Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OROLBO’YI MINTAQASIDA EKOLOGIK VAZIYATNI BARQARORLASHTIRISH,OROL DENGIZI QURISHI NATIJASIDA YUZAGA KELGAN EKOLOGIK MUOMMOLARNING SALBIY TA’SIRINI YUMSHATISH
SALBIY TA’SIRINI YUMSHATISH · Samadova Shohida · Avliyaqulov Adxam Alisherovich
Журнал инноваций нового века · 1989
Аннотация
Ushbu maqolada Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish masalalari hamda Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish yo‘llari yoritilgan. Orol fojiasi tufayli mintaqada suv tanqisligi, tuproqning sho‘rlanishi, biologik xilma-xillikning kamayishi, atmosfera ifloslanishi kabi dolzarb muammolar yuzaga kelgan. Mazkur maqolada ushbu ekologik inqirozning aholi salomatligi, iqtisodiyot va tabiiy muhitga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik, yashil zonalarni barpo etish, ijtimoiy va iqtisodiy loyihalar orqali mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Kalit so’zlar: Orol tarixi, orol fojiasi,ekologik muommolar,iqlim o’zgarishi, aholi o’rtasidagi kasalliklar,orol tiklash loyihalari, ekologik tiklash bo’yicha qonunchilik hujjatlari, ,,Kokorol’’ loyihasi, BMT Taraqqiyot strategiyasi,Vazirlar Mahkamasi qarori,,,Yashil qoplamalar’’ ,USAID loyihasi, Tragdy of the common. O’z davrida kattaligi bo’yicha 4o’rinni egallagan, boy tabiati bilan tanilgan va bugungi kunga kelib esa eng katta ekologik muommolardan biriga aylangan Orol dengizi aslida o`zi qanday ko’rinishga ega edi? Orol dengizi – O’rta osiyodagi eng katta dengiz hisoblangan. 1989-yilda havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuqurligi 16,5 m ni tashkil etgan. Orol dengizida suv sathi miqdori vaqti -vaqti bilan o’zgarib turgan. Sariqamish va O’zbo’y orqali Orol dengizi suvlari Kaspiy dengiziga quyilib turgan.Asosiy suv bilan esa Amudaryo va Sirdaryo ta’minlab turadi. 1960-yillargacha yiliga Amudaryo Orol dengiziga 38,6 km³, Sirdaryo esa 14,5 km³ suv olib borgan. Orol dengizida suv hajmi 1960-yillarda 68 ming km² tashkil qilgan.1 1 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Orol_dengizi https://scientific-jl.com/new 22 11 99 Volume–78_Issue-1_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Orol dengizi shimolda Qozogʻiston va Qoraqalpogʻiston oʻrtasida joylashgan boʻlib, bugungi kungacha 1500 dan ortiq orollarni o'z ichiga olgan edi. Yillar davomida suv hajmi kamayib,ushbu ko’rinishga kelib qolgan: 2 Orol dengizining “Orol sahro”siga aylanib qolishiga oid bir qator sabablar mavjud. Xususan, ,, Kun.uz “ saytining ma’lumotlariga qaraganda : 3 infratuzilmalaridan noto’g’ri foydalanish: Sobiq Sovet tuzumi Orol dengizidagi suvdan iqtisodiy manfaat ko`rish maqsadida ekologik muammolar kelib chiqishini inobatga olmagan holda foydalangan .1947-yildan boshlab Sirdaryoni Orolga quyilish joyida “Аралиский форт “ini tashkil etilgan. 1960-yildan boshlab Sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan irrigatsiya loyihasiga binoan , oroldagi suvlarni sug`orish hamda cho`l zonalariga tarqatish ishlari boshlandi. Kanallar, to‘g‘onlar va suv omborlari qurilishi avvallari Orol dengizini to‘ldirib turgan Amudaryo va Sirdaryodan katta miqdorda suv yo’nalishlarini o’zgartirdi. Tabiiy iqlim o'zgarishlari: Orol dengizining bugungi holatiga kelishiga inson faoliyati asosiy sabab bo'lgan bo'lsa-da, lekin tabiiy iqlim o'zgarishlari ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Mintaqa qurg'oqchilik davrlarini boshdan kechirdi, bu daryolar oqimini yanada kamaytirdi. Orol dengizida keskin suvning pastlashi hududda ko’plab global muommolarni keltirib chiqardi. Xususan, aholi salomatligiga oid kasalliklar paydo 2 https://www.britannica.com/place/Aral-Sea 3 https://kun.uz/en/news/2024/08/01/aral-sea-tragedy-causes-impacts-and-possible-solutions https://scientific-jl.com/new 22 22 00 Volume–78_Issue-1_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS bo’lishi,ishsizlik,iqtisodiy inqiroz,flora va fauna olamini barbod bo’lishi,iqlim o’zgarishi va atrof muhitning zararlanishi kabi holatlar ko’paydi.Aholi orasida astma, bronxit, o'pka saratoni, sil, kamqonlik kabi nafas yo'llari kasalliklarining keskin ko'payishiga olib keldi va hududda tug'ma nuqsonlar soni ortdi. 2002 yil yanvar oyida, Qoraqalpog'iston aholisining 80-90 foizida kamqonlik, Qozog'istonda esa 89 foiz aholi ovqat hazm qilish tizimi bilan bog'liq muammolarga, shuningdek, vazn va bo'yning qisqarishiga duchor bo'lgan.2017-yilda dengiz tubi atrofidagi hududlarda oʻlim darajasi 1000 tadan 60-100 tani tashkil etgan boʻlsa, poytaxt Toshkentning o’zida bu koʻrsatkich 1000 tadan 48 tani tashkil etgan.1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasidagi o’lim har ming bolaga nisbatan 1980-yildagi 46,5 nafardan 1986-yilda 72 nafarga yetdi. Hududda yashaydigan ayollarda kamqonlik, qorin tifi kasalligi 30marta,yuqumli sariq kasalligi esa 7martaga ko’paydi. Orolning qurishi iqtisodiyotga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Aholisining 80% ining asosiy qismi baliqchilik bilan shug’ullangan orol aholisi 1960- yillarda Rossiyaning asosiy eksport mahsulotining 1/6qismi bilan ta’minlab turgan Orolbo’yida ,yillik baliq ovlanishi 30-35ming tonnani tashkil etgan.4 Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi unumdor yerlarida chorvachilik,parrandachilik va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda 100 mingdan ortiq aholi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish masalalari hamda Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish yo‘llari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish masalalari hamda Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish yo‘llari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Yashil qoplamalar’’, orol tiklash loyihalari, iqlim o’zgarishi, ekologik muommolar, USAID loyihasi, Kokorol’’ loyihasi, BMT Taraqqiyot strategiyasi, Vazirlar Mahkamasi qarori, ekologik tiklash bo’yicha qonunchilik hujjatlari, aholi o’rtasidagi kasalliklar, Tragdy of the common., orol fojiasi, Kalit so’zlar: Orol tarixi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025