К содержанию
РецензированоRU2026

NIYOZIY ASARLARIDA MAKTUBNING AHAMIYATI (“ZAHARLI HAYOT YOHUD ISHQ QURBONLARI” DRAMASI MISOLIDA)

Boltayeva Iroda

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается значение макуба в сборнике «Зехарли хаёт яхуд ишк курбуллари» (Ядовитая жизнь или жертвы любви) Хамзы Хакимзода Ниязи, а также истинная суть письма Марьямхан Махмудхану. Ключевые слова: письмо, зарождающаяся любовь, бедность, темная родина, женская школа, солнце нации. государственный гимн XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Hamza Hakimzoda Niyoziy adabiyot tarixida o‘zining millatparvar asarlari bilan munosib o‘ringa ega. Chunki u dunyo ko‘rgan, turli mamlakatlarning madaniyati bilan tanishib, o‘zbek xalqining savodli bo‘lishi uchun harakat qilgan. O‘sha davr maktablari uchun “Yengil adabiyot”, “O‘qish kitobi”, “Qiroat kitobi” kabi darsliklar yaratgan. Marg‘ilonda “G‘ayrat” kutubxonasini ochadi Har doim xalqni ma’rifatga, ilimga chorlaguvchilar sho‘rolar tuzumi davrida har doim ham yaxshi baholanavermagan. Hamza ham ularning tayziq va tuhmatlariga uchragan jonkuyar, millatparvar jadidlardan bo‘lgan. Uning bizgacha yetib kelgan asarlaring barchasi millatni uyg‘oqlikka, ma’rifatparvarlikka chorlaydi. Aynan shuning uchun ham sho‘rolar uni xavfli joylarga, qaltis ishlarga safarbar etadi. Hamza Hakimzoda Niyoziydan boshqa hech bir jadid ijodi hayotlik vaqtida o‘rganilmagan. Chunki Niyoziy to‘g‘iso‘z bo‘lgan. 1929-yilda Shohimardonda vaxshiyona tarzda ya’ni toshbo‘ron qilinib o‘ldiriladi. Bunday vaxshiy va qonxo‘r 25 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference insonlar Niyoziyning jasadinigina yo‘q qila olishdi. Uning bizga qoldirgan adabiy me’rosi niyoziyning oramizda barhayot yashashini ko‘rsatadi. Niyoziy faqat nasriy asarlar yaratish bilan cheklanib qolmasdan dramaturgiyasi bilan ham adabiytimiz tarixida o‘chmas iz qoldirishga muaffaq bo‘lgan. U asosan Qo‘qon teatr guruppasi uchun sahna ko‘rinishlar yaratgan. 1915-yilda yozilgan “Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari” dramasi Hamzaning bu sohadagi birinchi harakati edi. Undan so‘ng “O‘ch”, “Muxtoriyat yoki avtonomiya”, “Kim to‘g‘ri?”, “Boy ila xizmatchi” kabi sahna asarlari yaratgan. “Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari” dramasi to‘rt pardadan tashkil topgan. Niyoziy asarning janrini “Turkiston maishatidan qiz va kuyov fojiasi” deb belgilaydi asarning bosh qahramonlari Mahmudxon va Maryamxonim qismati orqali o‘sha davrdagi ma’rifatsiz, boylikka o‘ch insonlarning naqadar razil kimsa bo‘lishganinini ochib beradi. Asarning asl mohiyatini ochib berish uchun Maryamxonning Mahmudxonga yozgan maktubidan bilib olishimoz mumkin. U quyidagicha: “G‘unchayi muhabbatim, suyukli Mahmudxon! Men sizga naqadar muhabbatni da’vosindan yozmayki, vaqtingiz muosida o‘lasin uchun so‘zni qisqartub, maqsadgagina qalam yurutdim… ikkovimiz elimizni, zulmatda qolgan bu millatni, Siz quyoshi bo‘lganda, men mohtobi bo‘lib, qorong‘u vatanni yoritaylik, Siz-da, erlarimizning holindan men mazluma oilalarimizning holindan gazetalarga yozishib, bir-birimizni ogohlantiraylik” Bu yerda namoyon bo‘lishicha, Maryamxon muhabbatinigina izhor qilib qolmasdan shu el-yurtdagi insonlarning taqdirini o‘ylagani holda yozmoqda, ya’ni zulmatta qolgan millatni yoritishni ilgari surmoqda. Maktubning keying misralarida Maryamxonning naqadar millat uchun kuyib-pishishi, Mahmudxon va Maryamxonlarning orzu- o‘ylari aks etadi. “Garchi Siz tijoratda bo‘lsangiz-da, chin maqsudingiz bo‘lgan qizlar maktabini ochaylik: men ma’naviy. Siz moddiy xizmatda bo‘ling, chin yashaylik, kelajakdagi avlodlarimizni mozorimizga borib, erlari Sizga, qizlari bizning qabrimiz uzasina, oq, qizil gular sochib ruhlarimiz olqishlarlik darajada bir xizmatlarni maydonga qo‘yaylik…” Mening o‘ylashimcha, Ushbu asarda Mahmudxon qiyofasi orqali Niyoziy o‘zini nazarda tutgan. Negaki U ham maktab ochib qizlarni o‘qitish, ularni ma’rifatli qilish, qizlarni ham jamiyatdagi o‘rnini topishi uchun juda ham ko‘p sa’y-harakatlar qilgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy Maryamxon obrazi orqali xotin-qizlarning ham qo‘lidan nimadir kelishini isbotlaydi. Maryamni ota-onasi majburlab eshonga uzatishsa ham u o‘zini eshondan, ya’ni Xudo bexabar, bema’rifat, zolim kimsaning qo‘lidan qutqarib oladi. Biz yana bua sarda tabaqalashtirishni ham ko‘ramiz. Mahmudxonning otasi Hamdamboy Maryamdek ilmli, ma’rifatli qizni oddiy kosibning qizi 26 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bo‘lganligi uchun Mahmudxonga munosib deb ko‘rmaydi. Oxir oqibat zulmga qarshi kurashayotgan sevishganlar halok bo‘lishadi. Yuqoridagi maktubda esa ularning maqsadi nima ekanini ko‘rib chiqqan edik. Mahmudxon drama davomida Maryamxonga nisbatan ancha sust, Maryamxon uni kurash maydoniga chorlovchi kuch sifatida gavdalanadi. Bu bilan muallif ayol kishilarning ham nimagadir turtki vazifasini bajara olishini namoyon etgan. Maryamxon zahar ichib halok bo‘lganidan so‘ng Mahmudxon uning qabri yoniga birib aytgan monologi shu darajada kuchliki tinglovchini qalbini larzaga soladi. Mahmudxonning o‘lim oldidagi monologi fojianing asl mohiyatini yanada ochishga xiamat qiladi.: “Maryam,

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается значение макуба в сборнике «Зехарли хаёт яхуд ишк курбуллари» (Ядовитая жизнь или жертвы любви) Хамзы Хакимзода Ниязи, а также истинная суть письма Марьямхан Махмудхану.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается значение макуба в сборнике «Зехарли хаёт яхуд ишк курбуллари» (Ядовитая жизнь или жертвы любви) Хамзы Хакимзода Ниязи, а также истинная суть письма Марьямхан Махмудхану. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
letter, budding love, poverty, dark homeland, girls’ school, the, millat quyoshi. millat mohitoboni, qizlar maktabi, g‘unchayi muhabbat, faqira, maktub, qorong‘u vatan
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники