К содержанию
РецензированоUZ2026

IQLIM O‘ZGARISHINING O‘ZBEKISTON TABIIY ZONALARIGA TA’SIRI

IQLIM O‘ZGARISHINING O‘ZBEKISTON · TABIIY ZONALARIGA TA’SIRI · Ahmedova Naziraxon Sobirovna

Педагоги · 25-28 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston hududidagi asosiy tabiiy zonalarga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan. Tabiiy-geografik zonalarning (cho‘l, dasht, tog‘li hududlar va vodiylar) ekologik holati, biologik xilma-xilligi va iqlim omillariga nisbatan o‘zgaruvchanligi ilmiy manbalar va statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari — suv resurslarining kamayishi, tuproq eroziyasi, cho‘llanish, o‘simlik va hayvonot dunyosining yo‘qolishi kabi muammolar alohida e’tiborga olingan. Shuningdek, maqolada iqlim o‘zgarishiga moslashish choralariga ham e’tibor qaratilgan hamda barqaror rivojlanish yo‘llari taklif etilgan. Kalit so‘zlar: iqlim o‘zgarishi, tabiiy zonalar, O‘zbekiston geografiyasi, cho‘llanish, ekologik muammolar, suv tanqisligi, biologik xilma-xillik, tog‘ hududlari, adaptatsiya, barqaror rivojlanish So‘nggi o‘n yilliklarda global miqyosda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishi jahondagi barcha davlatlar qatori O‘zbekiston Respublikasiga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Atmosferadagi issiqxona gazlari miqdorining ortishi, haroratning ko‘tarilishi, yog‘ingarchilik miqdorining o‘zgarishi kabi omillar mintaqadagi tabiiy- geografik jarayonlarni keskin o‘zgartirib yubormoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston hududidagi tabiiy zonalar — cho‘l, dasht, tog‘li va vodiyli hududlar bu o‘zgarishlarga nisbatan sezuvchan bo‘lib, ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda. Iqlim o‘zgarishi natijasida suv resurslarining kamayishi, yerlarning degradatsiyasi, cho‘llanishning kengayishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining qisqarishi kabi ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Ushbu holatlar nafaqat tabiiy muhitga, balki aholi salomatligi, qishloq xo‘jaligi faoliyati va iqtisodiy barqarorlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonning asosiy tabiiy zonalarida iqlim o‘zgarishining tahlili, ularning ekologik holatiga ko‘rsatgan bevosita va bilvosita ta’siri, shuningdek, mavjud muammolarning yechimiga doir ilmiy takliflar keltiriladi. Maqola ilmiy manbalar, statistik ma’lumotlar va hududiy kuzatuvlar asosida tayyorlangan bo‘lib, O‘zbekistonda barqaror ekologik taraqqiyot masalasida O‘zbekiston tabiiy zoO‘zbekiston hududi tabiiy-geografik jihatdan turli xil zonalarga bo‘lingan bo‘lib, ularga asosan cho‘l, dasht, tog‘li va vodiyli hududlar kiradi. https://scientific-jl.com/ped 4 6 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Har bir zona o‘zining iqlim sharoiti, relyefi, tuproq va o‘simlik qoplami bilan ajralib turadi. Ushbu zonalarning har biri iqlim o‘zgarishlariga turlicha darajada sezuvchandir. Cho‘l zonasi va iqlim o‘zgarishi. O‘zbekiston hududining katta qismini egallagan cho‘l zonasi (Qizilqum, Ustyurt platosi) qurg‘oqchil iqlim sharoitida joylashgan. So‘nggi yillarda bu zonada yozgi haroratning oshishi, yomg‘irli kunlarning kamayishi va bug‘lanish darajasining ortishi kuzatilmoqda. Bu esa tuproqdagi namlik miqdorining kamayishiga, o‘simliklarning qurib qolishiga va cho‘llanish jarayonining tezlashishiga olib kelmoqda. Misol: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qumli bo‘ronlar soni ortmoqda, bu esa aholi salomatligi va qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Dasht zonasi va o‘zgaruvchan iqlim. Dasht zonasi asosan markaziy va shimoliy hududlarda (Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlari) joylashgan. Iqlim o‘zgarishi bu hududda yog‘ingarchilik miqdorining notekis taqsimlanishiga olib kelmoqda. Bahorgi yog‘ingarchilikning kamayishi g‘alla va boshqa ekinlar hosildorligining pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Tuproq unumdorligi pasayib, eroziya kuchaymoqda. Tog‘li hududlarda iqlim o‘zgarishi oqibatlari. Tog‘li zonalar (Toshkent, Namangan, Andijon va Surxondaryo viloyatlarining tog‘ etaklari) iqlim o‘zgarishiga juda sezuvchan hisoblanadi. So‘nggi yillarda bu hududlarda muzliklarning qisqarishi, bahor faslida sel va ko‘chkilarning ko‘payishi kuzatilmoqda. Muzliklar suv manbai hisoblanganligi sababli, ularning erishi suv ta’minotiga tahdid tug‘diradi. Vodiy zonasi va antropogen ta’sir kuchayishi. Farg‘ona vodiysi kabi zich aholiga ega hududlarda iqlim o‘zgarishining tabiiy va antropogen omillari o‘zaro uyg‘unlashgan. Aholi sonining o‘sishi, sanoatlashtirish va transport vositalarining ko‘payishi issiqxona gazlari miqdorini oshirmoqda. Bu esa hududdagi mikroiqlimning o‘zgarishiga, yozda issiqlik to‘lqinlarining kuchayishiga olib kelmoqda. Iqlim o‘zgarishining umumiy oqibatlari. O‘zbekiston tabiiy zonalarida kuzatilayotgan asosiy oqibatlar quyidagilardan iborat:  Cho‘llanish va qumli bo‘ronlar sonining ortishi  Suv resurslarining kamayishi (ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida) 1) Qishloq xo‘jaligi faoliyatida beqarorlik 1. Tuproq eroziyasi va degradatsiyasi  Biologik xilma-xillikning yo‘qolishi O‘zbekiston hukumati va xalqaro tashkilotlar tomonidan iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirlarini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan: Qayta tiklanuvchi energiya ma

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston hududidagi asosiy tabiiy zonalarga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston hududidagi asosiy tabiiy zonalarga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ekologik muammolar, tog‘ hududlari, adaptatsiya, tabiiy zonalar, suv tanqisligi, O‘zbekiston geografiyasi, biologik xilma-xillik, barqaror rivojlanish, cho‘llanish, Kalit so‘zlar: iqlim o‘zgarishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники