Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEBRANMA ISHCHI ORGANLI TUPROQQA ISHLOV BERADIGAN TEXNIK VOSITALAR TAHLILI
Ravshanov Hamroqul Amirqulovich · Zahirov Bobomurod Bobonazarovich · Ergasheva Dilsо‘z Istamovna – assistent
Педагоги · 1–2 · 2026
Аннотация
Considering that the world's primary tillage area is 4.2 billion hectares, the development of high-quality, energy-efficient and resource-efficient soil tillage machines and tools is one of the important tasks. This article analyzes mechanical vibrations, their use in primary tillage, active and passive oscillating working bodies, soil tillage technical means with oscillating working bodies, and the impact of oscillating plate tines on the traction resistance of the plow and the quality of work. Key words: soil, plowing, plowshare, harrow, body, soil blade, aggregate, plate, plow, working body, drag resistance, soil compaction level, fuel, energy. Аннотация. Учитывая, что площадь первичной обработки почвы в мире составляет 4,2 млрд га, разработка качественных, энергоэффективных и ресурсосберегающих почвообрабатывающих машин и орудий является одной из важных задач. В статье анализируются механические колебания, их применение при первичной обработке почвы, активные и пассивные колебательные рабочие органы, технические средства обработки почвы с колебательными рабочими https://scientific-jl.com/ped 3 1 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 органами, влияние колебательных пластинчатых лап на тяговое сопротивление плуга и качество работы. Ключевые слова: почва, вспашка, лемех, борона, корпус, почвоотвал, заполнитель, пластина, плуг, рабочий орган, сопротивление движению, степень уплотнения почвы, топливо, энергия. Dunyo miqyosida tuproqqa asosiy ishlov beriladigan maydon 4,2 mlrd. gektarni tashkil etishini hisobga olsak, ish sifati va unumi yuqori hamda energiya- resurstejamkor tuproqqa ishlov berish mashina va qurollarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Qishloq xо‘jalik ekinlarini yetishtirish, ulardan yuqori hosil olish uchun tuproq unumdorligini saqlagan holda energiya-resurstejamkor va ish unumi yuqori bо‘lgan tuproqqa ishlov berish mashinalarini ishlab chiqish va qо‘llash yetakchi о‘rinni egallaydi. Tebranish – holatning о‘zgarishi, ya’ni holatni belgilovchi kattaliklarning vaqt bо‘yicha о‘zgarishini xarakterlovchi jarayondir. Titrash – mexanik tebranishlar jarayonini ifodalaydi va jismning ayrim nuqtalarini nisbatan kichik og‘ishlarini belgilaydi. Mexanik tebranishlar - moddiy jism yoki uning nuqtasining holatini belgilovchi biror mexanik kattalikning о‘zgarish jarayoni bо‘lib, bunda uning о‘zgarish tezligini xarakterlovchi bu kattalik vaqt о‘tishi bilan goh ortib, goh kamayib boradi. Qо‘zg‘atish usuliga qarab tebranishlar: erkin, majburiy, bog‘langan tebranishlarga bо‘linadi. Mexanik tebranishlar uchta asosiy parametrga ega: jismning tebranish amplitudasi A (jismning muvozanat vaziyatidan eng katta og‘ish kattaligi), tebranishlar davri T (bitta tо‘la tebranish vaqti) va tebranishlar chastotasi ʊ (davrga teskari kattalik). Tuproqqa ishlov berishda ishchi organlarga qо‘shimcha ta’sir sifatida tebranishni kiritish lozim. Binobarin, 1930 yillarning boshlari Rossiyada tuproqni ishchi organlarga yopishib qolishiga qarshi kurashish maqsadida tebranish qо‘llanila boshlangan. Masalan, plug ishlayotganda korpuslar kichik amplituda bilan, lekin katta chastota bilan tebranadi. Ag‘dargich yuzasi bо‘ylab harakatlanayotgan palaxsa bevosita plug korpusi bilan kontakt yuzasi bо‘yicha kо‘plab impuls-ta’sirlarni qabul qiladi. Bunda tuproq qatlami muallaq holatda bо‘ladi, uning korpusga bosimi kamayadi, natijada ishqalanish kuchi ham kamayadi [1]. Tebranishning tuproqni yumshatilishiga, maydalanishiga, shuningdek, plugning tortishga qarshiligiga ta’siriga doir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan [2]. Tebranuvchi pluglarni ishlab chiqish bо‘yicha kо‘plab ilmiy tadqiqotlar A.A.Dubrovskiy tomonidan olib borilgan [3]. Ilgari о‘tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar tahliliga kо‘ra, tuproqqa ishlov beradigan ishchi organlarga faol va passiv tebranma harakat berish mumkin. https://scientific-jl.com/ped 3 2 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Faol tebranma harakatli ishchi organlarga tebranish energiyasi qо‘shimcha yuritmadan beriladi (1-rasm). а) б) в) г) a - RU 2304371 patenti bо‘yicha; b - RU 2635931 patenti bо‘yicha; v - UA 63591 patenti bо‘yicha; g - UA 117287 patenti bо‘yicha 1-rasm. Ishchi organlari faol tebranadigan pluglar konstruksiyasi Harakat tezligi ortishi bilan vibroyuritma iste’mol qiladigan quvvat uning pasayishidan olinadigan quvvatdan kо‘proq bо‘ladi, chunki A.A.Dubrovskiyning tadqiqotlariga kо‘ra, tebranishning ta’siri faqat 0,6-1,0 m/s tezlikkacha kuzatiladi. Tebranma ta’sirni ekssentrikli rotatsion mexanizm ta’minlaydi, bu mexanizm traktorning quvvat olish validan harakatga keltiriladi va tortishga qarshilikni kamaytirishni ta’minlaydi [3]. A.S.Kushnarev [4] va V.P.Bazarov [5]larning tuproqning qarshiligini tahlil qilishga bag‘ishlangan tadqiqotlariga kо‘ra, barqaror harakatda ishchi organning tuproqqa ishlov berish jarayoni uchta fazadan iborat degan xul
Доказательный фрагмент
«Considering that the world's primary tillage area is 4.2 billion hectares, the development of high-quality, energy-efficient and resource-efficient soil tillage machines and tools is one of the important tasks.»
Образец извлечения
Демо-превьюConsidering that the world's primary tillage area is 4.2 billion hectares, the development of high-quality, energy-efficient and resource-efficient soil tillage machines and tools is one of the important tasks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- soil, plowing, plowshare, harrow, body, soil blade, aggregate, plate, plug, ishchi organ, energiya., yonilg‘i, ag‘dargich, tortishga qarshilik, tuproqning maydalanish darajasi, Kalit sо‘zlar: tuproq, agregat, tuproq palaxsasi, lemex, shudgorlash, plastinka, korpus
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024