К содержанию
РецензированоUZ2026

KUTUBXONADA BIBLIOGRAFIK KO‘RSATKICHLAR

KUTUBXONADA BIBLIOGRAFIK KO‘RSATKICHLAR · Abdujalilova Durdona Alisher qizi · TDYU ARM Bibliograf · Xalikova Muxabbat Akbar qizi · Sharipova Shamsiya Jahongir qizi

Академические исследования в современной науке · 19 · 2026

Аннотация

Mazkur materialda bibliografik ko‘rsatkichlarning turlari, ularning mazmuni, ahamiyati hamda tuzilish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bibliografik ko‘rsatkichlar – zamonaviy kutubxonachilikning muhim vositasi bo‘lib, foydalanuvchilarga kerakli ma’lumotni tizimli tarzda topishda yordam beradi. Maqolada mavzuli, shaxsiy, hududiy va tavsiyaviy ko‘rsatkichlar hamda ularning kutubxona faoliyatidagi o‘rni yoritilgan. Bu ma’lumotlar kutubxona xodimlari va foydalanuvchilarga bibliografik axborot bilan ishlashda amaliy yordam beradi. Annotation: This material provides detailed information about the types, structure, and importance of bibliographic indexes. Bibliographic indexes are essential tools in modern librarianship, helping users efficiently locate the information they need. The article highlights thematic, personal, regional, and recommended indexes, as well as their role in library services. This resource serves as a practical guide for both library staff and users in working with bibliographic information. Kalit so‘zlar: Bibliografik ko‘rsatkich, kutubxona, axborot xizmati, mavzuli ko‘rsatkich, shaxsiy ko‘rsatkich, hududiy ko‘rsatkich, tavsiyaviy ko‘rsatkich, bibliografiya, kutubxonachilik, foydalanuvchi, ma’lumot izlash, axborot manbasi, bibliografik yozuv. Keywords: Bibliographic index, library, information service, subject index, personal index, regional index, recommended index, bibliography, librarianship, user, information search, information source, bibliographic entry. Kutubxonalar – jamiyatning bilim va madaniyat markazi bo‘lib, foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy kutubxona faoliyatining eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bu – axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatishdir. Mazkur xizmat doirasida foydalanuvchilarga turli mavzular, mualliflar yoki hujjatlar bo‘yicha kerakli ma'lumotlarni topishda yaqindan yordam beriladi. Bu jarayon bibliografik manbalar, ayniqsa, bibliografik ko‘rsatkichlar orqali amalga oshiriladi. 22 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bibliografik ko‘rsatkichlar – bu muayyan mavzular yoki shaxslar bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini tizimli tarzda jamlagan axborot manbai hisoblanadi. Ular foydalanuvchilarga kerakli hujjatni izlab topish, tanlash va undan foydalanishda aniq yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Ayniqsa, ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilar, talabalar, izlanuvchilar uchun bibliografik ko‘rsatkichlar – qimmatli yordamchi vosita hisoblanadi. Shuningdek, kutubxonada xizmat ko‘rsatish sifati, axborotga tezkor kirish imkoniyatlari, zamonaviy bibliografik texnologiyalardan foydalanish kabi jihatlar ham aynan bibliografik ko‘rsatkichlar orqali yuqori darajada ta’minlanadi. Shu boisdan, ularni yaratish va doimiy yangilab borish har qanday kutubxonaning ustuvor vazifalaridan biridir. Bibliografik ko‘rsatkichlarning turlari. Bibliografik ko‘rsatkichlar bir necha turlarga bo‘linadi va har biri ma’lum bir maqsadga xizmat qiladi. Mavzuli ko‘rsatkichlar muayyan mavzuga oid adabiyotlarni qamrab oladi. Shaxsiy (biobibliografik) ko‘rsatkichlar mashhur shaxslarning hayoti va ijodi haqidagi manbalarni jamlaydi. Hududiy ko‘rsatkichlar ma’lum bir hudud yoki mintaqaga oid adabiyotlarni o‘z ichiga oladi. Tavsiyaviy ko‘rsatkichlar esa o‘quvchilarga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatini beradi. Bundan tashqari, umumiy, tanlovli va tematik ko‘rsatkichlar ham mavjud. Har bir turdagi ko‘rsatkich foydalanuvchining axborot izlash ehtiyojiga mos ravishda tuziladi. Quyida Bibliografik ko‘rsatkichlar turlarini kengroq yoritib o’tamiz. Mavzuli bibliografik ko‘rsatkichlar – bu muayyan mavzu bo‘yicha to‘plangan adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan bibliografik manbadir. Ular foydalanuvchilarga kerakli mavzudagi ilmiy, o‘quv yoki ommabop adabiyotlarni izlashda yengillik yaratadi. Mavzuli ko‘rsatkichlar asosan tarix, adabiyot, fan, texnika, iqtisodiyot kabi sohalarga oid bo‘lishi mumkin. Ular mavzular bo‘yicha alfavit yoki tizimli tartibda joylashtiriladi. Ko‘rsatkichlar kitobxonlarga aniq bir yo‘nalishda chuqur o‘rganish, tadqiqot olib borish yoki mutolaa qilish imkonini beradi. Bu turdagi ko‘rsatkichlar ilmiy izlanishlar uchun juda foydalidir. Shaxsiy (biobibliografik) ko‘rsatkichlar — bu mashhur shaxslar, asosan olimlar, yozuvchilar, san’atkorlar, davlat arboblari hayoti va ijodiga oid adabiyotlarni o‘z ichiga olgan bibliografik manbadir. Ushbu ko‘rsatkichlarda shaxsning tarjimai holi, uning asarlari, u haqida yozilgan maqolalar, tanqidiy fikrlar, intervyular va boshqa materiallar tartiblangan holda beriladi. Biobibliografik ko‘rsatkichlar muayyan shaxs faoliyatini chuqur o‘rganish, ilmiy- 23 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tadqiqot ishlari olib borish va ma’lumot to‘plash uchun muhim vosita sanaladi. Ular yodga olish tadbirlari, yubileylar munosabati bilan ham nashr etiladi. Hududiy (regional) bibliografik ko‘rsatkichlar – bu muayyan geografik

Доказательный фрагмент

«Mazkur materialda bibliografik ko‘rsatkichlarning turlari, ularning mazmuni, ahamiyati hamda tuzilish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur materialda bibliografik ko‘rsatkichlarning turlari, ularning mazmuni, ahamiyati hamda tuzilish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bibliographic index, library, information service, subject index, tavsiyaviy ko‘rsatkich, kutubxona, hududiy ko‘rsatkich, kutubxonachilik, foydalanuvchi, shaxsiy ko‘rsatkich, Bibliografik ko‘rsatkich, bibliografik yozuv., bibliografiya, axborot xizmati, ma’lumot izlash, axborot manbasi, mavzuli ko‘rsatkich
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники