Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORAQALPOQ XALQ DOSTONLARI TILINING LEKSIK XUSUSIYATLARI
Saparmatov Omar Shamurat ogli · Jopoq baxshilarning
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Maqolada qoraqalpoq xalq dostonlarida qo‘llanilgan odam a’zolarini ifodalovchi so‘zlarning leksik-semantik ma’nolari keng tarzda tahlil qilingan. Dostonlarda qo‘llanilgan bu so‘zlarning qo‘llanilish xususiyati bugungi kunda tilshunoslikda qo‘llanilish doirasi maxsus tarzda o‘rganib chiqilgan. Tayanch so‘zlar: lingvofolkloristika, leksikologiya, leksema, sema, inson a’zolari atamalari. Doston tili — og‘zaki an’anaviy xalq ijodi (folklor) janrlaridan biri bo‘lgan dostonlarning ifoda vositasi hisoblanadi. U o‘ziga xos badiiylik, obrazlilik, poetik vositalar va xalq tiliga xos xususiyatlarga ega. "Go‘ro‘g‘li," "G‘arib-Oshiq" va "Sayatxon-Hamira" dostonlari turkman baxshilari tomonidan qoraqalpoq xalqi orasida keng tarqalgan. Bu dostonlarni qissaxonlar, qoraqalpoq jirov-baxshilari o‘rganib milliy nusxalarini yaratgan. Shuning uchun ham dostonlar tilida odam burchaklarini anglatuvchi so‘zlarda o‘g‘uz tili elementlarining uchrashini tabiiy hodisa deb baholash mumkin. Hozirgi qoraqalpoq adabiy tilida tana, badan, tan so‘zlari sinonimlar deb qaraladi [2.39]. Bulardan badan, tan so‘zlari ko‘proq klassik shoirlar tilida va folklorik asarlarda uchraydi. Shuningdek, hozirgi o‘g‘uz-qarluq guruhidagi bir qator tillarda badan, ten so‘zlari qo‘llaniladi. "Go‘ro‘g‘li," "G‘arib-Oshiq" va "Sayatxon-Hamira" dostonlarida tana so‘zining badan, tan, lash, jasad, jism shakllarida qo‘llanganini ko‘ramiz. Bu so‘zlarni dostonlardagi o‘g‘uz tili elementlari sifatida qaraymiz. Chunki bunday so‘zlar turkiy tillarning qipchoq guruhidagi tillarda deyarli uchramaydi. Doston ijrochilari asosida baxshilar bo‘lib, har bir ijrochi tomonidan dostonning voqealariga o‘zgacha munosabat Doston ijrochilari asosida baxshilar bo‘lib, har bir ijrochi tomonidan dostonning voqealariga o‘zgacha munosabat qilinganligini ko‘rish mumkin. Masalan, G‘aribniyoz, Muso, Aqimbet, Sherniyoz, Jumon, Jopoq baxshilarning oqartiruvchilarida G‘arib bilan Sanamni tasvirlashda vazminlik elga, yorga bo‘lgan vafodorlik ustun kelsa, Qozi Mavlik variantida lirik qahramonning zamon adolatsizligiga o‘z orzu niyatlariga erisha olmagan sof muhabbat lazzatini topa olmagan ko‘p jabr-jafo chekkan yoshlar turmushini keng so‘z etadi. Bu dostonning hozirgi qo‘lda mavjud to‘qqiz nusxasi va 1960-yili nashrda e’lon qilingan nusxasi uning mustaqil variantlari bilan yetishganligidan dalolat beradi. Ulardan sakkiztasi yozib olingan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston filialining qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Bundan tashqari uning hali ham o‘ylagan nusxasining borligi aniqlandi [5.9] - deb yozadi A.Alimov. Shuningdek dostonning kutubxonadagi variantlarining o‘ziga xosligi haqida prof. Q.Maqsetov o‘zining ilmiy ishlarida buni bayon etadi. Dostonning 1960-yili X.Tajimuratov tomonidan nashr etilgan nusxasi bir qadar yetuk varianti sifatida qaralib u 1985-yili qoraqalpoq folklorining ko‘p tomligining o‘n to‘rtinchi tomida e’lon qilinadi. Doston 1930-34 yillar oralig‘ida mashhur baxshi E.Qo‘spolatovdan yozib olingan. 130 Folklor asarlarining tilini o‘rganuvchilar asosan, folklor asarlarida uchraydigan har xil dialektizmlarning paydo bo‘lishi, qo‘llanilish asosi nimada? - degan savollar bilan qiziqib kelgan va har xil fikrlar bildirgan. Xususan, folklor asarlari lug‘at tarkibining tarixiy qatlamlari va dialektizmlarning boshqa qatlamlarga oid masalalari olimlar e’tiborini tortib kelgan. Og‘zaki ijodlarning asosi dialektda yoki dialektallik bo‘linishga kirmaydigan elementlar nima? degan masala ustida tortishuv bu yo‘nalishdagi kelajakda qilinadigan ilmiy ishlarga turtki bo‘ldi. Masalan, A.P.Evgenevaning fikricha, folklorning tilidagi dialektizmlar bu - og‘zaki poetik nutqning organik elementi, A.V.Desnitskiyning ta’kidlashi bo‘yicha dialektizmlar - bu epik poeziyaning dialektlilik, dialektizmlarning so‘nggi davrlarda ta’sir etgan ta’siri deb ko‘rsatiladi. Boshqa turkiy xalqlarda uchraydigan, faqat qoraqalpoqlarga xos yangi milliy doston "Qirq qiz" dostonining tilini Sh.Abdinazimov lingvistik planda o‘rgangan. Ishda dostonning tili har tomonlama tahlil qilinib, dostonning leksik tarkibi, undagi so‘zlarning tarixiy kelib chiqishi, oltoy qatlami, umuman turkiy tillarga umumiy so‘zlar qatlami, uning tematik guruhlari haqida so‘z yuritilgan. Ikkinchi bobda dostonning leksik-semantik xususiyatlari, so‘zlarning ko‘p ma’noliligi, metafora, metanimiya, sinekdoxa, omonim, sinonim va h.k. tahlil qilingan. Umuman olganda, turkiy xalqlar adabiy merosi tili u yoki bu darajada o‘rganilgan, ayniqsa, dostonlar tili bilan bog‘liq maxsus tadqiqotlar, maqolalar va monografik ishlar chop etilgani diqqatga sazovordir. Biroq, biz obyekt qilib olgan qoraqalpoq xalq dostonlarining tilida o‘g‘uz tili elementlarini aniqlash bo‘yicha hozirgacha maxsus ishlar qilinmaganligi uning dolzarbligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, biz qoraqalpoq xalq dostonlari "Go‘ro‘g‘li," "G‘arib- Oshiq" va Sayatxon-Hamira" dostonlari tilidagi o‘g‘uz tili elementlarining leksik va fonetik- morfologik yo‘nalishda o‘rganish
Доказательный фрагмент
«Maqolada qoraqalpoq xalq dostonlarida qo‘llanilgan odam a’zolarini ifodalovchi so‘zlarning leksik-semantik ma’nolari keng tarzda tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada qoraqalpoq xalq dostonlarida qo‘llanilgan odam a’zolarini ifodalovchi so‘zlarning leksik-semantik ma’nolari keng tarzda tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lingvofolkloristika, sema, inson a’zolari atamalari., leksikologiya, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014