К содержанию
РецензированоUZ2026

ARAB TILINING GRAMMATIK KITOBLARDA ISM MAVZUSINING YORITILISHI

Ergashev Doston

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Ushbu moqolada bugungi zamonaviy globallashuv sharoitida Arab tilini oʻrganishning ahamiyatiga e’tibor qaratilib, Arab tilini oʻrganishning asosiy gramatik yoʻnalishiga oid ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, maqolada tilshunoslik boʻlimlaridan (fonetika, morfologiya, gramatika) biri boʻlgan grammatika turkumida, arab tilida ism mavzusining muhim jihatlari ko’rib chiqiladi. Klassik arab tili asosida vujudga kelgan zamonaviy arab tiliga oid vatandosh ulamolarimizning kitoblari asosida ismning turli kategoriyalari o’rganiladi. Kalit so’zlar. Kalima, ism, fe’l, harf, grammatika, jins, muannas, muzakkar, Barchamizga maʼlumki bugungi kunda arab tili jahon miqiyosida keng foydalaniladigan tillardan. Masalan, bir tomondan BMT tashkilotining 6 ta rasmiy tillaridan biri ekanligi boʻlsa, boshqa jihatdan ushbu til foydalanuvchilarining koʻpligidadir. Ya‘ni 20dan ortiq davlatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Bunga qoʻshimcha, bugungi kunda yurtimizda ham arab mamlakatlari bilan turli sohalarida xususan biznez va ta’lim yo’nalishlarida hamkorlik va oʻzaro doʻstlik aloqalarni tez suratlarda rivojlanishi ham ushbu tilni o’rganishga va bu sohada kerakli kadrlarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyojni yaratmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning1 Prezidentlik faoliyatlari davomida Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt va boshqa arab davlatlariga tashriflarini eslash yetarlidir. Shuningdek, arab tilini bilish orqali rivojlangan arab mamlakatlari bilan olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ta’lim, biznes sohalaridagi hamkorliklarda faol qatnashish va bu orqali mamlakatimiz rivojiga ijobiy hissa qo’shish imkoniyatlari har qachongidan kengaydi. Tarixdan ma’lumki, arab tili ona tilimizga o’zining ma’lum doirada ta’sirini o’tkazgan. Xalqimizning diniy va ba’zi milliy-madaniy qadriyatlari ham arab tilini bilish bilan bog’liq jabhalari ko‘zga tashlanadi. Shu nuqtai nazardan ayni zamonamizda arab tilini o’rganish va o’z navbatida o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. 57 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Klassik arab tili qoidalarini o‘zbek sigmenti foydalanishi uchun o‘zlariuning dastlabgi va eng muhim qadamlarini qo‘yib o‘zlarini buyuk izlarini qoldirgan olimlar va ularning asalari bu boradigi ishlarni oson va yengil qiladi. Ularni oʻrganish orqali biz arab tili grammatikasi haqida aniq va ravshan maʼlumotlarga ega boʻlamiz. Chunki, asosan XX asr ikkinchi yarmi va mustaqillikning dastlabki yillarida arab tili sohasida faoliyat olib borgan olimlarimiz, ushbu yo’nalishda, oʻtmish va bugun oʻrasidagi koʻprik boʻlib berishganligi bilan qadrlidir. Ushbu maʼlumotlar albatta dastlabki va boshlang‘ich arab tili o‘rganuvchilari uchun dastlabki arab tili gramatikasini tushunish uchun yetarlicha ma’lumot berishga kifoyadir. Ammo qiziquvchilar va ushbu maʼlumotlar bilan cheklanib qolmaydiganlar uchun, oʻzbekzabon xalqimizga arab tilini oʻqishi va oʻrganishi uchun katta ilmiy meros qoldirgan ulamolarimizdan ba’zilarining kitoblarini keltirib oʻtishimiz mumkin: 1. Abdulhafiz Abdujabborov "Arab tili" kitobi 2. Mirqobil Xasanov "Arab tili" (oʻquv qoʻllanma) 3. N. Ibrohimov, M. Yusupov, A. Oripov "Arab tili grammatikasi" kitobi Ushbu manbalar arab tilini o’rganishga qiziquvchi xalqimizga bevosita ona tilimiz qiyosida arab tilini va uning grammatikasini oson va sifatli o’rganishga xizmat qiladi deyish mumkin. Tilshunoslik fani nuqtai nazaridan arab tilini o’rganishga e’tibor qaratilsa eng avval uning asosiy bo’limlarni keltirish kerak: 1. Fonetika (tovushlar) 2. Morfologiya (soʻz qurilishi) 3. Grammatika (gap qurilishi) Tilshunoslikning ushbu, grammatik jihatdan arab tilini oʻrgnishga kirishilsa, albatta, alifbo harflaridan tashkil topadigan kalimalar (soʻzlar) ning grammatik taʼriflari bilan tanishish zarur boʻladi. Kalima - bu arab tilshunoslari e'tiborida arab alifbosi harflardan tashkil topib biror-bir ma'noni ifodalagan soʻzdir va ushbu kalimani arab tilshunos olimlari butun boshli 3 ta katta turkum soʻzlarga boʻlib oʻrganadilar: 1. Ism مسا 2. Feʼl لعف 3. Harf فرح Ismiy kalimalar - bu guruh ot, sifat, son va olmoshlarni oʻz ichiga oladi: دمحم-Muhammad, سرف-ot(hayvon) 58 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Feʼliy kalimalar - bu guruh harakat va biron-bir zamonni oʻzida jamlagan kalimalarni oʻz ichiga oladi: بتك- yozdi(oʻtgan zamon), بتكي-yozadi yoki yozyapti(hozirgi va kelasi zamon) Harfiy kalimalar - bu guruh esa yuqoridagi ikki guruhga qoʻshilib qoʻshimcha ma'no anglashda yordamlashib, koʻmaklashib keladigan yordamchi soʻzlarni oʻz ichiga oladi: ْن مِ -...dan, يف - ...da, Ichida Ismiy kalimar ustida grammatik tahlil olib borilsa, uning bir necha kategoriyalar boʻyisha boʻlinishiga guvoh boʻlinadi. Masalan, ismiy kalimalar jins, son, holat kabi xususiyatlariga koʻra oʻta muhim grammatik guruhlarga ajraladi. Ushbu xususiyatlarga atroflicha toʻxtalish orqali, bular haqida aniq ilm hosil qilinadi. I. Jins kategoriyasi: ismiy kalima

Доказательный фрагмент

«Ushbu moqolada bugungi zamonaviy globallashuv sharoitida Arab tilini oʻrganishning ahamiyatiga e’tibor qaratilib, Arab tilini oʻrganishning asosiy gramatik yoʻnalishiga oid ma’lumotlar beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu moqolada bugungi zamonaviy globallashuv sharoitida Arab tilini oʻrganishning ahamiyatiga e’tibor qaratilib, Arab tilini oʻrganishning asosiy gramatik yoʻnalishiga oid ma’lumotlar beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
harf, grammatika, Kalima, muannas, ism, fe’l, muzakkar, jins
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники