К содержанию
РецензированоUZ2017

JAMOATCHILIK NAZORATI FAOLIYATINING MAHALLA MASKANLARIDAGI O’RNI

JAMOATCHILIK NAZORATI FAOLIYATINING · MAHALLA MASKANLARIDAGI O’RNI · Xidirov Furqat Shukurullayevich

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2017

Аннотация

The Strategy of Actions, the Law "On Public Control", the Law "On Internal Affairs Bodies", the problem of forming an effective system of public control over the activities of internal affairs bodies, the tasks assigned to internal affairs bodies to protect the lives, health, rights and freedoms of citizens, property and the interests of society from criminal and other unlawful encroachments, etc. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish vazifasi belgilab berilgan. Xususan, bu borada, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuni (2018-yil 12-aprel) qabul qilinganligi mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ijtimoiylashuvi hamda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi. Ma’lumki, ichki ishlar organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri fuqarolik jamiyati institutlari bilan konstruktiv muloqotni amalga oshirishga qaratilgan jamoatchilik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Shu bois, mamlakatimiz Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5005-son Farmonida ichki ishlar organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan jamoatchilik https://scientific-jl.com/wsrj 1 6 0 Volume-40_Issue-1_June-2025 World scientific research journal nazoratini kuchaytirish vazifasi alohida belgilab berildi”1 . Aytish o‘rinliki, ichki ishlar organlari va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning xususiyati mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning muhim ko‘rsatgichlaridan biri hisoblanadi, chunki aholi ichki ishlar organlari misolida davlat vakilini ko‘radi. Shu boisdan bejizga emas, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017- yilning 9-fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyatida, tizimda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish, istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan nutqida “Ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo‘lsin”, deb alohida ta’kidlagan. Buning zamirida ichki ishlar organlariga yuksak mas’uliyat yuklatilishi barobarida davlatning xalq bilan bevosita ish olib boruvchi vakili – ichki ishlar organlari xodimlariga, ham ishonch, ham yuksak mas’uliyatni his etgan holda xalq manfaati yo‘lida fidoiylik bilan xizmat qilish vazifasini yuklaydi. Shuning uchun ham ichki ishlar organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Chunonchi, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali, jamiyat uchun muhim bo‘lgan maqsadlarga erishiladi, ya’ni u orqali ichki ishlar organlari faoliyatida inson huquqlari va erkinliklarining himoya qilinishi, fuqarolar va jamoatchilik tashkilotlarining qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qarorlar qabul qilinishida jamoatchilik fikrining inobatga olinishi ta’minlanadi. Aynan jamoatchilik nazorati ichki ishlar organlari faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash, uning faoliyati samaradorligini oshirish, qonunga xilof va jamoat manfaatlariga zid bo‘lgan qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish xavfini bartaraf etishning muhim vositasi hisoblanadi. Shuni qayd etish joizki, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda huquqiy me’yorlar poydevor vazifasini bajaradi. Huquqiy me’yorlarning asos vazifasini bajarishi jamoatchilik nazoratining har bir qadami mavjud hujjatlar asosida qo‘yilishini taqozo etadi. Jumladan ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati O‘zbekiston Respublikasining Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonuni talablari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3837-son qarori, 2020-yil 16-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5980-son Farmoni hamda Ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-martdagi “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 83-sonli, 2018-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzuridagi 1 O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-son Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 2016. – № 38. – 438-m. https://scientific-jl.com/wsrj 1 6 1 Volume-40_Issue-

Доказательный фрагмент

«The Strategy of Actions, the Law "On Public Control", the Law "On Internal Affairs Bodies", the problem of forming an effective system of public control over the activities of internal affairs bodies, the tasks assign…»

Образец извлечения

Демо-превью

The Strategy of Actions, the Law "On Public Control", the Law "On Internal Affairs Bodies", the problem of forming an effective system of public control over the activities of internal affairs bodies, the tasks assign… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ichki ishlar, ishlar organlari, jamoatchilik nazorati, organlari faoliyatida, zbekiston respublikasi, internal affairs, affairs bodies
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники