К содержанию
РецензированоRU2026

TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TIL O‘RGANISH: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR

IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR · Ilmiy rahbar: Egamberdiyev J.J. · Ma’murova Nigoraxon Jo‘rabek qizi (Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili filologiyasi va o‘qitish)

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

С момента провозглашения XXI века веком технологий, до настоящего времени они продолжают играть важную роль в развитии всех сфер жизни. В данной статье рассматривается роль технологий в сфере образования. Более конкретно, речь идет о возможностях и проблемах изучения новых языков с использованием технологий. Kalit so’zlar: til o’rganish, sun’iy intellekt,mobil ilovalar,online ta’lim,ijtimoiy tarmoqlar,eshitish va ko’rish orqali o‘rganish. Ключевые слова: изучение языков, искусственный интеллект, мобильные приложения, онлайн-обучение, социальные сети, изучение через аудио и видео. Keywords: language learning, artificial intelligence, mobile applications, online education, social media, learning through listening and watching. Til — bu insonlarning fikrlarini, his-tuyg‘ularini, bilim va tajribalarini bir biriga ifodalash, muloqot qilish uchun foydalanadigan belgilar, yaʼni so‘zlar, tovushlar, imo- ishoralarning tizimli majmuasi hisoblanadi. Til nafaqat gapirish va yozish vositasi, balki madaniyat va jamiyatning muhim qismi hisoblanadi. Tilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - oʻzaro axborot almashish - o‘ylash qobiliyatini shakllantirish va uni ifodalash - jamiyatda muloqot qilish va munosabatlarni tartibga solish https://scientific-jl.com/new 22 00 22 Volume–78_Issue-1_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish va e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday holatning asosiy sababi shundaki, uzoq yillar davomida an’anaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar, asosan, tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar esa ularni bilimlarni mustaqil ravishda izlab topishga, tahlil qilishga va mustaqil xulosa chiqarishga yo‘naltirmoqda. Bu esa o‘quvchini faol fikrlashga, muammoli vaziyatlarni hal qilishga, ijodiy yondashuvga undaydi. Barchamizga ma’lumki, til — bu o‘zaro muloqot vositasi, tafakkur ifodasi va insoniyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. Har bir xalq uchun o‘z ona tili bebaho qadriyat, millatning g‘ururi hisoblanadi. Til millatning ongi va xotirasi, ruhiyati, ma’naviy va madaniy qiyofasi, milliy qadriyatlari hamda tarixiy merosidir. Shu sababli tilning millat, davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni beqiyos bo‘lib, u doimo e’tiborda bo‘lishi lozim. Jamiyat taraqqiy etgan sari, tilga bo‘lgan muhabbat va e’tibor ham ortib boradi. Ayni paytda, ijtimoiy hayotdagi har qanday taraqqiyot tildagi o‘zgarish va rivojlanishlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. XXI asr — axborot texnologiyalari asri bo‘lib, ayniqsa til o‘qitish jarayoniga kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Agar XX asrda bu katta muammo sifatida qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda bu vositalardan til o‘qitishda samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Kompyuter texnologiyalari yordamida til o‘rganish nafaqat osonlashdi, balki o‘quvchilar uchun yanada qiziqarli, samarali va interaktiv tus oldi. Ayniqsa, bugungi yoshlar orasida mobil ilovalar yordamida til o‘rganish keng tarqalmoqda. Duolingo, Memrise, Babbel, Busuu kabi ilovalar foydalanuvchilarga yangi so‘zlarni o‘rganish, grammatikani mustahkamlash, talaffuzni yaxshilash va kundalik so‘zlashuvga oid mashqlarni bajarish imkonini beradi. Bu ilovalar o‘yin shaklidagi darslar, testlar va eshitish topshiriqlari orqali o‘rganishni qiziqarli va interaktiv holga keltiradi. Mobil ilovalarning asosiy afzalligi — ularni istalgan joyda va vaqtda foydalanish mumkinligidir, bu esa ta’limni yanada erkin va moslashuvchan qiladi. Texnologiya yordamida til oʻrganish bir qancha imkoniyatlarni ochib beradi. Bularning bir qanchasini sanab o’tishimiz mumkin: - bugungi kunda internet orqali istalgan tilda dars materiallarini topish, video, audio, maqola yoki testlardan foydalanish juda oson bo‘lib qoldi. Biz uydan chiqmasdan turib ham chet tilini o‘rganishimiz mumkin — bu ilgarilari ilojsiz narsa edi. Mobil ilovalar (Duolingo, Memrise, Busuu, Falou va boshqalar) yordamida istalgan vaqtda, hatto avtobusda ketayotganda ham mashq qilib, oʻrganishni davom ettirish mumkin. - texnologiyalar har bir foydalanuvchining darajasiga qarab o‘rgatadi. Sun’iy https://scientific-jl.com/new 22 00 33 Volume–78_Issue-1_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS intellekt asosidagi platformalar (masalan, ChatGPT) bizning saviyamiz, xatolarimiz va ehtiyojlarimizga mos tarzda til o‘rganishga yordam beradi. -virtual suhbatdoshlar, real vaqtli tarjima, subtitr bilan filmlar tomosha qilish, podkastlar tinglash orqali biz tilni o‘rganishda “chet tilida yashayotgandek” bo‘lishimiz mumkin. Bu real muhitda o‘rganishga yaqinlashishni bildiradi. - ilovalardagi reytinglar, ball to‘plash tizimi, kundalik reja — bular barchasi o‘quvchini zeriktirmaslik, qiziqish davomiyligini saqlab qolish uchun ishlab chiqilgan. Oddiy darsdan ko‘ra o‘yin shaklidagi dars ko‘proq foyda beradi.Ammo shunga yarasha uning kamchiliklari borli

Доказательный фрагмент

«С момента провозглашения XXI века веком технологий, до настоящего времени они продолжают играть важную роль в развитии всех сфер жизни.»

Образец извлечения

Демо-превью

С момента провозглашения XXI века веком технологий, до настоящего времени они продолжают играть важную роль в развитии всех сфер жизни. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
language learning, artificial intelligence, mobile applications, online, mobil ilovalar, eshitish va ko’rish orqali o‘rganish., Kalit so’zlar: til o’rganish, sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar, online ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники