Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ADABIYOT DARSLARIDA RUBOIYNI SHARHLAB O‘QITISHNING AFZALLIKLARI
Norbaboyeva Matluba Toxirovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
This article presents the concept of teaching by commentary in classical literature and its benefits, the study of the form, content, and rhythm characteristics of the rubai genre, as well as the example of teaching by commentary on Navoi’s rubai. Keywords: teaching with commentary, rubai genre, hajaj bahri, akhram and akhrab networks. Sharhlab o‘qitish – bu umumta’lim maktablarida o‘quvchi bilimini ko‘nikmaga aylantirishdagi asosiy usul hisoblanadi. Inson tushunmagan narsasini xotirasida saqlab qolishi qiyin. Shuning uchun ta’limning asosini sharhlash tashkil etadi. Sharh tushuncha yo‘lining darchasi hisoblanadi. Sharqda sharhlab o‘qitishning tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu jarayon, avvalo, Qur’oni karim sharhidan boshlangan. Xususan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Rabg‘uziy “Qissasi Rabg‘uziy” kabi nodir manbalar adabiy sharhlashning dastlabki namunalari hisoblanadi. Ruboiy Sharq poeziyasidagi falsafiy, ijtimoiy, siyosiy, ba’zan ishqiy mazmunni ifodalovchi lirik janrdir. Ruboiy atamasidagi ildiz “arbaun” hisoblanadi. X.Zarif, I.Sulton, A.Hayitmetov kabi taniqli olimlar ruboiyning mazmunini to‘rt misra orqali ifodalanishini qayd etgan. I.Haqqul bu o‘rinda dubayta atamasini ilgari surgan. Dubayt ikki misra degan ma’noni ifodalaydi. I.haqqul fikriga ko‘ra dubayt atamasi bilan ruboiy atamasini teng ko‘rish maqsadga muvofiq emas. Janrlarning bir-biridan farqlashda ikki yo‘l mavjud: 1. Asosiysi ruboiy hazaji musammani axrabi maqbuzi makfufi ajabb bahrida yoziladi. Dubayt esa ramali musammani mahzuf vaznida yoziladi. 2. Dubaytning mazmun yo‘nalishi muhabbat hisoblanadi. Ya’ni dubaytda ishqiy mazmun yetakchilik qiladi. Ruboiyda esa falsafiy mazmun yetakchilik qiladi. Ba’zi ruboiylar ishqiy mazmunda bo‘lsa-da, ularning mohiyatida baribir falsafiy mazmun sezilib turadi, ya’ni falsafiy belgilari mavjud bo‘ladi. Ruboiyning qofiyalanishi ikki xil: 1. a–a–b–a xossa ruboiy. 2. a–a–a–a taronai ruboiy. Ruboiy axram va axrab tarmoqlarida yoziladi. Ammo axrab tarmog‘ida yozilgan ruboiylar axram tarmog‘ida yozilgan ruboiylarga nisbatan juda ko‘p. Ruboiyda kamdan kam holatda to‘rt misra bir bahrda keladi, asosan ikki bahr, ayrim hollarda uch bahr va ba’zan to‘rt bahr keladi. “Alisher Navoiy “Xazoyin ul-maoniy”sida 17 tagina aaba tarzida qofiyalangan”1 1 Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – Toshkent: Sharq, 1999. – B. 108. 105 G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish, 1 2 3 4 V – – – // V – – – //V – – – // V – – – Ma–fo–iy–lun//ma–fo–iy–lun// ma–fo–iy–lun// ma–fo–iy–lun Hazaji musammani solim. Axrab – kaltaklash, axta – vayron qilish degan ma’noni bildiradi. – – V // V – V – // V – – V // V – Ikkinchi rukn maqbuz “qabz” qotmoq, saqlanmoq. Uchinchi rukn makfuf qayirgan, qaytarilgan. To‘rtinchi rukn axta qilmoq – bichish ma’nosini bildiradi. G‘urbatda // ga‘rib sho//dmon bo‘lma//s emish, – – V // V – V– // V – – V // V – Maf’–uv–lu//ma–fo–i–lun//ma–fo–iy–lu// fa’–ad 1, 2, 3-misralar shu bahrda yozilgan. Oltin qa//fas ichra gar// qizil gul butsa 3-rukn solim, 4-rukn fa’u abtar, “abtar” ildizidan ag‘darish degan ma’noni bildiradi. Hazaji musammani axrabi maqbuzi solimi abtar. Ushbu ruboiyning 1,2,4-misralari hazaji musammani axrabi maqbuzi makfufi ajabb, 3- misrasi hazaji musammani axrabi maqbuzi solimi abtar bahrida yozilgan. “Ruboiyga xos kichik hajm xilma-xil mavzulardagi lirik kechinmalarni g‘oyat ixcham tarzda, ayni vaqtda ta’sirchan va jozibali aks ettirishni taqozo etadi”2 Navoiy ruboiylari badiiy adabiyotda falsafiy tafakkurning taraqqiyotiga alohida hissa bo‘lib qo‘shilgan. Chunki Sharq adabiyotida ruboiy U.Xayyom nomi bilan bog‘liq, undan so‘ng Pahlavon Mahmud o‘z ruboiylarida may, adolat, tafakkur, axloq masalalarini ham ifodalashga muvaffaq bo‘lgan. Navoiy ana shu an’anani rivojlantirgan. Bu o‘rinda Navoiy shunday yondashganki, ruboiyda vatan mavzusini ham olib kirgan, uning ruboiylari turkiy tilda yozilgan. Vatan mavzusini keyinchalik Bobur ijojida uchratamiz. Navoiyning mazkur ruboiysini o‘rganishda g‘urbat so‘zining ma’nosini izohlash kerak. “G‘urbat” – ayriliq, ajralmoq so‘zidan olingan. Insonning o‘z yurtidan ajratilishi ikki xil bo‘ladi: g‘ariblikda vatandan ayrilish va musofirlikda vatandan ayrilish. G‘ariblikda Muhammad s.a.v ning yurtidan majburan ketishi va unga qaytishning imkoni yo‘qligidir. Musofirlikdagi ayriliq safarda yurgan kishining vatandan ayrilishidir. “Shodmon bo‘lmas emish” jumlasini sharhlasak, o‘z yurtidan mutlaq ajralgan inson o‘zga yurtda xursand bo‘la olmaydi, chunki uning qalbini vatanga bo‘lgan sog‘inch hissi jarohatlab turadi. “El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish” satrida esa o‘zga yurt, millatning odamlari g‘ariblarni begona deb biladi va o‘z yurtidagi odamlarni ulardan ustunroq sanaydi, ular o‘z millatiga va xalqiga mansub kishilarga nisbatan mehr ko‘rsatishi mumkin, o‘zgalarga emas. Navoiy oltin qafasni begona yurtga, g‘arib insonni esa bulbulga qiyoslaydi. Qizil gul esa bulbulning havasi bilan tengdir. Ammo bulbul uchun
Доказательный фрагмент
«This article presents the concept of teaching by commentary in classical literature and its benefits, the study of the form, content, and rhythm characteristics of the rubai genre, as well as the example of teaching b…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents the concept of teaching by commentary in classical literature and its benefits, the study of the form, content, and rhythm characteristics of the rubai genre, as well as the example of teaching b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- teaching with commentary, rubai genre, hajaj bahri, akhram and akhrab, hazaj bahri, sharhlab o‘qitish, ruboiy janri, axram va axrab tarmoqlari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024