К содержанию
РецензированоUZ1930

MARGINALLIK KONSEPSIYASINING EVOLUTSIYASI

MARGINALLIK KONSEPSIYASINING EVOLUTSIYASI · Iskandarova Fotima Ibrohim qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 1930

Аннотация

Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy va madaniy tizimlarning tezkor o’zgarishi ayrim guruh va shaxslarning ijtimoiy tuzilmalardan chetga chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday holat marginallik deb ataladi. Marginallik — bu shaxsning ikki yoki undan ortiq ijtimoiy tizim o’rtasida muvozanatsiz holatda qolishi, o’zini to’laqonli biror guruhga mansub his qila olmasligi bilan xarakterlanadi. Kalit so’zlar: marginallik, ijtimoiy psixologiya, identitet inqirozi, moslashuv, ijtimoiy ajralish Kirish: Ushbu tezisda marginallik konsepsiyasining tarixiy shakllanishi va ilmiy evolutsiyasi tahlil qilingan. Dastlab XX asr boshlarida R. Park tomonidan ilgari surilgan “marginal shaxs” g’oyasi, keyinchalik E. Stounkvist tomonidan psixologik ziddiyatlar kontekstida o’rganilgan. Marginallik tushunchasi avvaliga etnik va madaniy chetlanish bilan bog’liq bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda u iqtisodiy, gender, siyosiy va raqamli sohalarda ham keng qo’llanilmoqda. Mazkur ishda marginallikning ijtimoiy-psixologik talqinlari, uning zamonaviy shakllari va ularni o’rganishdagi asosiy yondashuvlar ko’rib chiqilgan. Tadqiqot marginallikni kompleks va dinamik hodisa sifatida baholash zarurligini asoslaydi. Asosiy qism: “Marginallik” tushunchasi sotsiologiya va psixologiya fanlarida XX asr boshlaridan boshlab keng o’rganila boshlangan. Uning evolutsiyasi jamiyatdagi ijtimoiy o’zgarishlar, migratsion jarayonlar va madaniy xilma-xillik bilan bevosita bog’liqdir. Dastlab, R. Park (1930) tomonidan ilgari surilgan marginallik tushunchasi etnik guruhlar va migrantlar kontekstida qo’llanilib, ularni “ikki madaniyat orasida qolgan”, ijtimoiy jihatdan “chetga surilgan” shaxslar sifatida talqin qilgan. Keyinchalik E. Stounkvist marginallikni shaxsiy identitet muammosi va psixologik ziddiyatlar bilan bog’liq holda chuqur tahlil qildi. 1970–1990-yillarda marginallik konsepsiyasi faqat etnik emas, balki iqtisodiy, siyosiy, gender va yosh omillari bilan bog’liq holda kengaytirildi. XXI asrda esa bu tushuncha boshqa tushunchalar singari raqamli marginallik, ma’lumotga kirish imkonsizligi va ijtimoiy tarmoqlarda chetlanish kabi yangi shakllar bilan boyidi. Iqtisodiy marginallik – ishsizlar, daromadi past qatlamlar, kambag‘allik chegarasidagi shaxslar ijtimoiy hayotda faol ishtirok eta olmagan holatlarni o’z ichiga olib bunday marginallar jamiyatda o’z o’rinlarini topishlari va yoki aksincha o’z o’rinlarini yo’qotishga duch kelishadi. Siyosiy marginallik – siyosiy hayotda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum guruhlar, jumladan, muhojirlar yoki fuqaroligi yo’q shaxslar bo’lib bunday marginallar yangi siyosatni qabul qilish o’rniga o’zlarini marginal holatga tushishga sabab bo’lishadi. Gender asosidagi marginallik – patriarxal tizimda ayollar yoki gender ozchiliklar duch keladigan cheklovlar bunday marginallar ko’pincha ayollar tushadigan marginallik hisoblanib o’zlarini biron bir mavqeiga ega bo’lmagan yoki o’z qadr-qiymatini yo’qotilgan his qilishlari bilan bog’liq. 96 Yosh marginalligi – keksa yoki o’smir yoshdagilar jamiyatdagi qaror qabul qilish jarayonlaridan chetlanishi. Bundan tashqari, 20-asr oxiri va 21-asr boshlarida postmodernizm oqimining vakillari marginallikni ijtimoiy norozilik, mustaqil hayot tarzi, qarshilik shakli sifatida ham talqin qila boshladilar. Masalan, Z. Baumanning “suvoqot jamiyati” (liquid modernity) nazariyasida marginallik — zamonaviy jamiyatda doimiylikning yo’qolishi, shaxsning ijtimoiy tizimlardan begonalashuvi sifatida tahlil qilinadi. Ushbu tezisda marginallik tushunchasining tarixiy taraqqiyoti, asosiy nazariy yondashuvlari hamda zamonaviy jamiyatdagi talqinlari tahlil qilindi. Xulosa: Marginallik konsepsiyasi sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyada muhim nazariy kategoriyalardan biri bo’lib, uning evolutsiyasi jamiyatdagi o’zgarishlar bilan birga shakllanib bordi. Bugungi kunda marginallikni kompleks, ko’p qatlamli hodisa sifatida o’rganish muhimdir. Marginallikning nafaqat salbiy va ijobiy tomonlarini ham o’rganish jamiyatdagi ba’zi innovatsiya hamda shaxs identitetida shaxsni va uning hatti-harakatlari chuqurroq anglashga sabab bo’lishi mumkin.

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy va madaniy tizimlarning tezkor o’zgarishi ayrim guruh va shaxslarning ijtimoiy tuzilmalardan chetga chiqishiga sabab bo‘lmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy va madaniy tizimlarning tezkor o’zgarishi ayrim guruh va shaxslarning ijtimoiy tuzilmalardan chetga chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy ajralish, ijtimoiy psixologiya, identitet inqirozi, marginallik, moslashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники