К содержанию
РецензированоUZ2000

PISA BAHOLASH TIZIMINING XALQARO TA’LIM SIFATINI ANIQLASHDAGI ROLI

Tohirjonova Xumora Azizbek qizi (Andijon davlat pedagogika instituti) · Vahobova Maftuna Xuvaydulla qizi (Andijon davlat pedagogika instituti) · Usmonova Barno Niyozboy qizi (Andijon davlat pedagogika instituti) · To‘xtasinova Mahbubaxon Minghojiddinovna (Andijon davlat pedagogika instituti) · 𝒀𝒐'𝒍𝒅𝒂𝒔𝒉𝒆𝒗𝒂 𝑫𝒊𝒍𝒓𝒂𝒃𝒐𝒃𝒐𝒏𝒖 𝑴𝒖𝒉𝒕𝒐𝒓𝒂𝒍𝒊 𝒒𝒊𝒛𝒊 (Andijon davlat pedagogika instituti)

Для учителей · 2000

Аннотация

Mazkur maqolada PISA xalqaro baholash dasturining mazmun- mohiyati, uning xalqaro ta’lim standartlarini shakllantirishdagi o‘rni va ta’siri atroflicha tahlil qilinadi. Ayniqsa, PISA natijalarining xalqaro ta’lim tizimlari uchun qanday ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qilishi va O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani chuqur o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: PISA, xalqaro baholash, ta’lim sifati, savodxonlik, kompetensiya, O‘zbekiston, ta’lim islohotlari. Zamonaviy ta’lim tizimi jahon miqyosida tez sur’atlar bilan rivojlanib borar ekan, har bir davlat uchun bu sohada innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ta’lim sifatini tahlil qilish va global standartlarga moslashish dolzarb vazifaga aylangan. Aynan mana shu ehtiyojni qondirishga xizmat qiluvchi yirik xalqaro baholash tizimlaridan biri — bu PISA dasturidir. Mazkur tizim ta’limda faqat bilimni o‘lchash bilan cheklanmay, balki o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay olish darajasini aniqlaydi. PISA dasturi orqali olingan ma’lumotlar nafaqat ta’lim sifatini baholash, balki ta’lim islohotlarini rejalashtirish va ularni samarali yo‘naltirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar o‘z ta’lim siyosatini aynan PISA natijalari asosida shakllantirishga harakat qilmoqda. PISA (Programme for International Student Assessment) dasturi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tashabbusi bilan 2000-yildan boshlab har uch yilda bir marotaba tashkil etilib kelinadi. Dastur 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha funksional savodxonligini aniqlashga qaratilgan. 73-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 186 Ustozlar uchun pedagoglar.org Ushbu baholash tizimi an’anaviy bilimlarni yod olishga emas, balki o‘quvchining o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarni hayotiy vaziyatlarda mustaqil tarzda qo‘llay olishiga e’tibor qaratadi. Bu esa PISA’ni boshqa baholash tizimlaridan tubdan farqlantiradi. Savollar real hayotga yaqin bo‘lgan muammolar asosida tuziladi. Misol uchun, matematik topshiriqda o‘quvchidan grafikdan ma’lumot o‘qish, tahlil qilish va shundan kelib chiqib to‘g‘ri qaror qabul qilish talab etiladi. PISA baholashlari statistik jihatdan ishonchli tanlov asosida tashkil etiladi. Har bir mamlakatda 5000-8000 o‘quvchi testdan o‘tkaziladi. Shuningdek, testlarga qo‘shimcha ravishda ijtimoiy-demografik savollar ham beriladi, bu esa natijalarni yanada chuqur tahlil qilish imkonini yaratadi. Dunyo miqyosida ko‘plab davlatlar PISA natijalariga asoslanib, ta’lim islohotlarini amalga oshirmoqda. Masalan, Estoniya qisqa fursatda yuqori o‘rinlarni egallashga erishdi. Bu natijaga erishishda ular maktab muhitini demokratlashtirish, o‘quvchilar mustaqilligini kuchaytirish, darsliklarni yangilash va o‘qituvchilar malakasini oshirish kabi strategik yondashuvlarni amalga oshirdilar. Shuningdek, Yaponiya, Finlyandiya, Singapur kabi davlatlar PISA natijalarini tahlil qilish orqali darsliklar mazmunini o‘zgartirib, o‘quvchilarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga e’tibor qaratdilar. PISA natijalarining yana bir muhim jihati shundaki, ular maktablar o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik darajasini ham ochib beradi. Masalan, ba’zi davlatlarda o‘quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy holati past bo‘lsa-da, ular yuqori natijalarga erishmoqda. Bu esa, ijtimoiy tenglik va sifatli ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi ilk bor 2022 yilda PISA baholashida ishtirok etdi. Bu ishtirok milliy ta’lim tizimini xalqaro mezonlar asosida baholash imkonini berdi. Dastlabki natijalar o‘zbek o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi va matematik kompetensiyalari borasida yetarli darajada shakllanmaganini ko‘rsatdi. Bu natijalar asosida bir qancha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Funksional savodxonlikni rivojlantirish: O‘quv dasturlarida ko‘proq real hayotga yaqin vaziyatlar asosida topshiriqlar kiritilishi tavsiya etildi. Darsliklar mazmunini yangilash: An’anaviy yodlashga asoslangan yondashuv o‘rniga mantiqiy fikrlashga asoslangan yondashuv joriy qilinmoqda. O‘qituvchilarni tayyorlash: Pedagoglar uchun PISA mezonlariga mos ta’lim metodikalarini o‘rgatuvchi kurslar yo‘lga qo‘yildi.Baholash tizimini isloh qilish: Milliy baholash tizimiga ham kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bundan tashqari, kelgusi yillarda PISA testlariga tayyorlov dasturlari kengaytirilib, hududlar kesimida o‘quvchilar tayyorgarligi monitoringi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, PISA baholash tizimi global miqyosda ta’lim sifatini aniqlashda eng samarali vositalardan biridir. Bu tizim orqali har bir davlat o‘z 73-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 187 Ustozlar uchun pedagoglar.org ta’lim tizimining zaif va kuchli jihatlarini aniqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va xalqaro standartlarga mos ta’lim muhitini yaratish imkoniga ega bo‘ladi. O‘zbekiston uchun ham PISA baholovida qatnashish — ta’lim tizimini chuq

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada PISA xalqaro baholash dasturining mazmun- mohiyati, uning xalqaro ta’lim standartlarini shakllantirishdagi o‘rni va ta’siri atroflicha tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada PISA xalqaro baholash dasturining mazmun- mohiyati, uning xalqaro ta’lim standartlarini shakllantirishdagi o‘rni va ta’siri atroflicha tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
savodxonlik, xalqaro baholash, ta’lim sifati, O‘zbekiston, kompetensiya, Kalit so‘zlar: PISA, ta’lim islohotlari.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники