К содержанию
РецензированоRU2026

OʻZBEKISTON CHOʻL MINTAQASIDA OʻSUVCHI OʻSIMLIKLAR

Hayitboyeva Umida Baxtiyorjon qizi

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В работе изучаются растения, произрастающие в пустынных зонах Узбекистана. Уделяется внимание их эколого-морфологическим особенностям, адаптивным механизмам и биологической роли. Основное внимание уделяется изучению видов, распространенных во флоре пустынь, - саксаула, циркадного, биюргуна и других галофитных растений. Работа демонстрирует важность пустынных растений в поддержании экологической стабильности и ландшафтов. ANNOTATION: This work studies plants growing in the desert zones of Uzbekistan. Attention is paid to their ecological and morphological characteristics, adaptation mechanisms and biological role. The main attention is paid to the study of species widespread in the desert flora - saxaul, cherkas, biyurgun and other halophytic plants. The work shows the importance of desert plants in maintaining ecological stability and landscapes. KALIT SOʻZLAR: Choʻl oʻsimliklari, Oʻzbekiston florasi, ekologik moslanish, saksovul, biyurgun, halofitlar, qurgʻoqchilik, adaptatsiya, choʻl landshafti, xerofitlar. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: Пустынные растения, флора Узбекистана, экологическая адаптация, саксаул, биюргун, галофиты, засуха, адаптация, пустынный ландшафт, ксерофиты. KEYWORDS: Desert plants, flora of Uzbekistan, ecological adaptation, saxaul, biyurgun, halophytes, drought, adaptation, desert landscape, xerophytes. Oʻzbekiston Respublikasining hududining katta qismi (taxminan 60%) choʻl va yarim choʻl zonalardan iborat boʻlib, bu mintaqalar oʻziga xos iqlimiy va ekologik sharoitlari bilan ajralib turadi. Qizilqum, Kattaqum, Ustyurt platosi va boshqa choʻl hududlarda oʻsuvchi oʻsimliklar ekstremal sharoitlarga, yaʼni qurgʻoqchilik, yuqori harorat va shoʻrxok tuproqlarga moslashgan. Ushbu oʻsimliklar nafaqat tabiiy muvozanatni saqlashda, balki tuproq eroziyasini oldini olish, chorvachilikni rivojlantirish va dorivor maqsadlarda foydalanish kabi iqtisodiy sohalarda ham muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonning “Qizil kitobi”ga kiritilgan baʼzi choʻl oʻsimliklari, masalan, saksovul va juzgʻun turlari, antropogen omillar tufayli yoʻqolib borayotganligi sababli muhofaza qilish choralari dolzarb masala sifatida koʻrib chiqilmoqda. Oʻzbekistonning choʻl mintaqalari, xususan, Qizilqum, Kattaqum va Ustyurt platosi kabi hududlar oʻziga xos iqlim va tuproq sharoitlari bilan ajralib turadi. Ushbu mintaqalarda oʻsuvchi oʻsimliklar ekstremal sharoitlarga moslashgan boʻlib, ularning hayot sikli qumli, gipsli va shoʻrxok tuproqlarga bogʻliq. Choʻl florasining oʻrganilishi nafaqat ekologik, balki iqtisodiy va ilmiy 3 jihatdan ham muhim ahamiyatga ega, chunki bu oʻsimliklar tuproq eroziyasini oldini olish, chorvachilik va dorivor maqsadlarda foydalaniladi. Ushbu kurs ishi 49 Oʻzbekiston choʻl mintaqalarida oʻsuvchi oʻsimliklarning turlari, ularning ekologik xususiyatlari va ahamiyatini tahlil qilishga bagʻishlanadi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning qurgʻoq mintaqasida joylashgan boʻlib, uning hududining katta qismi choʻl va yarim choʻl landshaftlaridan iborat. Asosan Qizilqum choʻli va Qoraqalpogʻistonning Amudaryo deltasiga yaqin hududlari mamlakatning choʻl mintaqalarini tashkil etadi. Ushbu hududlar oʻziga xos ekologik xususiyatlarga ega boʻlib, ular qurgʻoq iqlim, noyob flora va fauna hamda nozik ekologik muvozanat bilan ajralib turadi. Choʻl ekotizimi nafaqat tabiiy muhit sifatida, balki iqtisodiy va ekologik jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, ushbu hududlarning xususiyatlarini oʻrganish va muhofaza qilish dolzarb masaladir. Qizilqum choʻli: Taxminan 298,000 km² maydonni egallagan bu choʻl Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy qismida, Amudaryo va Syrdaryo daryolari orasida joylashgan. Qizilqum Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlarining katta qismini qamrab oladi. Uning landshafti qum tepalari (barxanlar), tekisliklar va shoʻrxoklardan iborat. Qoraqalpogʻistonning choʻl hududlari: Amudaryo deltasining janubiy qismlari va Aral dengiziga yaqin hududlar choʻl va yarim choʻl zonalarni tashkil etadi. Bu hududlar shoʻrlanish va suv tanqisligi bilan ajralib turadi. Ustyurt platosi: Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatlari chegarasida joylashgan. Bu hudud tekis, baland plato boʻlib, qumli va toshloq landshaftlarga ega. Bu hududlarning geografik joylashuvi ularning iqlimiy va ekologik xususiyatlarini belgilaydi. Choʻl mintaqalari Oʻzbekistonning ichki qismida joylashganligi sababli, dengizlardan uzoqligi va kontinental iqlimning taʼsiri kuchli seziladi. Iqlimiy xususiyatlar Oʻzbekistonning choʻl hududlari quruq kontinental iqlimga ega. Yozda harorat 40-45°C ga yetishi mumkin, qishda esa -20°C gacha pasayadi. Haroratning bunday katta farqi oʻsimliklar va hayvonlarning moslashuvchanligiga taʼsir qiladi. Yillik yogʻin miqdori 100-200 mm dan oshmaydi, aksariyat hollarda qisqa muddatli yomgʻirlar shaklida tushadi. Yogʻinlarning asosiy qismi bahorda kuzatiladi, yozda esa deyarli yogʻin boʻlmaydi. Kuchli shamollar va qum boʻronlari choʻl hududlarining iqlimiy xususiyatlaridan biridir. Bu shamollar qum tepalarin

Доказательный фрагмент

«В работе изучаются растения, произрастающие в пустынных зонах Узбекистана.»

Образец извлечения

Демо-превью

В работе изучаются растения, произрастающие в пустынных зонах Узбекистана. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Desert plants, flora of Uzbekistan, ecological adaptation, saxaul, biyurgun, adaptatsiya, Oʻzbekiston florasi, xerofitlar., halofitlar, choʻl landshafti, qurgʻoqchilik, saksovul, ekologik moslanish, Choʻl oʻsimliklari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники