Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA D LOYIHALASH TA’LIM TAMOYILIDAN FOYDALANISH
Haydarqulova Mahliyo Zafarovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2022
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda loyihalash ta’lim tamoyili asosida tashkil etiladigan darslar, ta’lim jarayonini loyihalashni bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z boradi. Loyihaga asoslangan o'qitish metodikasi yordamida o’qituvchi dars jarayonini qiyinchiliklarsiz va qiziqarli o’tkazadi va o'quvchilar loyiha ishlarida faol ishtirok etishi natijasida yuz beradigan foydalar izohlanadi. Kalit so’zlar: loyiha, tamoyil, o’qitish uslubi, boshlang’ich sinf, reja, kasbiy mahorat, dastur, nazorat. Bugungi kunda yurtimiz ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’limni tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, darsliklarning yangi avlodini yaratish, sohaga ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, Finlandiya tajribasini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashga oid samarali tavsiyalar ishlab chiqildi. Maktab ta’limini strategik rivojlantirishning “yo‘l xarita”lari ishlab chiqildi va xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “…boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. O‘quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur” kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni bajarishda, albatta, boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslari ham muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan, boshlang‘ich sinf darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirish jarayoni dolzarb muammolardan biri sanaladi.Hozirgi davrda sodir boʻlayotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimidagi gʻoyalarni ilgari surish uchun,yangi axborotni oʻzlashtiradigan bilimlarini oʻzlari tomonidan baholashga qodir boʻlgan, zarur qarorlar qabul qiladigan mustaqil va erkin fikrlaydigan oʻquvchilar kerak. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining oʻquv – tarbiyaviy jarayonida zamonaviy oʻqitish uslublari, interfaol uslublari, innavatsion texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o‘quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o‘quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy jihatdan foydalidir. O‘quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini bilishi o‘qituvchi uchun har bir o‘quvchi faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo‘lmaydigan ustunligi hisoblanadi. Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Bu o‘quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o‘quvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog‘liq. Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ma’lum standartlari asosida belgilanadi. Dars o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim: - Har bir sinfda o’quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lishi lozim. - Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilangan muddatda olib borilishi kerak. 109 - Dars o’qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi. - Dars, o’quv fanining xarakteri, o’qitilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi hamda ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi, navbatdagi bilimlarni o’zlashtirmoq uchun zamin yaratadi. Ta’lim – o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining o‘zaro kirishuvi asosida shakllanadigan tashkiliy jarayon. Uning markazida o‘qitish va o‘qish faoliyatining bir-biriga o’zaro ta’siri yotadi. Loyihaviy ta’lim vositasida boshlang’ich sinf darslarida ta’lim subyektlari faoliyatini modellashtirishda o‘qitish va o‘qish faoliyatini ajratish, ularni to‘g‘ri tashkil qilish, faoliyatni amalga oshirish jarayonida loyihalash imkoniyatlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Loyihaviy ta’lim vositasida boshlang’ich sinf darslarida o’quv faoliyatini tashkil etish o‘quvchi bilan o‘quv materiali o‘rtasidagi bog‘lanishni yo‘lga qo‘yish uchun ta’lim loyihalanadi. Loyihaviy ta’lim pedagogika fanida qariyb 300 yildan ortiq davr mobaynida qo‘llanib kelinmoqda. Nemis pedagogi M. Knollning tadqiqotiga ko‘ra, “loyiha” tushunchasining paydo bo‘lishi XVI asrga taalluqli bo‘lib, italiyalik me’morlarning me’morlikni fan deb e’lon qilib, uni o‘quv fanlari darajasiga chiqargan holda o‘z faoliyatlarini kasbga aylantirishga urinishlari bilan bog‘liq. Ta’lim jarayonidagi loyihalashtirish o‘qituvchi tomonidan o‘quvchining muammoni izlash, uni hal etish bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkillashtirishdan to ommaviy baholashgacha bo‘lgan mustaqil harakat qilishini ta’minlovchi maxsus tashkil etilgan maqsadli o‘quv faoliyatidir. XX asrning keyingi 30 yili davomida mashhur didaktshunoslar M.N.Skatkin, V.V.Krayevskiy rahbarligida ma’lumot mazmuniga pedagogik ishl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda loyihalash ta’lim tamoyili asosida tashkil etiladigan darslar, ta’lim jarayonini loyihalashni bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang'ich sinflarda loyihalash ta’lim tamoyili asosida tashkil etiladigan darslar, ta’lim jarayonini loyihalashni bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reja, boshlang’ich sinf, o’qitish uslubi, dastur, kasbiy mahorat, loyiha, nazorat., tamoyil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014