Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIOLOGIYA FANIDA INTERAKTIV METODLAR VA ULARNING PISA TALABLARIGA MOSLIGI
SCIENCE SHINE · TALABLARIGA MOSLIGI · Bozorova Umida Baxtiyorovna · Yusupova Shahnoza Yazdon qizi · Saidova Shahnoza Alisher qizi · WITH PISA REQUIREMENTS · Bozorova Umida Bakhtiyorovna · Yusupova Shakhnoza Yazdon kizi (Assistant of the Department of Exact and Natural Sciences of Kattakurgan Branch of) · Saidova Shakhnoza Alisher kizi (Assistant of the Department of Exact and Natural Sciences of Kattakurgan Branch of)
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article highlights the importance of using interactive methods in teaching biology and ways to develop functional literacy in students through them. Based on the criteria of the PISA international assessment program, it is considered what approaches are effective in teaching biology in the secondary education system. Also, the topics in the 7th grade biology textbook were analyzed, and a sample of interactive tasks in the PISA format corresponding to them was developed. Keywords: Biology, interactive method, functional literacy, PISA, textbook analysis, sample task Annotatsiya:Ushbu maqolada biologiya fanini o‘qitishda interaktiv metodlardan foydalanishning ahamiyati, ular orqali o‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirish yo‘llari yoritilgan. PISA xalqaro baholash dasturi mezonlari asosida o‘rta ta’lim tizimida biologiya fanini o‘rgatishda qanday yondashuvlar samarali ekani haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, 7-sinf biologiya 122 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 darsligidagi mavzular tahlil qilinib, ularga mos PISA formatidagi interaktiv topshiriqlar namunasi ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Biologiya, interaktiv metod, funksional savodxonlik, PISA, darslik tahlili, topshiriq namunasi Kirish:Zamonaviy ta’limda asosiy e’tibor nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarni tanqidiy, tizimli va amaliy fikrlashga o‘rgatishga qaratilmoqda. Xalqaro PISA baholash tizimi aynan ana shu ko‘nikmalarning mavjudligini sinovdan o‘tkazadi. Biologiya kabi tabiiy fanlar o‘quvchining kuzatish, tahlil qilish, sabab- oqibat bog‘lanishini tushunish, hayotiy muammolarga ilmiy yondashuv bilan yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun eng qulay fanlardan biridir. Bu esa o‘z navbatida, fanlarni o‘qitishda interaktiv metodlar va PISA talablariga mos topshiriqlarni qo‘llashni taqozo etadi. 1. Biologiya fanini o‘qitishda interaktiv metodlarning o‘rni Interaktiv metodlar – bu o‘quvchilarni ta’lim jarayonida faol ishtirokchi sifatida jalb qiluvchi, mustaqil fikrlash, muloqot qilish va jamoada ishlashga undovchi pedagogik yondashuvlardir. Biologiya fanida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali interaktiv metodlarga quyidagilar kiradi: “Fikrlar xaritasi” – mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishni ochib berish. “Venn diagrammasi” – ikkita biologik hodisa yoki jarayonni solishtirish. “Aqliy hujum” – muammoli vaziyatga imkon qadar ko‘p echim taklif qilish. “Insert” texnologiyasi – matn bilan ishlashda bilim darajasini belgilash. Jamoaviy loyiha metodlari – ekologik loyihalar, tajriba dizayni. Ushbu metodlar orqali o‘quvchilarda nafaqat bilim, balki PISA talablari doirasidagi funksional savodxonlik rivojlanadi. 2. PISA talablari va biologiya fani PISA dasturi (OECD) o‘quvchilarning hayotiy vaziyatda bilimdan foydalanish ko‘nikmasini baholaydi. Biologiya fanida bu quyidagi ko‘nikmalarni anglatadi: Ilmiy savodxonlik – biologik hodisalarni ilmiy asosda tushunish va tushuntira olish Muammoni aniqlash va yechim taklif qilish – ekologik, tibbiy, gigiyenik masalalarda Eksperimental fikrlash – tajriba, kuzatuv, gipoteza tuzish va uni tekshirish Matn, grafik, jadval, sxemalarni tahlil qilish 123 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 Shunday ekan, biologiya darslarida o‘quvchi faqatgina nazariy bilim emas, balki real hayotga tadbiq qilinadigan ilmiy yondashuvlarni ham egallashi lozim. 3. 7-sinf biologiya darsligi asosida mavzular tahlili Mavzu: Fotosintez Darslikda quyidagicha savol berilgan: “Fotosintez qanday sharoitda yuz beradi?” Bu savol nazariy jihatdan to‘g‘ri, biroq PISA formatiga moslash uchun uni hayotiy vaziyat bilan bog‘lash kerak. Mavzu: Qon aylanish tizimi Darslikda qon aylanish organlari funksiyasi sxema orqali berilgan. Bu yerda tahlil va grafik ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyati mavjud. Mavzu: Reflekslar va asab tizimi Qisqa nazariy materialga asoslangan topshiriqlar mavjud. Biroq real hayotiy misollar (issiq narsaga tegish, qorong‘uda ko‘z qorachig‘i kengayishi) bilan boyitilishi kerak. 4. PISA talablariga mos interaktiv topshiriqlar namunasi Mavzu: Fotosintez (Hayotiy vaziyatli topshiriq) Vaziyat:Bir fermer issiqxona qurishda xatoga yo‘l qo‘ygan: u pomidor ekinlarini quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmaydigan joyga ekkan. Oradan bir necha hafta o‘tib, u o‘simlik barglarining sarg‘ayib borayotganini, o‘sishining sustlashganini va umumiy holatining yomonlashayotganini sezdi. Shuningdek, mevalar kam hosil bermoqda. Fermer ushbu muammoning sababini aniqlash va uni bartaraf etish yo‘lini topmoqchi. 1-savol: Ushbu holatni qanday biologik jarayon bilan izohlash mumkin? 124 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 A) Fotosintez susaygan B) Transpiratsiya kuchaygan C) Xlorofill parchalangani D) Ildizdagi muammo To‘g‘ri javob: A) Fotosintez susaygan 2-savol: Quyosh nuri yetishmasligi natijasida fotosintez jarayonida qan
Доказательный фрагмент
«This article highlights the importance of using interactive methods in teaching biology and ways to develop functional literacy in students through them.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the importance of using interactive methods in teaching biology and ways to develop functional literacy in students through them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Biology, interactive method, functional literacy, PISA, textbook, sample task, textbook analysis
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024