К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARDA IJTIMOIY VA AXLOQIY XULQ-ATVOR RIVOJLANISHINING TA’LIM JARAYONIDAGI O‘RNI

Kurambayeva Qunduzxon Arslonbekovna

Академические исследования в современной науке · 6 · 2026

Аннотация

This article analyzes the role of education in the formation of social and moral behavior of students. It examines how moral values, social norms and pedagogical approaches affect the development of a student as a person. Attention is also paid to the methods and effective strategies of moral education in the modern education system. The importance of the formation of social and moral behavior in students in the educational process is also analyzed. Keywords 212 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Education, moral education, social behavior, student personality, pedagogical process, moral values, educational methods, the role of the teacher. Bugungi kunda ta’lim tizimi faqat bilim berish emas, balki shaxsni har tomonlama yetuk, axloqiy va ijtimoiy jihatdan barqaror yetishtirish vazifasini ham bajaradi. O‘quvchilarning ijtimoiy va axloqiy xulq-atvorini shakllantirish — ularning jamiyatda faol, mas’uliyatli va odobli shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon pedagogik faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, o‘quvchi shaxsini tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim berish orqali o‘quvchilarning shaxsiy kamoloti, ma’naviy qadriyatlari va ijtimoiy faolligi qanday rivojlanishi mumkinligi yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, axloqiy tarbiyaning samarali usullari, o‘qituvchining roli va dars jarayonida axloqiy masalalarning integratsiyasi haqida fikr yuritiladi. Maqolada o‘quvchilarda axloqiy ongni uyg‘otish, mas’uliyat hissini rivojlantirish va sog‘lom ijtimoiy muhit yaratish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. 1. Ijtimoiy va axloqiy xulq-atvor tushunchasi Ijtimoiy xulq-atvor deganda shaxsning jamiyatdagi odob-axloq me’yorlariga asoslangan harakatlari tushuniladi. Axloqiy xulq-atvor esa, ma’naviy qadriyatlar, yaxshilik, halollik, adolat, vatanparvarlik kabi fazilatlarni o‘zida mujassam etgan harakatlar majmuidir. 2. Ta’limda axloqiy tarbiyaning o‘rni Maktab ta’limi o‘quvchilarda axloqiy me’yorlarni shakllantirishning asosiy bosqichidir. O‘qituvchining shaxsiy namuna ko‘rsatishi, dars jarayonida ijtimoiy- axloqiy masalalarga e’tibor qaratishi, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘rnatishi bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. 3. Axloqiy tarbiyaning samarali usullari Darsda integratsiyalashgan yondashuv: barcha fanlarda axloqiy va ijtimoiy mavzularni uyg‘unlashtirish; Rolli o‘yinlar va muhokamalar: turli ijtimoiy vaziyatlarni sahnalashtirish orqali to‘g‘ri va noto‘g‘ri xatti-harakatlarni farqlash; Kitob o‘qish va tahlil qilish: badiiy asarlar orqali axloqiy saboqlarni o‘rganish; Loyiha ishlari va jamoaviy topshiriqlar: hamkorlikda ishlash, mas’uliyat va hurmat kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish. 4. Ijtimoiy-axloqiy rivojlanishning bosqichlari O‘quvchilarda axloqiy xulq-atvor asta-sekinlik bilan shakllanadi. Boshlang‘ich sinflarda bu ko‘proq oddiy me’yorlarni o‘zlashtirish orqali bo‘lsa, 213 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yuqori sinflarda mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish va ijtimoiy mas’uliyatni his qilish orqali namoyon bo‘ladi. Metodik yondashuv orqali axloqiy va ijtimoiy tarbiya O‘quvchilarning ijtimoiy va axloqiy rivojlanishini ta’minlashda metodik yondashuv muhim ahamiyatga ega. Bu yondashuv o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyatini tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda olib borishini ta’minlaydi. Quyidagi metodlar axloqiy tarbiyani samarali tashkil etishda keng qo‘llaniladi: a) Integratsiyalashgan darslar Fanlararo integratsiya orqali har bir darsda axloqiy mavzularni uyg‘unlashtirish o‘quvchilar tafakkurida axloqiy tushunchalarni mustahkamlaydi. Masalan, tarix darsida vatanparvarlik, adabiyot darsida halollik va insoniylik mavzularini ochib berish mumkin. b) Hayotiy vaziyatlar tahlili (Case-study) O‘quvchilarga turli ijtimoiy muammolar aks ettirilgan vaziyatlar berilib, ularni tahlil qilish, yechim topish, bahs yuritish orqali axloqiy qaror qabul qilish ko‘nikmasi shakllantiriladi. c) Tarbiyaviy suhbat va munozaralar O‘quvchilar bilan muntazam tarzda axloqiy mavzularda suhbatlar tashkil etish orqali ularda fikrlash, o‘z pozitsiyasini ifodalash va boshqalarga hurmat bilan qarash odati shakllanadi. d) Shaxsiy namuna va kuzatuv metodlari O‘qituvchining shaxsiy namunasi — eng samarali tarbiyaviy vositalardan biridir. Shuningdek, o‘quvchilarning xatti-harakatlarini tahlil qilish, ularga individual yondashuv asosida yo‘l-yo‘riq berish ham tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshiradi. e) Refleksiya va o‘z-o‘zini baholash Har bir tarbiyaviy faoliyatdan so‘ng o‘quvchilarga o‘zlarini baholash imkoniyatini berish, ular o‘z xatti-harakatlari ustida o‘ylab ko‘rishlariga yordam beradi. Bu esa axloqiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa O‘quvchilarda ijtimoiy va axloqiy xulq-atvorni shakllantirish ta’lim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu jarayon o‘qituvchining fidoyiligi, ta’lim mazmunining to‘g‘ri tanlanishi va zamonaviy tarbiya metodlaridan foydalanishiga bog‘liq.

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role of education in the formation of social and moral behavior of students.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role of education in the formation of social and moral behavior of students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
212, axloqiy tarbiya, o‘qituvchi roli., tarbiyaviy metodlar, ijtimoiy xulq-atvor, o‘quvchi shaxsi, axloqiy qadriyatlar, Ta’lim, pedagogik jarayon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники