К содержанию
РецензированоUZ2026

ALISHER NAVOIY VA XX ASR O‘ZBEK G‘AZALIYOTI

Haydarova Gulhayo Ahmadaliyevna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Hazrat Alisher Navoiy g‘azaliyoti an’analarining XX asr g’azalnavislaridan biri bo’lgan Asqarali Hamroali o‘g‘li Charxiy, Sobir Abdulla hamda Habibiy ijodiga ko‘rsatgan ta’sirining yoritilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu ijodkorlar g’azallarida an’analar davomiyligi va har bir ijodkorning o‘ziga xosligi qirralari tahlil qilingan. Mumtoz adabiyotda devon yaratilishi qonun-qoidalari va XX asr devonchiligi xususidagi qarashlar umumlashtirilgan. Kalit so‘zlar: g‘azaliyot, an’ana, ijodiy o‘ziga xoslik, ustoz-shogird, radif, adabiy ta’sir, obraz, badiiy tasviriy vosita, tashxis Mumtoz adabiyotda Alisher Navoiy “Gʻaroyib us-sig‘ar” devoni debochasida o‘zigacha yaratilgan devonlarni kuzatib chiqargan xulosalari asosida devon tuzish mezonlarini sanab o‘tgan edi. Unga ko‘ra, dastlab, debocha qism, hamd va na’t g‘azallar bo‘lishi, g‘azallar bilan boshlash, g‘azallarni 28 harf emas, balki 32 harf bilan tugallash, devonga dastavval hamd yoki na’t mavzusidagi g‘azallarni joylashtirish, g‘azallarga ma’rifat va mav’iza mavzulariga doir baytlar kiritish, g‘azal matla’sida keltirilgan fikrni maqta’gacha rivojlantirib borishni nazarda tutgan. Sobir Abdulla, Charxiy va Habibiy g‘azallarini an’anaviylik negizida tahlil qilish jarayonida XX asr o‘zbek g‘azaliyotidagi ayrim o‘ziga xos jihatlarni keltirish joiz. Ushbu o‘ziga xosliklar ijodkorlarning tiriklik chog‘ida o‘zlari tomonidan tuzilgan devonlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi: Birinchidan, devon debocha qism bilan boshlanishi kerak. Bu jihatdan ahamiyat berilsa, Habibiy devonida debocha nasriy yo‘l bilan ifodalangan, Sobir Abdulla devonida esa 31 baytdan iborat debocha mavjud, unda, asosan, zamona madhi va devon yozilish sababi bayon etilgan. Charxiy devonida esa 42 baytdan tashkil topgan debocha qismda ijodkor o‘zining 70 yoshida devon tuzganini ta’kidlar ekan, Furqat va Muqimiy nomlarini ham tilga oladi. Har uchala ijodkor devonida an’anaviy hamd va na’t g‘azallar uchratilmaydi. Ikkinchidan, XX asrgacha tuzilgan devonlardagi g‘azallar arab alifbosi harflari tartibida joylashtirib kelingan bo‘lsa, Sobir Abdullaning 1965 yil va Charxiyning 1972 yil tuzilgan “Devon”lari kirill alifbosi harflari tartibi (a,b,v,g…va h.k.) asosida nashr ettirilgan. Lekin zamondoshlaridan farqli ravishda, Habibiyning 1960 yil tuzilgan va uch marta qayta nashr qilingan 207 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference (1960,1975,1980-yillar) “Devon”idagi she’rlar mumtoz adabiyot an’analariga muvofiq arab grafikasi harflari tartibi bo‘yicha joylashtirilgan. Uchinchidan, XX asrga kelib g‘azallarga sarlavha qo‘yish an’anasi paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, hazrat Navoiyning devonlarida “Alif harfining ofatlarining ibtidosi “Gʻaroyib”din”, “Jim harfining jamilalarining jilvasi “Navodir”din” kabi shaklda sarlavhalar bo‘lsa-da, ular har bitta g‘azalga alohida qo‘yilmaydi, faqatgina g‘azal yakunlangan ma’lum bir harfni boshqasidan ajratish uchun 115-130 g‘azal umumiy nomlanadi. Ya’ni Navoiyning har bir g‘azali raqamlar bilan bir-biridan ajratiladi. Habibiy, Sobir Abdulla va Charxiy g‘azallariga nomlar quyidagi yo‘nalishlar asosida qo‘yilgan edi -g‘azalning radifiga ko‘ra; -bevosita g‘azalning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda; -noshirlar tomonidan nashr jarayonlaridagi nomlanishga ko‘ra. Sarlavhalar, odatda, so‘z, so‘z birikmasi yoki qo‘shma so‘zlar bilan ifodalanilib kelingan. Masalan, Charxiy g‘azallariga “Qo‘qon loyi”, “Yodlar zamon, Muqimiy”, “Vafo sevarim”, “Yaxshi tilak”, “Fido bo‘ldim”, “Bad qildim, xato qildim” kabi nomlar qo‘yilib, ular, asosan, g‘azalning qofiya yoki radifining ilk qismlaridan olingan. Habibiy g‘azallarida ham xuddi shu holat kuzatiladi. (“Sharob”, “Suhbat”, “O‘t”, “Bahs”, “Abas” kabi radiflar; “San’ating”, “Ozod”, “Keldi yor”, “Jonon topar” nomlari g‘azal qofiyasidan olingan.) Gʻazallarga sarlavha qo‘yish masalasida Sobir Abdulla o‘ziga xos yo‘lni tanladi. Shoirning g‘azal mohiyatidan kelib chiqib, uning mazmuniga mos ravishda butunlay yangi bayt va misralarni, asosan, o‘zining aforizmlarini g‘azalga nom sifatida ishlatishi XV asr g‘azaliyotida ham, XX asr g‘azaliyotida ham uchramagan hodisa edi. Mazkur sarlavhalar o‘sha davrda amaldagi kirill alifbosi harflari tartibida terilgan bo‘lib, devon g‘azallari tartibini ham ko‘rsatadi. Masalan: “Asar yozsang vafodor yor ishqida, Guldasta tuz she’rdan har bor, ishqida” – sarlavhasi quyidagi matla’li g‘azal uchun qo‘llangan: Yo‘q vafosizlik zamonda, chin vafo bor ishqida, Bu tufayli kuymadim bir bevafo yor ishqida1. Yoki: “Rahnamodir aql insonlar uchun, yo‘l ko‘rsatur, Kimki ozdi aqldan, u bo‘ldi balchiqqa duchor” – sarlavhasi esa quyidagi matla’li g‘azal uchun qo‘llangan: 208 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ilmu axloq dunyoga donishmand inson keltirur, To‘g‘rilik, g‘ayrat, jasoratdan sharaf-shon keltirur2. Shoirning ayrim sarlavhalari g‘azal tarixi haqida ham ma’lumot beradi. Jumladan: Sabza rang ko‘ylakdagi qizni ko‘rib tog‘ ustida, Lola ochilmish dedi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Hazrat Alisher Navoiy g‘azaliyoti an’analarining XX asr g’azalnavislaridan biri bo’lgan Asqarali Hamroali o‘g‘li Charxiy, Sobir Abdulla hamda Habibiy ijodiga ko‘rsatgan ta’sirining yoritilishi ko‘zda tu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Hazrat Alisher Navoiy g‘azaliyoti an’analarining XX asr g’azalnavislaridan biri bo’lgan Asqarali Hamroali o‘g‘li Charxiy, Sobir Abdulla hamda Habibiy ijodiga ko‘rsatgan ta’sirining yoritilishi ko‘zda tu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
radif, an’ana, ijodiy o‘ziga xoslik, adabiy ta’sir, tashxis, ustoz-shogird, badiiy tasviriy vosita, g‘azaliyot, obraz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники