К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA ULARNING NEYROPEDAGOGIK XUSUSIYATLARINI AHAMIYATI.

NEYROPEDAGOGIK XUSUSIYATLARINI AHAMIYATI. · Maxmadiyorova Marjona Bunyod qizi · To'rayeva Mohidil Muhiddin qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi)

Академические исследования в современной науке · 3 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada neyropedagogika fanining asosiy tushunchalari, bolalarning individual neyroxususiyatlari va ularni hisobga olgan holda taʼlim jarayonini tashkil etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy taʼlim texnologiyalarining neyropedagogik yondashuv bilan uyg‘unlashtirilishi natijasida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish darajasi qanday oshishini ko‘rsatib beriladi. Bolalarda ta'limiy va tarbiyaviy yondashuv orqali bilim va ko‘nikmalarni oshirishga yordam beruvchi texnalogiyalar mohiyatini yoritib berishga yordam beradi Kalit soʻzlar: neyropedagogikaning mohiyati,neyropedagogika, individual yondashuv, o‘yin texnologiyalari, emotsional intellekt, metakognitiv strategiyalar. Zamonaviy pedagogika sohasida har bir o‘quvchining psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, bolalar miyasi qanday ishlashi, qanday sezadi, eslaydi va bilimni o‘zlashtiradi – bu jarayonlar neyropedagogika orqali chuqur tadqiq qilinmoqda. Neyropedagogika o‘qituvchilarga har bir bola bilan shaxsiy yondashuv asosida ishlash imkonini beradi.Bolalarga ta’lim va tarbiya unberish jarayonida ta’lim oluvchi shaxsini har tomonlama va chuqur bilish,ularning psixofiziologik xususiyatlari bilan bir qatorda neyrologik imkoniyatlari hamda jihatlarini xisobga olish talab qilinadi. Ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishga qiynalayotgan o‘quvchilarga murabbiy va pedagoglar tomonidan alohida e’tibor qaratilishi muhim bo‘lib, o‘quv dasturlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirmaslik shaxsning intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kundalik tajribadan ma’lumki, o‘quvchilarning barchasi diqqati va xotirasining xajmi, uni ko‘chuvchanligi, ma’lumotlarni qabul qilish va o‘zlashtirish tezligi, borliqni tasavvur qilishi va anglashi, “dunyoni ko‘rishi” bilan bir-biridan farq qiladi. Buning asosiy sababi – inson hayoti faoliyatida bosh miya yarimsharlarining biri etakchi ahamiyatga ega ekanligidadir. Chunki, ta’lim-tarbiya jarayonida bosh miya chap yarimshariga tayanish faqat chap yarimsharning faol rivojlanishiga, o‘ng yarimshariga tayanish esa yarimsharlarning har ikkalasini faol rivojlanishiga olib keladi . 84 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Asosiy qism: Neyropedagogikaning mohiyati – bu pedagogika, neyropsixologiya va neyrofiziologiya fanlarining integratsiyasi asosida vujudga kelgan yangi ilmiy sohaga mansub fan bo‘lib, miya faoliyati va o‘rganish jarayoni o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Bu fan quyidagilarga asoslanadi: - Har bir bolaning miyasida informatsiyani qabul qilish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlari turlicha bo‘ladi; - Stress, motivatsiya, diqqat va hissiy holat taʼlim samaradorligiga kuchli taʼsir ko‘rsatadi; - O‘yin, harakat, tasvir, ovoz kabi elementlar orqali bilim berish o‘quvchining faol ishtirokini taʼminlaydi. Neyropedagogik xususiyatlarni hisobga olgan taʼlim texnologiyalari quyidagilardan iborat: 1.Differensial yondashuv -bu o‘rganilayotgan hodisa voqeani mayda bo‘laklarga ajratib ularni har birini o‘zgarishlarini ancha aniqlik bilan tahlil qilish uslubidir. O‘quvchilarning individual o‘ziga xosligi – yaʼni idrok, xotira va tafakkur darajasiga qarab mos uslub tanlanadi. Bunda o‘quvchining imkoniyatlari inobatga olinadi. Masalan: Mavzu: "Suv aylanishi" (tabiiy fanlarda): Kuchli o‘quvchi: Infografika (ma'lumotlarni vizual tarzda ya'ni ko‘rish orqali tushunish) yaratadi yoki tajriba rejasini tuzadi .O‘rtacha o‘quvchi: Matndan asosiy bosqichlarni ajratib yozadi. Qiyinchilik qilayotgan o‘quvchi: Rasmga qarab suv aylanishi bosqichlarini nomlaydi. Bu metod orqali har bir o‘quvchi o‘z imkoniyatiga qarab muvaffaqiyatga erisha oladi. Bu o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini aniqlashga yordamlashadi. 2.Vizual va auditiv texnologiyalar - ko‘rish va tinglash orqali ma'lumotga ega bo‘lish imkoniyatini anglatadi.O‘quv materiallari rasmlar, diagrammalar, audiomatnlar orqali yetkaziladi. Bu usul sezgi organlari orqali bilimni chuqurroq qabul qilishga xizmat qiladi. Bu texnalogiyaga oid quyidagi metoddan foydalanishimiz mumkin: Metod nomi: "Flipped Classroom" (Teskari sinf) Mazmuni: O‘quvchilarga darsdan oldin video dars yuboriladi. Ular uyda videoni ko‘rib chiqib kelishadi, dars vaqtida esa o‘rganganlarini muhokama qilish, amaliyot bajarish yoki savollarga javob berish bilan shug‘ullanishadi. 85 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Afzalligi:Har bir o‘quvchi videoni o‘z tezligida ko‘radi. Darsda ko‘proq interaktivlik bo‘ladi va o‘quvchilar faollik ko‘rsatadi. Auditiv texnologiyaga oid metod: Metod nomi: "Tinglab tushunish" (Listening comprehension) Mazmuni: O‘quvchilarga audioyozuv (matn, suhbat, hikoya) tinglatiladi, so‘ngra: •Savollarga javob berish; •Matnni yozib olish; •Muhokama qilish; •Tushunchalarni aniqlash ishlari bajariladi; Afzalligi: Eshitish va tushunish malakasi rivojlanadi; Til o‘rganishda juda samarali; 3.Emotsional intelligensni rivojlantirish - O‘quvchilarning hissiy hola

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada neyropedagogika fanining asosiy tushunchalari, bolalarning individual neyroxususiyatlari va ularni hisobga olgan holda taʼlim jarayonini tashkil etish yo‘llari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada neyropedagogika fanining asosiy tushunchalari, bolalarning individual neyroxususiyatlari va ularni hisobga olgan holda taʼlim jarayonini tashkil etish yo‘llari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
emotsional intellekt, metakognitiv strategiyalar., neyropedagogika, individual yondashuv, o‘yin texnologiyalari, neyropedagogikaning mohiyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники