К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMBURUG’LAR EVOLYUTSIYASI VA TARQALISHI

Ilashov Shohjahon Xurshid o’g’li

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article provides general information about fungi. There are more than 100,000 species of fungi, adapted to live in various environments. They have lost chlorophyll grains and are heterotrophic, parasitic and saprophytic. The body of fungi is called mycelium. Mycelium consists of thin branching threads, which are called hyphae. Keywords: chlorophyll, heterotroph, saprotroph, mycelium, hypha, chitin, cellulose, zoospore, oogamy, canidiaspora, isogamy, heterogamy. Аннотация: В статье дана общая информация о грибах. Грибы насчитывают более 100 000 видов и приспособлены к жизни в самых разных средах. Они утратили зерна хлорофилла и питаются гетеротрофно, ведя как паразитический, так и сапрофитный образ жизни. Тело грибов называется мицелием. Мицелий состоит из тонких ветвящихся нитей, называемых гифами. Ключевые слова: хлорофилл, гетеротроф, сапротроф, мицелий, гифы, хитин, целлюлоза, зооспора, оогамия, канидиаспора, изогамия, гетерогамия. Zamburug‘lar 100000dan ortiq turga ega bo‘lib, har xil muhitda yashashga moslashgan. Ular xlorofill donachalarini yo'qotib, geterotrof oziqlanadi, parazit va saprofit holda yashaydi. Zamburug’larning tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy esa ingichka shoxlanadigan ipchalardan tashkil topgan bo‘lib, bu ipcha gifalar deb ataladi. Gifalar o‘rtasida to‘siq bo’lmasa-tuban zamburug’lar, agar gifalar o‘rtasida to‘siq bo‘lsa—yuqori zamburug‘lar hisoblanadi. Zamburug’lar plastidasiz organizm bo’lib, uning sitoplazmasi bitta yoki bir nechta yadrochaga ega, hujayrasi tashqi tomondan xitinli yoki sellyulozali po‘st bilan o‘ralgan. Zamburug‘laning bir guruhi suv o‘tlarga o‘xshab suvda yashasa, boshqa guruhlari quruqlikda yashaydi. Ularning jinssiz ko‘payishi xlomidosporalar, kurtaklanish yo‘li bilan hamda zoosporalar yordamida o‘tadi, shuningdek, konidiyasporalar, sporangiya sporalar ham hosil qilib ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishi esa, izogamiya, geterogamiya, oogamiya bilan boradi. Zamburug‘laning parazit vakillari o‘simliklarda, hayvonlarda yashab turli xil kasalliklarni chaqiradi va ko‘plab Zarar keltiradi, ularning foydali turlari ham mavjud. Zamburug’lar bo‘limi yetti sinfga bo’linadi: 1. Xitridiomisetsimonlar-Chytridiomycetopsidae. 2. Oomisetsimonlar - Oomycetopsidae. 3. Zigomisetsimonlar - Zigomycetopsidae. 4. Askomisetsimonlar yoki xaltali zamburug‘lar - Ascomycetopsidae. 5. Bazidiomisetsimonlar - Basidiomycetopsidae. 6. Deytiromisetsimonlar yoki takomillashmagan zamburug’lar - Deuteromycetopsidae yoki Fungi. 7.Gifoxitridiomitsetsimonlar. Xitridiomisetsimonlar - Chytridiomycetopside. Bu sinf vakillarining mitseliysi taraqqiy etmagan, vegetativ tanasi yalang‘och, ko‘p yadroli sitoplazmatik massa – plazmodiydan iborat. Bundan ingichka yadrosiz o‘simta — boshlang‘ich gifalar hosil bo‘ladi. Businfning vakillari jinssiz ko‘payishda bir xivchinli zoospore hosil qilsa, jinsiy ko‘payish - izogamiya, geterogamiya hamda oogamiya usuli bilan boradi. Asosan, suvli muhitda yashaydi. Vakillari: olpidium – Olpidium va sinxitrium - Synchitriumdir. Olpidium – olpidium brassica. Asosan, karam ko‘chatining ildiz bo‘g‘zida yashab, shu yerni zararlaydi, zararlangan joyi qorayib qurib qoladi. Shuning uchun ham bu ildiz qorayish kasali deb ataladi. Bu yerda yalang‘och hujayradan iborat bo‘lgan yadroli parazit zamburug‘lar hayot kechiradi. 46 U qalin po‘st bilan o‘ralib zoosporangiyni hosil qiladi. Zoosporangiydan esa bir xivchinli zoosporalar tashqariga chiqa boshlaydi. Bu ham yangi ko‘chatga tushsa, qaytadan zararlantiradi. Simatrium - Sinxitriumendobioticum. Asosan, kartoshkada parazitlik qilib yashab, kartoshka saratonining sababchisi bo’ladi. Uning zoosporalari zich bo’lib yashaydi. Izogamiya usulida jinsiy ko‘payadi. Zigotalari birmuncha oddiy bir xivchinlidir. Uning zoosporalari yangi tuganakni zararlaydi. Asosan, Afrika, Amerika, Yaponiya hamda Janubiy Yevropada uchraydi. Oomisetsimonlar - Oomycetopsida. Mitseliysi kuchli taraqqiy etgan gifdan iborat. Ikki xivchinli zoosporalar hosil qilish hamda oogomiya jinsiy usul bilan ko‘payadi. Bu sinfning parazit va saprofit vakillari ham bor. Saprofit vakillari suv havzalaridagi organic qoldiqlarida, nam tuproqlarda, baliqlar, baqalar va hasharotlar tanasida yashaydi. Saprolegniya-Saprolegniaana shunday zamburug’lardandir. Ba’zan baliq va ko‘l baqasining ikralarida ham yashaydi. Fitoftora – Phytophtorainfestans kartoshka bargi va tuganagida parazitlik qilib yashaydi. Boshqa turlari esa har xil o‘t, buta, daraxtlarning nina barglarida parazitlik qilib va saprofit holda yashaydi. Kartoshka fitoftorasi yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillari katta zarar keltiradi. Fitofora bilan zararlangan kartoshka bargida qoramtir, qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘ladi, bu uning mitseliysidir. Uning gifasi zoosporalari bargidan poyaga, poyadan esa tuganaklarga o‘tadi, kartoshka qorayadi va quriydi. Jinssiz ko‘payish sporangiya yoki konidiyalar bilan bo‘ladi. Kartoshkachilik xo‘jaliklariga katta Zarar keltiradi. Jinsiy ko‘payish oogamiya yo‘li bilan boradi. Bu sinfga, shuningdek, p

Доказательный фрагмент

«This article provides general information about fungi.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides general information about fungi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chlorophyll, heterotroph, saprotroph, mycelium, hypha, chitin, cellulose, гетеротроф, зооспора, канидиаспора, оогамия, хлорофилл, гетерогамия., гифы, целлюлоза, хитин, изогамия, мицелий, сапротроф
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники