Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAQSUD SHAYXZODA IJODIDA SINONIMIK QATORLARNING BADIIY FUNKSIYASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abduraximova Sofiya (in-academy.uz/index.php/yo) · Ko‘li Qubbon... Ko‘p issiq kunlar... (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Maqsud Shayxzoda o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan, obraz yaratish va fikr ifodalayotganda tilning boy imkoniyatlaridan, ayniqsa sinonimlardan mahorat bilan foydalangan shoirlardan biri ekanligi haqidagi fikr-mulohazalar aks etgan. U she’rda biror bir holatni ifodalashda sinonimlardan foydalanishi orqali badiiylikni oshirishga xizmat qilishi izohlangan. Kalit so’zlar. Sinonimik qator, sinonimlar, badiiy funksiya. Maqsud Shayxzoda o‘z she’rlarida she’riy obrazlarni yaratish mexanizmlaridan ham unumli foydalangan. Sinonimik qatorlar orqali Shayxzoda o‘z asarlarida murakkab obrazlar va tasvirlarni yaratadi. Har bir sinonim o‘zining kontekstiga qarab yangi ma’no qatlamlarini ochib beradi, bu esa o‘quvchiga yanada chuqurroq fikr yuritishga imkon beradi. Masalan, biror his- tuyg’uni ifodalashda sinonimlardan foydalanish orqali u o’quvchining tasavvurini kengaytiradi va his-tuyg’ularni yanada kuchliroq ifodalaydi. Shu boisdan Maqsud Shayxzoda ijodida ko‘plab sinonimlarni ko‘rishimiz mumkin.Ushbu maqolada Shayxzoda she’riyatidagi sinonimik qatorlarning semantik va stilistik funksiyalari tahlil qilinadi. Birinchi bo‘lib Maqsud Shayxzodaning “Tosh” she‘ridagi sinonimik obrazlarni tahlil qilamiz. Bu sherdagi “tosh” obrazining metaforik va sinonimik kengayishini ko‘rib chiqamiz. “Tosh”, “sahna”, “bag‘riga o‘yilgan”, “tog‘ning ko‘zi” — bular barchasi bitta obraz – TINCHLIK toshini ifodalovchi sinonimik yoki tasviriy birliklardir. She’rda shoir toshni fizika ob’ekti deya emas, tarixiy guvoh, siyosiy shoir, madaniy ramz va meros, tabiat bilan so’zlashuvchi timsol sifatida gavdalanardi. Shoir shu yerni davomida yanada chiroyli bo‘lgan sinonimlardan foydalanadi. Ko‘li Qubbon... Ko‘p issiq kunlar... Bu ko‘l – moviy marmardan sahna, Qush va daraxt tomoshabinlar, Bunda tosh bor ulkan va ko‘hna. Boq, bu toshga bir so‘z yozilgan, Yozilganmas, o‘yib qazilgan: “TINCHLIK!” Shoir bu she’rida yozilganmas, o‘yin chizilgan sinonimlaridan foydalanadi. Bu ikki so’z harakatning chuqurligini va dolzarb ekanligini ifodalovchi sinonimlardir. Tinchlik so‘zi shunchaki aytiladigan oddiy so‘z emas, chuqur o‘yilgan, ya‘ni tarixga bitilgan, yurakka o‘yilgan so‘zlardan biridir. Maqsud Shayxzodaning “O‘zbek dengiziga” she’rida ham sinonimik obrazlar ko‘p uchraydi. Quyidagi parchada ularni tahlil qilamiz. “Dengiz”, “ummon”, “hovuz”, “moviy suv”, “sharbat, sut, shinni, asal” Bu asosiy sinonimik qator bo‘lib, O‘zbekistondagi suv manbaini tabiiy, poetik va ma’naviy jihatdan keng talqin qiladi. Har bir sinonim chuqur ma‘noni ifodalaydi.Masalan: “Ummon”– cheksiz, “Dengiz”– buyuklik, “hovuz”–real hayot, “sharbat,sut, asal” – baraka va hayot timsolidir. 16 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Sinonimlarning stilistik funksiyasi oddiy suv havzasini milliy boylik, hayot manbai, go‘zallikka timsoliga qiyoslaydi. Keyingi parchasi shoir ma’naviy qadriyatlari ifodalashga harakat qiladi. Ey, hovuz, men seni dengiz atadim, Shoirning haqi bor mubolag‘aga, Suvlari sho‘r emas, shirin bir dengiz Barakat dengizin maqtamay nega? Ushbu parchada shoir “sho‘r” va “shirin” kabi antonim so‘zlardan foydalanadi.Bu so‘zlar fizik holatdan tashqari ma’naviy qadriyatni ham anglatmoqda. Sho‘r–hayotga zarar, shirin– hayot manbai, totli yashash kabi ma‘nolarni ham ifodalab kelgan. Shoirning “Qo‘llar” she’rida ham ko‘plab sinonimik qatorlarni uchratish mumkin. Qo‘llar bor – muloyim, g‘oyat shafqatli, Qo‘llar bor – ayovsiz, yovuz, shiddatli. Yuqoridagi parchada muloyim, shafqatli – mehribonlikni anglatsa, yovuz va shiddatli, ayovsiz – kuchli salbiy holatlarni ifodalaydi. Bu parchada sinonimik obrazlar orqali qo‘l obrazining ikki qarama-qarshi obrazlari ochiladi: yaxshilik va yovuzlik timsolida Shu sherning davomida qo‘llar obrazi orqali ma’naviy-axloqiy sifatlarni aks ettiruvchi sinonimik obrazlarni ifodalaydi. Qo‘llar bor – oshirar senga to‘g‘rilik, Qo‘llar bor – yashirar quvlik, o‘g‘rilik. Parchada sinonim obrazlilik axloqiy qiyofani ochishga yordam beradi. Quvlik – o‘g‘rilik (aldov, makkorlik) To‘g‘rilik – rostlik (halollik, poklik) , qo‘l obrazi orqali halollik va jinoyatni ifodalashga harakat qiladi. Maqsud Shayxzoda ijodida sinonimlarning individual xususiyatlari, ularning ma’no va stilistik funksiyalari, she’riy obrazlarni yaratish mexanizmlari va zamonaviy lingvopoetika nazariyalari asosidagi tahlil, uning badiiy uslubining boyligini va chuqurligini ko’rsatadi. Shayxzoda ijodi tilshunoslik va badiiy adabiyot sohalarida yangi yondashuvlar va tadqiqotlar uchun zamin yaratmoqda.
Доказательный фрагмент
«Maqsud Shayxzoda o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan, obraz yaratish va fikr ifodalayotganda tilning boy imkoniyatlaridan, ayniqsa sinonimlardan mahorat bilan foydalangan shoirlardan biri ekanligi haqid…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqsud Shayxzoda o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan, obraz yaratish va fikr ifodalayotganda tilning boy imkoniyatlaridan, ayniqsa sinonimlardan mahorat bilan foydalangan shoirlardan biri ekanligi haqid… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sinonimlar, Sinonimik qator, badiiy funksiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026