К содержанию
РецензированоUZ2026

MAHMUD ZAMAXSHARIYNING “ASOSU-L- BALOG‘A” ASARI: ARAB TILSHUNOSLIGI VA BALOG‘AT ILMINING NOYOB NAMUNASI

Salimova Sitora-Bonu Nuritdin qizi

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir va tilshunos Mahmud Zamaxshariyning “Asosu-l-balog‘a” asari tahlil qilinadi. Asarning arab tilshunosligi va balog‘at ilmi rivojidagi o‘rni, tuzilishi, ilmiy-uslubiy yondashuvlari, so‘zlarning semantik va majoziy ma’nolari, shuningdek, asarda ishlatilgan manbalar asosida tahlil beriladi. Zamaxshariyning lug‘atshunoslikdagi uslubi, tilning fasohat va balog‘at jihatlarini yoritishda tutgan yondashuvi zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan ham tahlil etiladi. Maqolada “Asosu-l-balog‘a” asarining lug‘atshunoslikda tutgan o‘rni, uning uslubiy yangiliklari va boy ilmiy merosi yoritilgan. Kalit so‘zlar: Mahmud Zamaxshariy, “Asosu-l-balog‘a”, arab tilshunosligi, balog‘at ilmi, lug‘atshunoslik, fasohat, semantika, Qur’on, hadis, frazeologizm, maqol, she’riy parchalar. Mahmud Zamaxshariy — o‘rta asrlar arab tilshunosligi va adabiyoti sohasida muhim shaxs hisoblanadi. U nafaqat mashhur tafsirchi va hadisshunos, balki arab tilshunosligi va balog‘at ilmining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimdir. Uning “Asosu-l-balog‘a” asari, arab tilining grammatikasi va lug‘atshunosligiga oid ulkan ilmiy meros sifatida tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan. Asar tilning nafaqat grammatika, balki uning leksik tarkibiga oid muhim nazariyalar va tushunchalarni o‘z ichiga olgan. Zamaxshariyning lug‘atshunoslikka bo‘lgan qarashlari, shu davrning ilmiy an’analari bilan bog‘liq bo‘lib, u tilning o‘zaro aloqalarini, o‘zgarishlarini va rivojlanishini tasavvur etishda yangi bir nazariy yondashuvlarni taklif etgan. Zamaxshariyning “Asosu-l-balog‘a” asari, arab tili haqidagi ilmiy tafakkurni o‘zgartirishda muhim rol o‘ynadi. Olim arab tilining leksik tarkibini tahlil qilib, so‘zlarning etimologiyasi, semantikasini va qo‘llanilishini ilmiy asosda izohlagan. U, shuningdek, so‘zlarning o‘zaro aloqalarini, ma’nolarining o‘zgarishini va til o‘zgarishlarini chuqur o‘rgangan. Asar arab lug‘atshunosligida ham muhim ahamiyatga ega asar sifatida e’tirof etiladi. A.Rustamovning fikricha, “Zamaxshariy o‘zining “Asosu-l-balog‘a” asari bilan arab lug‘atshunosligini bir necha pog‘ona yuqori ko‘targan”. Zamaxshariy mazkur lug‘atda so‘zlarni ularning barcha o‘zak undoshlarini hisobga olgan holda alifbo tartibida joylashtirgan. Shu bilan birga, lug‘atdagi so‘zlarni o‘sha davrda https://scientific-jl.com/wsrj 1 8 0 Volume-40_Issue-1_June-2025 World scientific research journal iste’molda bo‘lgan jumla va iboralar tarkibidan ajratmagan holda bergan. Bu usul so‘z ma’nolarini har tomonlama va batafsil izohlash uchun o‘ziga xos zamin yaratadi. Mahmud Zamaxshariy “Asos-ul-balogʻa”da arab adabiy tilining fasohatini aks ettirishga harakat qilgan. Lugʻatning muqaddima qismida yozishilicha, muallif bu usul bilan u soʻzga chechan kishilar, yetuk adiblar yetishtirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Aynan shuning uchun u oʻz asarini “ةغلابلا ساسا ” , ya’ni “Balogʻat asoslari” deb nomlagan. Lugʻat arab alifbosiga muvofiq 28 harfga boʻlingan boʻlib, 3742 ta lugʻat maqolani oʻz ichiga oladi. Muallif har bir harf qismini «bob» deb nomlagan. Boblar esa o‘z navbatida so‘zning ikkinchi o‘zak undoshiga muvofiq ajratilgan va ular “fasl” deb nomlangan. Mahmud Zamaxshariyga mazkur asarni yaratishda uning tilshunoslik, lugʻatshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix kabi sohalarda toʻplagan bilim va tajribalari yaqindan yordam bergan. V.M.Belkinning fikriga koʻra, “odatda oʻz lugʻatlarida arab tili leksikasining sofligini qayd etgan va uni kafolatlagan lugʻatshunoslar grammatik masalalar bilan shugʻullanmaganlar. Faqatgina Mahmud Zamaxshariy ham grammatika, ham lugʻatshunoslikda original asarlar yarata olgan”1. Mahmud Zamaxshariy tomonidan rivojlantirilgan lugʻat maqolalarni alifbo tartibida berish usuli bugungi kun lugʻatshunosligida keng qoʻllanilmoqda. “Asosu-l-balog‘a” lugʻati nafaqat Mahmud Zamaxshariyning leksikografik merosida, balki an'anaviy arab lugʻatshunosligining rivojlanish tarixida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu oʻrinda Fozil Solih as-Samaroiy shunday deydi: “Asosu-l- balog‘a” boshqa lugʻatlardan ajralib turadigan lugʻatdir. Undan avval ham, keyin ham lugʻatshunoslik ilmida bunday uslubda lugʻat tuzilmagan. Bu lugʻat soʻzlarning joylashtirilishi osonligi bilan ajralib turadi. Shu boisdan boshqa lugʻatlar uning oʻrnini bosa olmaydi. Agar boshqa lugʻatlar oʻz kuchini yoʻqotsa ham, “Asosu-l-balog‘a” oʻz kuchida qoladi”. “Asosu-l-balog‘a”da jami 3742 ta lugʻat maqola boʻlib, ular tarkibiga ko‘ra quyidagi qismlardan iborat: a) bosh soʻz; b) bosh soʻzning asosiy ma’nosi; v) bosh soʻz hosilalari (fe’llarning boblari (oʻtgan va hozirgi zamon), aniq va majhul daraja sifatdoshlari, masdarlari va hokazo) ishtirok etgan jumlalar; g) bosh soʻzni izohlash uchun qoʻllanilgan Qur’on oyatlari, hadislar, xalifa va sahobalarning soʻzlari, she’riy asarlardan olingan parchalar, frazeologizmlar, maqollar; d) soʻzning majoziy ma’nosi; e) bosh soʻz majoziy ma’noda ishlatilgan jumlalar. https://scientific-jl.com/wsrj 1 8 1 Volume-40_Issue-1_June-2025 World scien

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada buyuk mutafakkir va tilshunos Mahmud Zamaxshariyning “Asosu-l-balog‘a” asari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir va tilshunos Mahmud Zamaxshariyning “Asosu-l-balog‘a” asari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fasohat, Kalit so‘zlar: Mahmud Zamaxshariy, lug‘atshunoslik, “Asosu-l-balog‘a”, she’riy parchalar., maqol, frazeologizm, hadis, arab tilshunosligi, semantika, Qur’on, balog‘at ilmi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники