Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Parpiyev Odil Olimovich
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
It has always been an urgent task for elementary school students to be able to express their thoughts in writing and to carry out such tasks. In the article, the opinions of linguists: Nunan, Brown, Harmer, S. Matchonov, Ramzayeva on the issue of written expression of thought are presented, and the priority tasks in the formation of written speech in elementary school students are described. Key words: writing, written speech, speech, sentence, grammar, text. Yozish turli yo‘llar bilan ta’riflangan. Nunan yozishni jismoniy va aqliy harakatlar sifatida belgilaydi [1;16]. Oddiy so‘zlar yoki gaplarni daftarga yozish jismoniy harakat bo‘lsa, g‘oyalarni ixtiro qilish, ularni qanday ifodalash haqida o‘ylash, kreativ fikrlash va ularni sodda, tushunarli tarzda ifodalsh aqliy harakatlardir. Braun esa: “Yozish – bu fikrni so‘zlarga aylantirish, grammatik jihatdan izchil tuzilish asosida g‘oyalarni qog‘ozga tushirish jarayoni”[2;68], deydi. Demak, yozish so‘zlar, fikrlar, g‘oyalarni yozma shaklda yozma nutq qonuniyatlari asosida kompozitsion bir butunlikda tinglovchilarga uzatish jarayonidir. Xarmer nazariyasiga ko‘ra, yozish – o‘qish va uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin bo‘lgan haqiqiy mahsulotni ishlab chiqaradigan yagona mahoratdir. Tilning og‘zaki shaklidan farq qilib, yozma nutq vaqt va makonni o‘z ichiga oladi [3;101]. Yozma xabarda o‘quvchilar hamma narsani to‘g‘ri tushunishlari kerak. O‘quvchilar o‘zaro og‘zaki muloqotidan farqli ravishda yozma fikrlar aniq va lo‘nda bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozma nutq faoliyatini rivojlantirishda o‘qituvchi tomonidan e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan quyidagi vazifalar mavjud: 1.Mustahkamlash. Tilni og‘zaki yoki audiolingval usulda o‘rganish. Bu o‘quvchilarni yozma nutqni yaxshi egallashlariga zamin hozirlaydi. Kuzatishlarimiz natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘atini boyitish, nofaol lug‘atni faol lug‘atga aylantirish, yangi so‘zlar 102 ishtirokida gaplar tuzish yozma savodxonlikni rivojlantirishdagi asosiy omil ekanligiga guvoh bo‘ldik. 2.Nutqni rivojlantirish. Bolalarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun turli interaktiv usullar vositasida mashqlar bajarish. Jumladan, “Davom ettir”, “O‘rniga qo‘y”, “Kim birinchi”, “Zanjir”, “Musobaqa”, “Mening fikrim”, “Kim zukko”, “Mosini qo‘y” kabi usullar o‘quvchilarning yozma nutqni amaliy o‘zlashtirishlarida yaqindan yordam beradi. Loyiha metodi asosida uyushtirilgan darslarda asosiy e’tibor jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiribgina qolmasdan kichik yoshli maktab o‘quvchilarining yozma nutq malakalarini rivojlantirishga ham qaratiladi. Loyiha metodi asosida topshiriqlarni bajarish o‘quvchilarni XXI asr hayotiy ko‘nikmalariga tayyorlash, ularni nutqiy vaziyatlarda o‘z fikrini sodda va to‘laqonli ifodalashlariga yaqindan yordam beradi. 3.Uslub. Yozma nutq mashg‘ulotlarida hosil qilingan ko‘nikmalarning malakaga aylantirish natijasida o‘quvchilar yozma fikrni mahorat darajasida ifodalay oladilar. Ya’ni bunda bolalar matn mazmuni talabiga muvofiq so‘zlarni to‘g‘ri tanlay bilish, ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlardan mohirona foydalana olish, sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olish darajasiga erishadilar. Metodist olima T. G. Ramzayeva boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh yo‘nalishga bo‘ladi: 1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan gapning muhim belgilarini o‘rgatish). 2. Gap qurilishini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig‘iq gaplar ustida ishlash). 3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. 4. Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish. 5. Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish [4;152]. Ishning bu besh yo‘nalishi bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o‘rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama qilinadi. Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi. 0‘quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Nutq o‘stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya’ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til vositalaridan foydalanib, o‘z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o‘zlashtiradi. Buning o‘zi yetarli emas, chunki u nutqni yuzaki o'zlashtiradi. Professor S.Matchonov nutqni egallashning quyidagi aspektlarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirish. Maktab o‘quvchilarini adabiy tilni sodda so‘zlashuv tilidan, sheva va jargondan
Доказательный фрагмент
«It has always been an urgent task for elementary school students to be able to express their thoughts in writing and to carry out such tasks.»
Образец извлечения
Демо-превьюIt has always been an urgent task for elementary school students to be able to express their thoughts in writing and to carry out such tasks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- writing, written speech, speech, sentence, grammar, text, grammatika, yozish, gap, matn., nutq, yozma nutq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025