К содержанию
РецензированоUZ2026

SUVO’TLARNING TABIATDA VA INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Karimov Muhammadziyo

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Suvo’tlar bo’limining tabiatda va inson hayotidagi o’rni va ahamiyati, suvo’tlarning kelib chiqishi va sistematikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: fotosintez, biosfera , ko’k-yashil suvo’tlar, yashil suvo’tlar, qizil suvo’tlar, qo’ng’ir suvo’tlar, insektitsid, fungitsid. Suv oʻtlari – bu asosan suv muhitida yashovchi, fotosintezga qodir boʻlgan tuban oʻsimliklar hisoblanadi. Ular oddiy tuzilgan boʻlib, ildiz, poya va bargdan iborat emas. Suv oʻtlari tarkibiga ko‘k-yashil, yashil, qizil, jigarrang kabi turli xil rangdagi suvo‘tlar kiradi. Ular butun dunyo boʻyicha daryo, ko‘l, dengiz va okeanlarda tarqalgan. Suv oʻtlari biosferaning ajralmas qismi boʻlib, tabiatda juda muhim vazifalarni bajaradi. Birinchi navbatda, ular fotosintez jarayonida kislorod ishlab chiqaradi. Yer yuzidagi kislorodning qariyb 70 foizi aynan suvoʻtlar tomonidan ishlab chiqariladi. Bu esa nafaqat suv muhitidagi hayvonlar, balki quruqlikdagi barcha tirik organizmlar uchun ham muhimdir. Ikkinchidan, suvoʻtlar karbonat angidridni oʻzlashtiradi va global isish jarayonini sekinlashtiradi. Ular atmosferadagi ortiqcha karbonat gazini oʻzlashtirib, iqlim muvozanatini saqlashga yordam beradi. Bu jihatdan suvoʻtlar global ekologik barqarorlikni taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Suv oʻtlari oziq zanjirining boshlangʻich boʻgʻinidir. Ular plankton hayvonlari, baliqlar, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va boshqa suv hayvonlari uchun oziq manbai hisoblanadi. Shu bois suvoʻtlar mavjud boʻlmagan joylarda suv ekotizimi rivojlana olmaydi. Suv oʻtlari yer osti va suv osti ekotizimlarida biologik xilma-xillikni saqlab turadi. Ular baliqlar va boshqa jonzotlar uchun yashirin joy, uya va ko‘payish muhitini taʼminlaydi. Ayniqsa dengiz suvoʻtlaridan boʻlgan laminariyalar va sargassumlar juda koʻp hayvonlaruchun yashash manzilidir. Inson hayotida ham suvoʻtlarning oʻrni katta. Ular oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi. Masalan, qizil suvoʻtlardan olinadigan agarda va karaginan moddasi shirinliklar, qandolat mahsulotlari, konserva ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Yashil va jigarrang suvoʻtlar esa turli xil vitamin, minerallar, oqsillar va yod moddasiga boy bo‘lib, sog‘liq uchun foydalidir. Dengiz suvoʻtlari parhezbop oziq sifatida yapon, koreys va xitoy milliy taomlarida kengisteʼmol qilinadi. Ular yurak-qon tomir, qalqonsimon bez, immunitet bilan bogʻliq kasalliklarning oldini olishda foydalidir. Suvoʻtlardan tayyorlangan biologik faol qoʻshimchalar dorixonalarda keng tarqalgan. Suv oʻtlari qishloq xoʻjaligida ham foydalaniladi. Ayrim turlari biooʻgʻit sifatida ishlatiladi. Ular tuproqni boyitadi, hosildorlikni oshiradi. Suvoʻtlardan olingan moddalar insektitsid va fungitsid sifatida ham ishlatilmoqda. Farmatsevtika sohasida suvoʻtlardan dori vositalarini tayyorlashda foydalaniladi. Masalan, yallig‘lanishga qarshi, viruslarga qarshi, antibakterial taʼsir ko‘rsatuvchi preparatlar ishlab chiqariladi. Suvoʻtlar tarkibidagi polisaxaridlar, antioksidantlar, bioaktiv moddalarning tibbiyotda ahamiyati ortib bormoqda. Suv oʻtlari sanoat va texnologiyada ham foydalanilmoqda. Ular asosida biologic tozalovchi moddalar, ekologik qadoqlash materiallari, bioyoqilg‘i, shuningdek qogʻoz, bo‘yoq, plastmassa, yopishtiruvchi moddalarning alternativ manbai sifatida ishlatilmoqda. Suv muhitining ifloslanishini aniqlashda bioindikator sifatida ham suvoʻtlar muhim ahamiyatga ega. Ularning holati, rangi va o‘sish darajasi orqali suvning tozaligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Masalan, ko‘k-yashil suvoʻtlarning haddan ortiq 55 koʻpayib ketishi suvning azot va fosfor bilan ifloslanganidan dalolat beradi. Suv oʻtlari ekologik muammolarni bartaraf etishda ham foydalaniladi. Ular neft to‘kilishidan keyingi suvlarni tozalash, ogʻir metallarni yutish va filtratsiya qilishda tabiiy filtr sifatida xizmat qiladi. Suv oʻtlari madaniyat va iqtisodiyotda ham oʻz oʻrniga ega. Suvoʻtlarga asoslangan sanoatlar koʻplab ish oʻrinlarini yaratadi, dengiz iqtisodiyotining muhim tarmogʻidir. Shu bilan birga, ularning estetik go‘zalligi ekoturizm va ilmiy tadqiqotlar uchun ham jozibador hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, suvoʻtlar nafaqat suv muhitining hayotiy zanjiri, balki butun insoniyat uchun ham hayotiy ahamiyatga ega. Ular kislorod ishlab chiqaradi, global iqlimni tartibga soladi, oziq-ovqat, dori, sanoat va ekologik sohalarda keng qo‘llaniladi. Suvoʻtlarni muhofaza qilish, ularni to‘g‘ri o‘rganish va ilmiy asosda foydalanish insoniyatning ekologik va iqtisodiy barqarorligini taʼminlashda muhim rol o‘ynaydi. 56

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Suvo’tlar bo’limining tabiatda va inson hayotidagi o’rni va ahamiyati, suvo’tlarning kelib chiqishi va sistematikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Suvo’tlar bo’limining tabiatda va inson hayotidagi o’rni va ahamiyati, suvo’tlarning kelib chiqishi va sistematikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qizil suvo’tlar, qo’ng’ir suvo’tlar, ko’k-yashil suvo’tlar, yashil suvo’tlar, fungitsid., biosfera, insektitsid, fotosintez
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники