bayon qilishda foydalanamiz,ushbu jarayonda bizga o‘xshatish, sifatlash, ironiya kabi turli vositalar yordam beradi. Ana shu qayd etilgan vositalar tilimizda tasviriy ifodalar deb yuritiladi. Tasviriy ifoda haqida gap ketganda, unutmaslik kerakki, ibora til birligining tabiiy hosilasi, tasviriy ifodalar esa nutqda yaratilgan birliklardir. Tasviriy ifoda badiiy adabiyotdagi ramz mavzusi bilan bog‘liq: biror narsaning nomini aniq atamay, uning xususiyat, belgisidan kelib chiqqan holda tasvirlash tasviriy ifodadir. [1:250] O‘quvchilar nutqida tasviriy vositalardan foydalana bilishga erishish o‘quvchi leksikonini boyitish bilan birgalikda, emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlikni oshirishga ham xizmat qiladi. Nutqqa ushbu vositalarni olib kirishdan asosiy maqsad ham emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlikni oshirish hisoblanadi. O‘quvchi o‘z nutqida tasviriy ifodalardan o‘z o‘rnida foydala bilishi nutqini boy, chiroyli bo‘lishini ta’minlaydi. Tasviriy ifodalarni bilish o‘quvchilar yoshlar uchun ham, kattalar uchun ham birday foydali. Nutqda ulardan to‘g‘ri, o‘rinli va jo‘yali foydalanish orqali fikr ta’sirchan ifodalanadi. Tasviriy ifodalarni yuzaga kelishi o‘z o‘zidan emas balki, so‘zning malum bir xususiyatidan, davr talabidan kelib chiqadi. Masalan, oq oltin – paxta, kumush tola – ipak ushbu tasviriy ifodalarda davr talabi o‘z if
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tasviriy ifodalarning o‘quvchi nutqidagi ahamiyati, ularni o‘qitish metodikasi bo‘yicha darsliklarda aks etishi va qo‘shimcha tavsiyalar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tasviriy ifodalarning o‘quvchi nutqidagi ahamiyati, ularni o‘qitish metodikasi bo‘yicha darsliklarda aks etishi va qo‘shimcha tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pictorial expressions, multimedia, artificial intelligence, interactive, interfaol dasturlar, Tasviriy ifodalar, sun’iy intellekt, emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024