К содержанию
РецензированоUZ2026

MILLIY KURSH SPORT TURINI OʻZBEKISTONGA KIRIB KELISHI

Shodiqulov Sirojiddin Maxmadqobilovich

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article discusses the introduction of national wrestling to Uzbekistan, its historical roots, its role in the life of the people, and its development stages. It provides information about the existence of wrestling since ancient times, its status during the Soviet era, and its recognition as an official sport in the years of independence. The article also analyzes the international popularity of wrestling and its current significance. The article highlights the importance and role of wrestling as a national heritage. Keywords: National wrestling, national wrestling in Uzbekistan, history of wrestling, Uzbek wrestling, traditional sports, wrestling of Turkic peoples, national culture. Milliy kurash — turkiy xalqlar orasida qadimdan mavjud bo‘lgan an’anaviy sport turlaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston hududida ham o‘zining o‘zgacha o‘rni va 73 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tarixi mavjud. Ushbu sport turi nafaqat jismoniy tayyorgarlikni oshirish, balki xalqimizning milliy madaniyati va an’analarini saqlab qolishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonga milliy kurash sporti qadim davrlardan kirib kelgan, chunki bu hudud turkiy xalqlar yashagan maskan hisoblanadi. Kurash qadimdan xalq orasida jang san’ati sifatida, shuningdek, bayramlar, festival va boshqa muhim tadbirlarda o‘tkaziladigan sport o‘yinlari sifatida keng tarqalgan. Tarixiy manbalarda o‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning milliy kurashi haqida ko‘plab ma’lumotlar uchraydi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy kurash sportining rivojlanishiga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Milliy kurash federatsiyalari tashkil etilib, bu sport turi rasmiy tan olindi va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga kirishildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda milliy kurash yoshlar orasida mashhurlikka erishgan bo‘lib, u orqali nafaqat sportchilar, balki keng jamoatchilik orasida ham milliy ruhiy qadriyatlar yanada mustahkamlanmoqda [1]. Milliy kurash nafaqat jismoniy kuch va mahoratni talab qiladi, balki sportchi sabr-toqat, adolat, hurmat kabi insoniy fazilatlarni ham o‘zida mujassamlashtiradi. Shu bois, O‘zbekistonda milliy kurashni ommalashtirish va yosh avlodga yetkazish uchun ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalarida o’qitiladigan jismoniy tarbiya fanlari tizimidan o’rin olgan milliy kurash o’quv predmeti yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshiruvchi, ma’naviy-axloqiy salohiyati, irodaviy sifatlarini yuksaltiruvchi, ularni ijtimoiy mehnat va Vatan mudofaasiga tayyorlovchi muhim vosita sifatida keng targ’ib qilinmoqda. Zero, bu fan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqib, oʻquvchi yoshlarimizni: - Jismoniy chiniqqan, barkamollik, baquvvat insonlar bo’lib yetishishga; - Irodali, matonatli, dovyurak va jasoratli bo’lishga; - Mutelik va jur’atsizlikdan holi, har qanday xavf-xatarni bartaraf qilishga tayyor turuvchi mard o’g’lonlar bo’lishiga; - Mustaqil fikr, erkin tafakkur, ijodkor, tashabbuskor bo’lib yetishiga; - O’zligini chuqur anglagan, iymon-e’tiqodli, insof-diyonatli, sabr-qanoatli, mehr-oqibatli, insonlar bo’lib, Vatanimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlashgan tayyor turishni o’rgatishga; - Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy merosni asrab- avaylab, ko’paytirishga, xalqini, millatini har qanday nosozliklardan mudofaa qilishga tayyor turishga yo’lovchi fan bo’lib xizmat qiladi. 74 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bu hol yoshlarimizni bugungi shiddatkor hayot va jamiyat talablariga javob bera oladigan insonlarga, yangi bunyod etiladigan jamiyatning faol ishtirokchilariga aylantirishi tabiiydir [3]. Milliy istiqlol tufayli o’zbek kurashi jahonga tanildi. U o’zining jozibadorligi, go’zal va nafis harakatlarga ega bo’lganligi sababli jahon xalqlarida katta qiziqish uyg’otdi. Bugungi kunda Lotin Amerikasi, Yevropa, Osiyo qit’asining ko’plab mamlakatlari o’zbek kurashiga katta e’tibor qaratib, kurash bo’yicha tashkil etiladigan musobaqalarni, kongresslarni ishtiyoq bilan kuzatmoqdalar. Milliy kurash xalqimizning qadimiy, hammabop, keng tarqalgan, halollikni talab etadigan, g’irromlikdan yiroq bo’lgan qadriyatlardan biri. U milliy mustaqiilik yillarida keng quloch yozdi, keng sarhadlarga ega bo’ldi, u jahonni qamrab olmoqda. Yer kurrasining besh qit’asidagi 100 dan ortiq mamlakatlarida o’zbek kurashining ixlosmandlari, muxlislari va ishtirokchilari mavjud. Milliy g’urur, halollik, fidoiylik, mag’rurlik, jasoratni o’zida mujassamlashtirgan milliy o’zbek kurashi 1992-yildan boshlab nufuzli musobaqalar sababchisi bo’lmoqda. Qorako’lda “Tursun ota”, Shahrisabzda “Amir Temur”, Surxondaryoda “at- Termiziy”, Buxoroda “Bahouddin Naqshband”, Andijonda “Bobur Mirzo”, Xorazmda “Pahlavon Mahmud” xotirasiga bag’ishlab Prezident sovrini uchun o’tkazilgan xalqaro turnirlar o’zbek kurashining yuksak darajaga ko’tarilishida, jahon sport olamiga yangi tur bo’lib kirish

Доказательный фрагмент

«This article discusses the introduction of national wrestling to Uzbekistan, its historical roots, its role in the life of the people, and its development stages.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the introduction of national wrestling to Uzbekistan, its historical roots, its role in the life of the people, and its development stages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
National wrestling, national wrestling in Uzbekistan, history of, Milliy kurash sporti, O‘zbek kurashi, An’anaviy sport turlari, Oʻzbekistonda milliy kurash, Milliy madaniyat., kurashning tarixi, Turkiy xalqlar kurashi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники