К содержанию
РецензированоUZ2026

MOBIL ALOQA STANDARTLARI VA ULARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Ro‘zaliyev Sherzodjon Avazjonovich · Farg‘ona Davlat Unversiteti -kurs talabasi · Sobirova Saboxon Solijon qizi

Для учителей · 2026

Аннотация

Annotatsiya (O‘zbekcha): Ushbu maqola masofadan boshqariluvchi sodda mashina qismlarini yig‘ish va uni dasturlash jarayonini batafsil yoritadi. Mashinaning asosiy qismlari, ularning vazifalari, yig‘ish bosqichlari va dasturlash usullari tahlil qilinadi. Maqola Arduino mikrokontrolleri asosida mobil ilova orqali boshqariladigan robot yig‘ish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar beradi. Talabalar va muhandislikka qiziqqan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan ushbu maqola sodda robototexnika loyihalarining ahamiyatini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: robot, masofadan boshqarish, Arduino, mikrokontroller, sensor, Bluetooth, dasturlash, muhandislik, mobil ilova, PWM. Abstract Abstract (English): This article provides a detailed guide on assembling and programming a simple remote-controlled machine. The main compo- nents, their functions, assembly steps, and programming techniques are an- alyzed. The article offers practical instructions for building a mobile app- controlled robot based on an Arduino microcontroller. Intended for stu- dents and those interested in engineering, it highlights the significance of simple robotics projects. Keywords: robot, remote control, Arduino, microcontroller, sensor, Bluetooth, programming, engineering, mobile app, PWM. 1 Kirish Masofadan boshqariluvchi qurilmalar zamonaviy texnologiyalarning muhim qismi sifatida kundalik hayotda keng qo‘llanilmoqda, ular avtomobilsozlik, uy avtomatlashtirish, ta’lim va o‘yin-kulgida o‘z o‘rnini topdi, masalan, masofadan boshqariladigan dronlar, robot changyutgichlar va aqlli uy tizimlari ushbu texnologiyaning amaliy namunasidir, oddiy mobil robot yoki mashina loyihalashning dolzarbligi talabalarga muhandislik va dasturlash ko‘nikmalarini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, bunday loyihalar orqali yoshlar elektronikani tushunish, 73-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 174 Ustozlar uchun pedagoglar.org dasturiy ta’minot yozish va amaliy muammolarni hal qilishni o‘rganadi, ushbu maqolaning maqsadi masofadan boshqariluvchi sodda mashinani yig‘ish va dasturlash bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma taqdim etish, maqola shassi, motorlar, sensorlar, mikrokontroller va masofaviy aloqa modullaridan foydalangan holda Arduino asosidagi robot qurishni o‘z ichiga oladi, unda yig‘ish jarayoni, dasturlash va sinov bosqichlari batafsil yoritiladi. 2 Asosiy qismlar va ularning vazifalari 2.1 Shassi (korpus) — mashinaning asosiy ramkasi Shassi mashinaning asosiy tuzilishi bo‘lib, barcha qismlarni bir joyda ushlab turadi, odatda plastmassa yoki metall materiallardan tayyorlanadi va g‘ildiraklar, motorlar, sensorlar va mikrokontroller uchun maxsus joylarga ega, shassi mustahkam va engil bo‘lishi kerak, chunki bu robotning harakat samaradorligiga ta’sir qiladi. 2.2 G‘ildiraklar va dvigatellar (motorlar) G‘ildiraklar mashinaning harakatlanishini ta’minlaydi, dvigatellar esa ularni aylantiradi, odatda DC motorlar ishlatiladi, chunki ular kichik, arzon va boshqarish uchun qulay, motorlar L298N kabi motor drayverlari orqali mikrokontrollerga ulanadi, bu esa harakat yo‘nalishi va tezligini sozlash imkonini beradi. 2.3 Mikrokontroller (masalan, Arduino, ESP32) Mikrokontroller mashinaning miyasi bo‘lib, barcha harakatlar va qarorlarni boshqaradi, Arduino Uno yoki ESP32 kabi mikrokontrollerlar keng tarqalgan, chunki ular foydalanish uchun qulay va ko‘p sonli sensorlar bilan mos keladi, ESP32 Wi-Fiva Bluetooth ulanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu masofaviy boshqaruv uchun qulay. 2.4 Quvvat manbai (batareya, akkumulyator) Quvvat manbai motorlar, mikrokontroller va sensorlarni energiya bilan ta’minlaydi, odatda 9V batareya yoki 7.4V Li-Po akkumulyator ishlatiladi, quvvat manbai barqaror bo‘lishi va yetarli quvvatga ega bo‘lishi kerak. 2.5 Sensorlar Sensorlar mashinaga atrof-muhit haqida ma’lumot beradi, masalan, ultratovush sensori (HC-SR04) masofani o‘lchaydi va to‘siqlardan qochishga 73-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 175 Ustozlar uchun pedagoglar.org yordam beradi, chiziq sensori (IR) chiziq bo‘yicha harakatlanish uchun ishlatiladi. 2.6 Masofaviy aloqa moduli Masofaviy boshqaruv uchun Bluetooth (HC-05/HC-06) yoki Wi-Fi modullari ishlatiladi, Bluetooth moduli mobil ilova orqali buyruqlar qabul qilish uchun qulay va arzon yechimdir. 3 Qurilmani yig‘ish bosqichlari 3.1 Detallarni tayyorlash Barcha qismlar (shassi, motorlar, g‘ildiraklar, mikrokontroller, sensorlar, quvvat manbai, aloqa moduli) to‘planganligiga ishonch hosil qiling, ulanish uchun simlar, lehimlash asboblari va tornavida kabi asboblar ham kerak bo‘ladi. 3.2 Motor va g‘ildiraklarni o‘rnatish Motorlarni shassiga mahkamlang va g‘ildiraklarni ularga o‘rnating, motorlar L298N drayveri orqali mikrokontrollerga ulanadi, drayver motorlarning aylanish yo‘nalishi va tezligini boshqaradi. 3.3 Elektr sxemasini to‘g‘ri ulash Elektr sxemasi quyidagi tarzda ulanadi, mikrokontroller (Arduino) L298N drayveriga PWM signallari orqali ulanadi, ultratovush sensori Arduino’ning raqamli pinlariga ulanadi, Bluetooth moduli (HC-05) TX/RX pinlari orqali ulanad

Доказательный фрагмент

«Annotatsiya (O‘zbekcha): Ushbu maqola masofadan boshqariluvchi sodda mashina qismlarini yig‘ish va uni dasturlash jarayonini batafsil yoritadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Annotatsiya (O‘zbekcha): Ushbu maqola masofadan boshqariluvchi sodda mashina qismlarini yig‘ish va uni dasturlash jarayonini batafsil yoritadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
robot, remote control, Arduino, microcontroller, sensor, Bluetooth, shifrlash, chastota, IoT, 5G, 1G, mobil tarmoqlar, 3G, OFDMA, CDMA, FDMA, autentifikatsiya, 2G, Kalit so‘zlar: mobil aloqa, SIM-karta, 4G
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники