Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILAVIY TADBIRKORLIKNI RAQAMLASHTIRISH ORQALI YANGI ISH O‘RINLARINI YARATISH IMKONIYATLARI
Abdukarimov Bobir Gulmamatovich · Qo‘ziboyeva Shaxodat (Andijan State Technical Institute,)
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Интеграция цифрового маркетинга и семейного предпринимательства создает новые возможности для экономики Узбекистана. В данной диссертации анализируется, как цифровой маркетинг применяется в семейном предпринимательстве, какую роль он играет в создании новых бизнес-моделей и какие возможности он предоставляет для расширения создания рабочих мест. Множество преимуществ цифрового маркетинга, особенно для субъектов малого и среднего бизнеса, предоставляют возможности для увеличения конкурентоспособности на рынке, сокращения затрат и привлечения новых клиентов. В диссертации также рассматривается роль цифрового маркетинга в создании рабочих мест и экономическом развитии сектора семейного предпринимательства в Узбекистане. 69 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ключевые слова: Цифровой маркетинг, семейное предпринимательство, новые бизнес-модели, создание рабочих мест, экономическое развитие, малый и средний бизнес, цифровые технологии, конкурентоспособность на рынке, маркетинговые стратегии, социально- экономическая стабильность. O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik va o‘rta biznesning o‘rni kundan-kunga oshib bormoqda. Bu biznes sub’yektlari, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlik, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bu sektorda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Raqamli marketing, o‘z navbatida, oilaviy tadbirkorlikni yanada samarali rivojlantirish uchun qulay platforma taqdim etadi. Raqamli marketingning asosiy afzalliklari, ayniqsa, yangi mijozlarni jalb qilish, reklama xarajatlarini kamaytirish va biznesni yanada tezroq kengaytirish imkoniyatlarida mujassamdir. Bularning barchasi yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Raqamli marketingning oilaviy tadbirkorlikda qo‘llanilishi, yangi biznes modellarini yaratishda muhim ahamiyatga ega. Yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali oilaviy tadbirkorlar o‘z mahsulot va xizmatlarini keng auditoriyaga yetkazish, xarajatlarni optimallashtirish va bozorda raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘zbekistonning iqtisodiy sharoitida, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes uchun raqamli marketing eng samarali vosita bo‘lishi mumkin. Raqamli marketingning asosiy elementlaridan biri – onlayn reklama va social media marketingdir. Oilaviy tadbirkorlik sub’yektlari onlayn reklama platformalarini qo‘llash orqali o‘z bizneslarini butun mamlakat bo‘ylab targ‘ib qilishlari mumkin. Bu esa yangi mijozlarni jalb qilish, sotuvlarni oshirish va xizmatlarni kengaytirishga yordam beradi. Boshqa tomondan, internet savdosi va elektron tijoratning rivojlanishi oilaviy tadbirkorlikka yangi biznes modellarini yaratish imkoniyatini beradi. Internet savdosi, xususan, kichik va o‘rta bizneslar uchun eng tejamkor va samarali yo‘lga aylanmoqda. Bu, o‘z navbatida, oilaviy tadbirkorlik sub’yektlariga o‘z mahsulotlarini, xizmatlarini yangi bozorlarga chiqish imkoniyatini yaratadi, shu bilan birga, ular raqobatbardoshligini oshiradi. Yangi biznes modellarining asosiy jihati – ular raqamli texnologiyalarni, ayniqsa, onlayn platformalarni va elektron tijoratni keng qo‘llashga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik sub’yektlari uchun bu modellar biznesni global bozorga chiqarish, xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirish imkonini 70 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yaratadi. Misol uchun, kichik bizneslar o‘z mahsulotlarini internet orqali sotish va raqamli reklama vositalari yordamida mijozlar bilan bevosita aloqada bo‘lishlari mumkin. Bu jarayon esa iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va yangi ish o‘rinlarini yaratadi. O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotiga integratsiya qilinadigan yangi biznes modellaridan biri, shubhasiz, onlayn savdolar va xizmat ko‘rsatish orqali oilaviy tadbirkorlik sub’yektlarining resurslarini yanada samarali boshqarish imkoniyatlarini yaratishdir. Raqamli texnologiyalar, shuningdek, bu bizneslarni tashqi bozorlarga chiqarish va global miqyosda raqobatbardoshligini oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi. Raqamli marketing yordamida, shuningdek, oilaviy tadbirkorlik sohasida yuqori malakali kadrlarni ishga jalb qilish imkoniyati ham mavjud. Texnologiyalarni va raqamli marketingni yaxshi biladigan mutaxassislar ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi. Ushbu yangi ish o‘rinlari iqtisodiy rivojlanishning barqarorligini ta’minlashga, yoshlar va ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishga xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalar, ayniqsa, qishloq hududlarida, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Bularning barchasi iqtisodiy barqarorlikka olib keladi. Bu jarayonlar o‘zgarishlarni amalga oshirishga yordam beradi va odamlar o‘rtasida yangi ish o‘rinlari yaratadi. Raqamli marketingning o‘rganilishi, uning samarali qo‘llanilishi va yangi ish o‘rinlarini yaratishdagi roli O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga, shu
Доказательный фрагмент
«Интеграция цифрового маркетинга и семейного предпринимательства создает новые возможности для экономики Узбекистана.»
Образец извлечения
Демо-превьюИнтеграция цифрового маркетинга и семейного предпринимательства создает новые возможности для экономики Узбекистана. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Цифровой маркетинг, семейное, iqtisodiy barqarorlik, elektron tijorat, raqamlashtirish, texnologik transformatsiya, iqtisodiy rivojlanish, barqaror ish o‘rinlari., ish o‘rinlari, Oilaviy tadbirkorlik, raqamli marketing, innovatsiyalar, qishloq hududlari, raqamli savodxonlik, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014