К содержанию
РецензированоUZ2025

TOVARLARNI VAQTINCHA OLIB KIRISH BOJXONA REJIMIGA RASMIYLASHTIRISHDA BOJXONA TOʻLOVLARI

RASMIYLASHTIRISHDA BOJXONA TOʻLOVLARI · Farxodov Farrux Furqatovich · Murodullayev Feruz Otabek oʻgʻli (Bojxona instituti Bojxona tartibga solinishi va) · Фарходов Фаррух фуркатович (Bojxona instituti 4-kurs kursanti.) · Муродуллаев Феруз Отабек угли (Таможенного института. email: farrux.farxodov@gmail.com,)

Журнал инноваций нового века · 2025

Аннотация

"This article analyzes the procedures for customs clearance of goods under the temporary importation customs regime by customs authorities, as well as the applicable customs payments levied within the framework of this regime. In addition, the article provides an analysis of current issues related to temporary importation and proposes possible solutions. Keywords: customs regime, participants in foreign economic activity, Customs, Customs Control, periodic payment, identification. Tovar va transport vositalarining davlat bojxona chegaralari orqali erkin harakatlanishi zamonaviy iqtisodiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimi davlat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, bojxona tartibotlarini soddalashtirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi mamlakatga xorijiy tovarlarni muayyan muddatga olib kirish imkonini beruvchi bojxona rejimlaridan biri hisoblanadi. Ushbu rejim xalqaro miqyosda 1990-yil 26-iyunda Istanbulda qabul qilingan “Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiya” bilan tartibga solinadi1. O‘zbekiston Respublikasi ushbu konvensiyaga 2020-yil 24-aprelda qo‘shilgan2 bo‘lib, bu xalqaro bojxona amaliyotlariga moslashish va milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Shu asosda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020-yil 30-iyundagi “Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyani qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi” 3264-sonli nizom bilan tasdiqlandi3. Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tovarlarni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi Konvensiyani qo‘llash tartibini belgilaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi 1 https://www.wcoomd.org/en/about-us/legal-instruments/~/media/2D53E23AA1A64EF68B9AC708C6281DC8.ashx 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2020-yildagi PQ-4694-son Qarori, https://www.lex.uz/uz/docs/- 4797920 3 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 30.06.2020-yildagi 3264-son Nizomi, https://www.lex.uz/uz/docs/- 4912261 https://scientific-jl.com/new 22 22 66 Volume–78_Issue-1_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-57-son Farmoni4 bilan Bojxona ma’muriyatchiligining shaffoflik va ishonchlilik tamoyiliga asoslangan sifat jihatidan yangi tizimini yaratish, bojxona sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Vaqtincha olib kirishda bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etiladigan ayrim tovarlar ro‘yxati, imtiyoz berish muddatlari va shartlarini qaytadan ko‘rib chiqish topshiriqlari berilgan. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha olib kirish bojxona rejimining rasmiylashtirish tartiblari va amaliyotdagi o‘ziga xos jihatlari tahlil qilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha oʻrganildi va takliflar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, bojxona rejimlarining 16 turi mavjud boʻlib, bulardan biri vaqtincha olib kirish bojxona rejimidir. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga muayyan muddatga olib kiriladi va bojxona to‘lovlaridan shartli ozod etilgan yoki davriy bojxona to‘lovlari to‘langan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda undan vaqtincha foydalaniladi. Vaqtincha olib kirish muddati tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran ikki yilni tashkil etadi. 2024-yilda vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga jami 3046 ta bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiyalshtirilib, 242,8 mlrd so‘m bojxona to‘lovlari undirilgan. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona to‘lovlaridan shartli ozod etiladi yoki davriy bojxona to‘lovlari undiriladi. Bojxona Vaqtincha olib kirish Davriy bojxona toʻlovlaridan bojxonarejimida toʻlovlari shartli ozod etish bojxona toʻlovlari 1-rasm. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimida bojxona toʻlovlari qoʻllanilishi5 Vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etish qo‘llaniladi. Bunday tovarlarning ro‘yxati va ozod etish shartlari, shuningdek vaqtincha olib kirilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar to‘lash bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lagan holda tovarlarni vaqtincha olib kirishda, 4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.03.2025-yildagi PF-57-son Farmoni, https://www.lex.uz/uz/docs/- 7451997 5 Bojxona kodeks talablari asosida muallif ishlanmasi https://scientific-jl.com/new 22 22 77 Volume–78_Issue-1_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimida turgan har bir to‘liq va to‘liq bo‘lmagan kalendar oy uchu

Доказательный фрагмент

«"This article analyzes the procedures for customs clearance of goods under the temporary importation customs regime by customs authorities, as well as the applicable customs payments levied within the framework of thi…»

Образец извлечения

Демо-превью

"This article analyzes the procedures for customs clearance of goods under the temporary importation customs regime by customs authorities, as well as the applicable customs payments levied within the framework of thi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
customs regime, participants in foreign economic activity, Customs, bojxona nazorati, bojxona, davriy toʻlov, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, identifikatsiya., Kalit soʻzlar: bojxona rejimi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники