К содержанию
РецензированоUZ2026

PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI MAZMUNI VA MOHIYATI

Murodullayeva Shahlo Sharofiddin qizi (Andijon davlat pedagogika instituti) · Ochilov Ogʻabek Otamurod oʻgʻli (Andijon davlat pedagogika instituti)

Для учителей · 2026

Аннотация

This article discusses the content, main goals and significance of the international assessment program PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) in the education system. The PIRLS program serves to improve the quality of education by assessing the level of reading literacy of students on an international scale. The article shows what changes are taking place in the educational policies of countries through the analysis of research, assessment criteria and results conducted within the framework of the program. Kalit so‘zlar:PIRLS, xalqaro baholash, dastur, xalqaro baholash, fan, texnika, texnalogiya. Ключевые слова:PIRLS,международное оценивание, программа,наука,техника,технология Keywords: PIRLS, international assessment, program, international assessment, science, technology. 73-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 182 Ustozlar uchun pedagoglar.org PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) — bu boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturidir. U har besh yilda bir marotaba o‘tkazilib, turli mamlakatlardagi ta’lim tizimlarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligi bo‘yicha yutuqlarini solishtirish imkonini beradi.PIRLS dasturining asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini, ya’ni yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, matnlardan ma’no hosil qilish qobiliyatini baholashdir. Tadqiqot o‘quvchilarning matnni tushunish, ma’lumotni topish, xulosalar chiqarish va tanqidiy baholash kabi ko‘nikmalarini o‘rganadi.PIRLS natijalari ta’lim siyosatini takomillashtirish, o‘qitish va o‘qishni yaxshilash, ta’limning zaif tomonlarini aniqlash uchun foydalaniladi. Dastur Xalqaro ta’lim yutuqlarini baholash assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan boshqariladi va tadqiqotlar Boston kollejida tashkil etiladi.1 O‘zbekiston 2021-yilda ilk bor PIRLS tadqiqotida ishtirok etib, 57 mamlakat orasida 49-o‘rinni egalladi. Bu dastur 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro miqyosda baholaydi va TIMSS dasturi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shuningdek, PIRLS zamonaviy talablarga mos ravishda raqamli formatda ham o‘tkazilib, o‘quvchilarning onlayn ma’lumotlarni o‘qish va tahlil qilish qobiliyatini ham baholaydi.Umuman olganda, PIRLS o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va ta’lim tizimidagi muammolarni aniqlashda muhim xalqaro vosita hisoblanadi.2 PIRLS ta’lim siyosatiga quyidagi ta’sirlarni ko‘rsatadi: 1.Ta’lim tizimidagi kuchli va zaif tomonlarni aniqlash orqali ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan islohotlarni amalga oshirish imkonini beradi. 2.Natijalar asosida o‘quv dasturlari va o‘qitish metodlarini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini yaxshilashga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqiladi. 3.Ta’lim siyosatida adolatlilikni ta’minlash, o‘quvchilarning o‘qishdagi farqlarini kamaytirish uchun chora-tadbirlar ko‘riladi. 4.Davlatlar o‘z ta’lim tizimining xalqaro darajadagi o‘rnini baholash va rivojlanish tendensiyalarini kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi. 6.PIRLS ma’lumotlari ta’lim sohasidagi siyosatni shakllantirishda va o‘qituvchilar malakasini oshirishda muhim manba sifatida xizmat qiladi. 1. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash (Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma). Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. Toshkent –2019. 2 PIRLS 2021 baholash qamrov doirasi. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. “Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining matbaa bo‘limi” Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy. 73-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 183 Ustozlar uchun pedagoglar.org PIRLS dasturi o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash orqali ta’lim tizimini yaxshilash va ta’lim siyosatini samarali boshqarish uchun asosiy vosita hisoblanadi. PIRLS tadqiqotlari quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan: -Ta’lim sohasidagi dunyo ustuvorliklarini aks ettiruvchi ob’ektiv o‘lchovlar va vositalarni ishlab chiqish; -Mamlakat o‘quv jarayonini tashkil etish samaradorligini qiyosiy baholash; -Tadqiqot natijalariga ta’sir ko‘rsatgan kontekstual omillarni aniqlash; -Xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan dalillarga asoslangan ma’lumotlarga ega bo‘lish. PIRLS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish malakasini takomillashtirishdan iboratdir. PIRLS tadqiqotlarida, asosan 4-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o‘quvchilarining tanlanishi shu bilan e’tiborliki, aynan o‘qishning to‘rtinchi yilida o‘quvchilar o‘qishning yuqori darajasiga ega bo‘lishi, ularning keyingi ta’limda bilimni egallash qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. Tadqiqotlarda qo‘llaniladigan matnlarni turli jo

Доказательный фрагмент

«This article discusses the content, main goals and significance of the international assessment program PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) in the education system.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the content, main goals and significance of the international assessment program PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) in the education system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
PIRLS, international assessment, program, international assessment, Kalit so‘zlar:PIRLS, texnalogiya., texnika, dastur, xalqaro baholash, fan
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники