К содержанию
РецензированоRU2018

TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI OLDINI OLISHDA YOSHLARNING HUQUQIY ONGINI OSHIRISH

Xidirov Furqat Shukurullayevich

Журнал инноваций нового века · 2018

Аннотация

Crimes related to extremism and terrorism have acquired a transnational and cross-border nature, increasing the level of social danger, emerging global dangers and threats, and the responsibilities of state bodies in ensuring peace and security. Аннотация: Преступления, связанные с экстремизмом и терроризмом, приобрели транснациональный и трансграничный характер, что обусловило повышение уровня общественной опасности, возникновение глобальных опасностей и угроз, а также ответственности государственных органов за обеспечение мира и безопасности. Dunyoda so‘ngi yillarda ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar transmilliy va transchegaraviy xususiyat kasb etib, ijtimoiy xavflilik darajasi keskin oshib bormoqda. Xususan, 2018–2024-yillarda dunyoning 100 dan ziyod mamlakat hududida 5 mingdan ortiq terroristik harakatlar sodir etilib, ularning oqibatida 30 mingdan ko‘proq inson halok bo‘lgan yoki jarohatlangan1. Terrorizmga qarshi kurashish borasida dunyoda keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, mazkur turdagi jinoyatlar miqdori kamaymayapti. Bugungi kunda terrorizm umumbashariy halqaro muammoga aylandi. Shu sababli terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy va kriminologik usul va asoslarini takomillashtirishga ehtiyoj ortib bormoqda hamda ularni yanada takomillashtirish dolzarb hisoblanadi. Dunyo miqyosida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi Iqtisod va tinchlik xalqaro institutining terrorizmning global indeksi bo‘yicha bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston, Iroq, Somali, Burkina-Faso, Suriya, Nigeriya, Mali, Niger va Pokiston davlatlarida terrorizm xavfi yuqori hisoblanadi. Oxirgi o‘n yillikda terrorchilik harakatlari oqibatida yuzaga kelgan o‘lim holati 182 ming nafarni tashkil etganligi bu illatning shaxs, jamiyat, davlat va insoniyat uchun qanchalik xavfli ekanligini ko‘rsatmoqda2. Bugungi kunda jahon miqyosida yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, avvalo, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, yoshlar o‘rtasida xalqimizga yot g‘oyalar tarqalishining tobora kuchayib 1 Cоунтрй Репортс он Террорисм 2024– Доклад Государственного департамента США о проблемах борбы с терроризмом в мире // www.стате.гов – офитсиалный веб-сайт Государственного департамента США. 2 https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi https://scientific-jl.com/new 11 88 11 Volume–78_Issue-1_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS borayotganligi ichki ishlar organlari oldiga o‘z vaqtida ushbu tahdidlarni oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha yangi vazifalarni qo‘ymoqda3. Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish masalasi davlat hokimiyati va huquq- tartibot organlari oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Yaqin qo‘shni va uzoq mamlakatlarda sodir bo‘layotgan ichki noroziliklar va siyosiy inqirozlar tahlili aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida ishonchli hamkorlikning yo‘qligini ko‘rsatmoqda. Bu holatlar aholi bilan bevosita ishlaydigan ichki ishlar organlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish faoliyatiga oid masalalarni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etishni hamda globallashuv davrida ushbu faoliyatni takomillashtirib borishni talab etmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarning huquqiy ongi va jamiyat huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bu borada qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi hamda ushbu yo‘nalishdagi islohotlar jamiyat hayotiga keng tatbiq etib kelinmoqda. Xususan, “Jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirish” milliy dasturi doirasida jamiyatning barcha sohalarida huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqiy ta’lim va tarbiyani kuchaytirish, yuridik mutaxassislarni tayyorlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, davlat va jamiyat hayotini adolat mezonlari asosida boshqarishda ijobiy natijalarga erishildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF–5618-son “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish bo‘yicha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu Farmon bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasida yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ta’lim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini kengaytirish, jamiyat hayotida muhim o‘rin tutuvchi fuqarolik jamiyati institutlari, davlat va nodavlat tashkilotlariga huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi4. Biroq, ushbu yo‘nalishdagi ishlar tahlil qilinganda, jamiyat huquqiy madaniyatini 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezident

Доказательный фрагмент

«Crimes related to extremism and terrorism have acquired a transnational and cross-border nature, increasing the level of social danger, emerging global dangers and threats, and the responsibilities of state bodies in…»

Образец извлечения

Демо-превью

Crimes related to extremism and terrorism have acquired a transnational and cross-border nature, increasing the level of social danger, emerging global dangers and threats, and the responsibilities of state bodies in… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy madaniyatni, huquqiy madaniyatini, jamiyatda huquqiy, madaniyatini yuksaltirish, madaniyatni yuksaltirish, terrorizm bog, bog liq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники